Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 234:
Sovet davlatining siyosiy rahbariyati, xalq xoʻjaligini boshqarishda oʻzlari yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklar natijasida yuzaga kelgan yoʻqotishlar oʻrnini maʼmuriy buyruqbozlik orqali majburlash va yuqoridan tashkil qilingan „sotsialistik musobaqa“, „zarbdorlik“, „staxanovchilik“ va boshqa bir qator ishchilar harakatlari vositasida „ommaning inqilobiy gʻayrat-shijoati“ni avj oldirish bilan qoplashga intildi.
 
[[File:Uzbekistan (27637336153).jpg|thumb|left|Oʻzbekiston SSR Sovet Ittifoqiga paxta xom ashyosini yetkazib beruvchi asosiy respublika boʻlgan. Buxoro, 1973-yil. Urbain J. Kinet surati.]]
Oʻzbekiston SSR Sovet Ittifoqiga paxta xom ashyosini yetkazib beruvchi asosiy respublika hisoblangan. Oʻzbekistonda yetishtirilgan paxtaning asosiy qismi Rossiyaning toʻqimachilik fabrikalariga qayta ishlash uchun yuborilgan va chet ellarga eksport qilingan. Oʻzbekiston sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlariga xizmat qilishga yoʻnaltirilgan edi. Sanoatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoqlar asosiy oʻrinni egallaydi. Respublika xom ashyosining pirovard mahsuloti Sovet Ittifoqi sanoat markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi ham oʻsha yerda qolardi. Shuningdek, Buxoro — Ural va dunyoda eng uzun Oʻrta Osiyo — Markaz gaz quvurlari orqali Oʻzbekistonning tabiiy gazi Rossiya SFSR va [[Sharqiy Yevropa]] davlatlariga joʻnatilgan. Lekin respublikadagi shahar va qishloqlarning aksariyat qismi gazlashtirilmagan edi. Oʻzbekistonda qazib olingan [[oltin]], [[uran]] va boshqa nodir metallarning eksportidan kelgan valyuta markazning xazinasiga tushgan. Respublikada ishlab chiqarilgan sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 42 ta mamlakatga eksport qilingan, lekin Oʻzbekiston SSR chet ellar bilan aloqa oʻrnatish, xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan bevosita iqtisodiy shartnomalar tuzish huquqidan mahrum edi. Bunday vakolat faqat markazdagi Ittifoq ministrliklari va idoralari zimmasida boʻlgan.