Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Maʼmuriy boʻlinishi: map is redundant
kTahrir izohi yoʻq
Qator 139:
 
== Maʼmuriy boʻlinishi ==
Oʻzbekiston SSR maʼmuriy jihatdan 1925-yilda dastlab 8 ta viloyat ([[Samarqand viloyati|Samarqand]], [[Toshkent viloyati|Toshkent]], [[Fargʻona viloyati|Fargʻona]], [[Xoʻjand viloyati|Xoʻjand]], [[Zarafshon viloyati|Zarafshon]], [[SurxandaryoSurxondaryo viloyati|Surxondaryo]], [[Qashqadaryo viloyati|Qashqadaryo]], [[Xorazm viloyati|Xorazm]]) va [[Tojikiston ASSR]] (1929-yilgacha Oʻzbekiston SSR tarkibida boʻlgan), 22 uyezd va 241 volostga boʻlingan. 1926-yilda maʼmuriy-iqtisodiy rayonlashtirish amalga oshirilgan.
 
1987-yilda Oʻzbekiston SSR tarkibiga [[Qoraqalpogʻiston ASSR]] (1936-yildan u Oʻzbekiston SSR tarkibida boʻlgan), 12 ta oblast ([[Andijon viloyati|Andijon]], [[Buxoro viloyati|Buxoro]], [[Jizzax viloyati|Jizzax]], [[Navoiy viloyati|Navoiy]], [[Namangan viloyati|Namangan]], [[Samarqand viloyati|Samarqand]], [[Sirdaryo viloyati|Sirdaryo]], Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo), 155 rayon, 123 shahar, 95 ta posyolka hamda [[Toshkent]] shahri kirgan.
Qator 146:
 
== Boshqaruv tizimi ==
Oʻzbekiston SSR siyosiy hayotida [[Oʻzkompartiya]] (1925-yil fevralda [[Buxoroda]] tuzilgan) yetakchi rol oʻynagan. OʻzSSR da hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi  OʻzSSR Oliy Soveti (1937 yildan) hamda ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi  OʻzSSR Ministrlar Soveti (1946 yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari  2,5 yilga saylanadigan xalq deputatlarining oblast, rayon, shahar, posyolka, qishloq va ovul sovetlari boʻlgan. Biroq amalda hokimiyat Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning respublikadagi boʻlimi  Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va markaz gumashtalari qoʻlida boʻlgan. OʻzKP(b) eʼtiborini sovet hokimiyatini mustahkamlashga, bosmachilik va mahalliy mulkdorlarga qarshi kurashga, sotsialistik industrlashtirishni amalga oshirishga, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirishga, madaniy inqilobni oʻtkazishga qaratgan.
 
Oʻzbekiston SSR tashkil qilinganidan soʻng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi.
 
Mehnat ahlining eng ommaviy tashkiloti  kasaba uyushmalari ham partiya qoʻmitalariga toʻlatoʻkis qaram boʻlib qolgan. Mustabid tuzum yosh avlodni kommunistyk ruhda tarbiyalashga muntazam eʼtibor qaratgan. Bu ishlar bilan Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (VLKSM) ning Oʻzbekistondagi organi  Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (OʻzLKSM) shugʻullangan.
 
Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasida Oʻzbekiston SSR Sovet Ittifoqi tarkibidagi teng huquqli suveren respublika sifatida oʻz hududida davlat hokimiyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi, chet davlatlar bilan aloqa bogʻlash, ular bilan shartnomalar tuzish hamda diplomatik va konsullik vakillari ayirboshlash, xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega deb belgilab qoʻyilgan boʻlsa ham, amalda Oʻzbekistonning huquqi [[Rossiya SFSR]] tarkibidagi oblastlar yoki avtonom respublikalar huquqi bilan tenglashtirilib qoʻyilgan edi. Yuqori lavozimdagi kadrlarni tayinlash yoki olib tashlash markazdan turib hal qilinar edi.
 
=== OʻzSSR Xalq Komissarlari Sovetining raislari ===
* [[Fayzulla Xoʻjayev]] (1925—371925–37)
* [[Abdulla Karimov]] (1937)
* [[Sulton Segizboyev]] (1937—381937–38)
* [[Abdujabbor Abdurahmonov|Abdujabbor Abdurahmonov]] (1938—461938–46-yilgacha)
 
=== OʻzSSR Ministrlar Sovetining raislari ===
[[File:Rashidoff1.jpg|thumb|Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari [[Sharof Rashidov]]ga oʻrnatilgan haykal]]
* [[Abdujabbor Abdurahmonov]] (1946—501946–50)
* [[Abdurazzoq Mavlonov]] (1950—511950–51)
* [[Nuriddin Muhiddinov]] (1951—531951–53; 1954—551954–55)
* [[Usmon Yusupov]] (1953—541953–54)
* [[Sobir Kamolov]] (1955—571955–57)
* [[Mansur Mirzaahmedov]] (1957—591957–59)
* [[Orif Alimov]] (1959—611959–61)
* [[Rahmonqul Qurbonov]] (1961—711961–71)
* [[Narmaxonmadi Xudoyberdiyev]] (1971—841971–84)
* [[Gʻayrat Qodirov]] (1984—891984–89)
* [[Mirahad Mirqosimov]] (1989—901989–90)
 
=== OʻzSSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining raisi ===
Qator 178:
 
=== OʻzSSR Kompartiyasi MKning birinchi kotiblari ===
* [[Vladimir Ivanov]] (1925—271925–27)
* [[Nikolay Gikalo]] (1929)
* [[Akmal Ikromov]] (1929—371929–37)
* [[Usmon Yusupov]] (1937—501937–50)
* [[Amin Niyozov]] (1950—551950–55)
* [[Nuriddin Muhiddinov]] (1955—571955–57)
* [[Sobir Kamolov]] (1957—591957–59)
* [[Sharof Rashidov]] (1959—831959–83)
* [[Inomjon Usmonxoʻjayev]] (1983—881983–88)
* [[Rafiq Nishonov]] (1988—891988–89)
* [[Islom Karimov]] (1989—911989–91)
 
=== OʻzSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raislari ===
* [[Yoʻldosh Oxunboboyev]] (1925—371925–37-yilgacha)
 
=== OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari===
* [[Yoʻldosh Oxunboboyev]] (1937—431937–43)
* [[Abduvali Moʻminov]] (1943—471943–47)
* [[Amin Niyozov]] (1947—501947–50)
* [[Sharof Rashidov]] (1950—591950–59)
* [[Yodgor Nasriddinova]] (1959—701959–70)
* [[Nazar Matchonov]] (1970—781970–78)
* [[Inomjon Usmonxoʻjayev]] (1978—831978–83)
* [[Olimjon Salimov]] (1983—861983–86)
* [[Rafiq Nishonov]] (1986—881986–88)
* [[Poʻlat Habibullayev]] (1988—891988–89)
* [[Mirzaolim Ibrohimov]] (1989—911989–91)
 
=== OʻzSSR Oliy Soveti raisi===
Qator 235:
 
[[File:Uzbekistan (27637336153).jpg|thumb|left|Oʻzbekiston SSRda paxta yakkahokimligi oʻrnatilgan. Buxoro, 1973-yil. Urbain J. Kinet surati.]]
Oʻzbekiston SSR Sovet Ittifoqiga paxta xom ashyosini yetkazib beruvchi asosiy respublika hisoblangan. Oʻzbekistonda yetishtirilgan paxtaning asosiy qismi Rossiyaning toʻqimachilik fabrikalariga qayta ishlash uchun yuborilgan va chet ellarga eksport qilingan. Oʻzbekiston sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlariga xizmat qilishga yoʻnaltirilgan edi. Sanoatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoqlar asosiy oʻrinni egallaydi. Respublika xom ashyosining pirovard mahsuloti Sovet Ittifoqi sanoat markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi ham oʻsha yerda qolardi. Shuningdek, Buxoro  Ural va dunyoda eng uzun Oʻrta Osiyo  Markaz gaz quvurlari orqali Oʻzbekistonning tabiiy gazi Rossiya SFSR va [[Sharqiy Yevropa]] davlatlariga joʻnatilgan. Lekin respublikadagi shahar va qishloqlarning aksariyat qismi gazlashtirilmagan edi. Oʻzbekistonda qazib olingan [[oltin]], [[uran]] va boshqa nodir metallarning eksportidan kelgan valyuta markazning xazinasiga tushgan. Respublikada ishlab chiqarilgan sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 42 ta mamlakatga eksport qilingan, lekin Oʻzbekiston SSR chet ellar bilan aloqa oʻrnatish, xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan bevosita iqtisodiy shartnomalar tuzish huquqidan mahrum edi. Bunday vakolat faqat markazdagi Ittifoq ministrliklari va idoralari zimmasida boʻlgan.
 
== Demografiyasi ==
Qator 246:
|--
|[[Qoraqalpogʻiston]] ||164 900||1 212 207||397 826||19 846||128||318 739||7 769||27||||60 244||389 146||9 174||
|
|--
|[[Xorazm viloyati|Xorazm]] ||6 300||1 012 313||957 623||12 179||255||14 155||7 829||27||||5 960||910||6 434||
|
|--
|[[Buxoro viloyati|Buxoro]] ||142 100||1 622 484||1 226 967||133 197||50 920||91 126||36 835||9 781||||8 147||15 739||3 226||12 870||1 500
Qator 254 ⟶ 256:
|--
|[[Qashqadaryo viloyati|Qashqadaryo]] ||28 400||1 595 760||1 399 238||37 579||79 876||||21 184||7 175||||19 722||||649||
|
|--
|[[Surxondaryo viloyati|Surxondaryo]]||20 800||1 249 879||993 244||37 846||160 837||3 732||16 996||54||||||18 225||3 707||
|
|--
|[[Sirdaryo viloyati|Sirdaryo]] ||25 600||1 297 949||923 534||88 415||58 947||71 406||33 947||19 016||29 326||||||16 730||||18 655
|--
|[[Toshkent|Toshkent shahri]]||400||2 060 206||910 334||701 326||14 857||30 607||129 236||13 516||||||3 621||43 973||59 988
|
|--
|[[Sirdaryo viloyati|Toshkent]] ||15 200||2 143 462||1 075 486||313 855||89 625||266 365||106 160||64 880||10 086||||||76 178||26 558||43 168
Qator 275 ⟶ 280:
 
== Madaniyati ==
Oʻzbekiston SSRda [[bolsheviklar]] partiyasi tomonidan XX asrning 20-yillar oxiri 30-yillar boshida amalga oshirilgan „madaniy inqilob“ oʻzbek milliy madaniyatiga qattiq zarba berdi. Markaz tomonidan oʻzbek xalqining urf-odatlari va asriy qadriyatlari zararli deb hisoblanib, ular man etildi. Shuningdek, sovet davrida [[Islom]] dini va uning qadriyatlari oyoqosti qilindi. [[Oʻzbek tili]] ikkinchi darajali tilga, [[rus tili]] esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi.
 
[[File:Students in Tashkent 1943.jpg|thumb|Talabalar yangi [[oʻzbek kirill alifbosi]] bilan tanishmoqda. Toshkent, 1943-yil.]]
Biroq bunday holatlarga qaramasdan, sovet davrida mamlakatda madaniyat sohasida kattat yutuqlarga ham erishildi. Savodsizlikni tugatish ishlari olib borildi, pedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida yangi maktablar, texnikumlar va intstutlar ochiddi. Mafkuraviy tazyiqlarga qaramay, [[Oybek]], [[Gʻafur Gʻulom]], [[Hamid Olimjon]], [[Zulfiya]], [[Abdulla Qahhor]], [[Maqsud Shayxzoda]], [[Mirtemir]] kabi yozuvchi va shoirlar, [[Habib Abdullayev]], [[Ibrohim Moʻminov]], [[Obid Sodiqov]], [[Yahyo Gʻulomov]] kabi olimlar, [[Olim Xoʻjayev]], [[Razzoq Hamroyev]], [[Shukur Burhonov]], [[Lutfixonim Sarimsoqova]], [[Halima Nosirova]], [[Tamaraxonim]] kabi sanʼatkorlar yetishib chiqdi.
 
1929-yilda [[Eski oʻzbek yozuvi|arab imlosiga asoslangan oʻzbek yozuvi]] [[Oʻzbek lotin alifbosi|lotin]], 1940-yilda esa [[Oʻzbek kirill alifbosi|kirill]] imlosiga almashtirildi. 1993-yilning 2-sentabrida Sovet Ittifoqi parchalnib ketib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidna keyin Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi. Ammo yangi yozuvga oʻtish jarayoni haligacha oʻz yakuniga yetgani yoʻq.
 
Sovet davrida oʻzbek tilining ilk keng qamrovli [[Oʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)|izohli lugʻati]] hamda oʻzbek tilidagi ilk umumiy ensiklopediya 14 jildli „[[Oʻzbek sovet ensiklopediyasi]]“ chop etildi, minglab xorij yozuvchi va shoirlarining asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilindi.
 
== Manbalar ==