Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 212:
Oʻzbekistonning sovet davri tarixi muayyan yoʻqotishlar va fojialar bilan birgalikda katta qurilishlar va sanoat korxonalari bunyod etilgan davr hamdir. Aynan shu davrda Oʻzbekiston SSR zamonaviy qishloq xoʻjaligi respublikasiga aylantirildi. Bu yillarda iqtisodiyot, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot sohalarida muayyan yutuqlarga erishildi.
 
[[File:Woman standing, crane in background (Uzbek SSR).jpg|thumb|left|Oʻzbekiston SSRda qurilish ishlari. [[Maks Penson]] surati.]]
Oʻzbekiston SSRda 1925-26-yillarda ishchilar soni 11 900 kishiga yetdi. Ularning 29,3 foizini mahalliy millat vakillari tashkil etardi. Oʻzbekiston uchun sanoat qurilishini keng surʼatda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. Chunki respublika iqtisodiyoti XX asrning 30-yillari boʻsagʻasida ham agrar xususiyatga egaligicha qolayotgan edi. 1927-yilda Oʻzbekiston SSR xalq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligining salmogʻi 62,6 foiz, sanoatning salmogʻi 37,4 foizni tashkil etar, shu bilan birga sanoat ishlab chiqarishning 90 foizi qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan edi. Iqtisodiyot xom ashyo yoʻnalishida boʻlganligi sababli Oʻzbekiston SSR sanoati faqat bir tomonlama ixtisoslashtirilayotgan edi: uning 2/3 qismiga yaqini [[paxta]] tozalash sanoati hissasiga toʻgʻri kelardi, u butunlay metropoliya ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilardi, uning boshqa tarmoqlari oʻz holicha rivojlanib, umuman, SSRI iqtisodiyoti bilan zaif bogʻlangan edi.