Yatim Bobojonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k PlanespotterA320 Bobojonov Yatim sahifasini Yatim Bobojonovga koʻchirdi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Yatim Bobojonov''' (asli ismi Fozil) (1904 [[Toshkent]] 1959.26.12) — teatr arbobi, aktyor, rej. va pedagog . Oʻzbekiston xalk,xalq artisti (1943). Oʻzbek teatri asoschilaridan. Saxna faoliyatini 1920 yil teatr truppasi (Toshkent) da kichik rollarni ijro etishdan boshlagan. [[Moskva]] oʻzbek drama studiyasida (1924—27) K. Stanislavskiyning ilgʻor sahna uslubi, Ye. Vaxtangov rejissurasini oʻrgangan, 1927 yildan Hamza teatrida aktyor va rej. Hajviy va harakterli rollarni mahorat bilan ijro etgan: Tartalye (K. Gotssi, "Malikai Turandot", 1927), Brigella (K. Goldoni, "Ikki boyga bir malay", 1927) va boshqa 193132 yillarda [[Buxoro teatri]] va unga vaqtincha qoʻshilgan Respublika yosh tomoshabinlar teatri badiiy rahbari. Rejissyorlik faoliyatini shu teatrda "Niqob yirtildi" (3. Fatxulin) pyesasini sahnalashtirishdan boshlagan. 1934 yil [[Hamza teatri|Hamza teatrida]] "Tormor" ([[Komil Yashin|K. Yashin]]) spektaklini sahnalashtirgan. Spektakl hayotiyligi, ommaviy sahnalarning mukammalligi, yuksak ijro saviyasi bilan ajralib turadi. B. ijodida [[Hamza Hakimzoda Niyoziy|Hamza]] dramalari va uning obrazini yaratish alohida oʻrin tutgan. "Xolisxon" (1940), "Hamza" (K. Yashin, A. Umariy, 1949), ayniqsa, "Boy ila xizmatchi" (1939) spektakli B. rejissyorlik ijodining choʻqqisi, Hamza teatrining esa katta yutugʻi boʻldi. B. oʻz rollari va spektakllarida xalqhayotini atroflicha aks ettirdi, qahramonlari harakteri va ruhiy holatlarini chuqur ochishga erishdi. B. teatr sanʼatining tarbiyaviy roliga alohida ahamiyat bergan, spektakllari chuqur gʻoyaviy mazmun va aniq maqsadga ega boʻlgan. B. Yangiyoʻl (1943—46), Toshsovet (1946—48) teatrlarida badiiy rahbar boʻlib ishlagan, shu teatrlarda "Tohir va Zuhra" (S. Abdulla asari; T. Jalilov musiqasi), "Muqanna" (H. Olimjon). "Xoʻja Nasriddin" (V. Vitkovich, Gʻ. Gʻulom), "Oftobxon" (K. Yashin; X. Toʻxtasinov) va boshqa spektakllarni qoʻygan. Sh. Burhonov, O. Xoʻjayev, N. Rahimov, O. Jalilov, M. Gʻofurov, A. Boltayev, F. Rahmatova va boshqalarning aktyor sifatida shakllanishida xizmati katta. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida dare bergan (195056).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==