Qozon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 15:
}}--><!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->'''Qozon''' ({{lang-tt|Казан, Qazan}}) — [[Rossiya|Rossiya Federatsiyasi]] tarkibidagi [[shahar]], [[Tatariston|Tatariston Respublikasining]] [[poytaxt]]i, [[Volga]] daryosining so'l qirg'og'idag yirik port shahar. Rossiyaning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, madaniy markazlaridan biri. Volga daryosi chap sohilida. Yirik daryo porti. Qozon stansiyasi. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 1105,3 ming kishi (2002). 5 maʼmuriy tumanga boʻlingan.
 
Qozonga 1-ming yillik oxirida Qozon daryosining oʻrta oqimida bulgʻorlar asos solgan. 1399 yilda Moskva knyazi Yuriy Dmitriyevich qoʻshinlari tomonidan Qozon vayron qilindi va 30 — 40 yildan soʻng qayta tiklandi. Keyinchalik shahar oʻrnida Kreml qurildi. 15-asrdan Oʻrta Volga boʻyining yirik iqtisodiy va savdo markazi, 1438 yildan Qozon xonligining poytaxti. 1552 yilda rus podshosi Ivan Grozniy qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. 1708 yil dan Qozon gubernyasi markazi. 19-asrda Qozonda sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. 1804 yilda un-tuniversitet ochildi. q. 1920—90 yillarda Tatariston ASSR poytaxti.
 
Mashinasozlik (aviasozlik, motor-sozlik, "Teplokontrol", vakuum texnikasi ishlab chiqarish birlashmalari; kompressor, elektron-hisoblash texnika mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqalar) va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi ("Kazan-orgsintez", "Tasma", kimyo-farmatsevtika korxonalari; sintetik kauchuk, uy-roʻzgʻor kimyosi mahsulotlari va boshqalar), yengil (moʻyna, koʻn-teri mahsulotlari va boshqalar), oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. 11 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-tuniversitet, konservatoriya), 6 teatr (opera va balet teatri va boshqalar), 8 muzey (Tatariston Respublikasi, tasviriy sanʼat, M.Gorkiy nomidagi muzeylar va boshqalar) bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan Kreml va yodgorliklar majmuasi (16—18-asrlar), shu jumladan, Suyumbeka minorasi (17— 18-asr boshlari), Petropavlovsk sobori (18-asr, hozirgi sobor binosi — planetariy), Marjoniy masjidi (18-asr), gubernator saroyi (19-asr), qozon universiteti majmuasi (19-asr, klassitsizm uslubida qurilgan) saqlangan. Qozonda shaharning bunyod etilganiga 1000 yil toʻlganligi munosabati bilan bir yoʻla 5 ming kishi namoz oʻqiydigan toʻrt minorali Qul Sharif jome masjidi oʻz oʻrnida qayta tiklandi. Yevropada eng katta boʻlgan bu masjid 1552 yil Ivan Grozniy Qozonni bosib olgan vaqtda butunlay buzib tashlangan edi.
 
Qozon Kremli [[UNESCO|YUNESKO]] tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan (2000). 2005 yil Qozonning 1000 yilligi nishonlandi. Metropoliten ishga tushirildi.
Qator 26:
Shahar nomining ma'nosi kelib chiqishi haqida turli xil fikrlar bor.
 
* [[1408]]-yilda Qozon o'z tanga pullarinin zarb qila boshladi.
* [[1552]]- [[Ivan Grozniy]]ning yurushidan so'ng [[Qozon xonligi]] [[Rossiya]] tarkibiga qo'shib olindi.
* [[1708]]-yildan boshlab [[Qozon guberniyasi]]ning markazi.
* [[1920]]-yilda [[Tatar ASSR]] poytaxtiga aylandi.
* [[1990]]-yildan boshlab [[Tatariston Respublikasi]]ning poytaxtiga aylandi.
* [[2005]]-yilda shaharning ming yilligi nishonlashi sababli [[Qozon metropoliteni]] ishga tushirildi.
 
{{commonscat|Kazan}}