Tavakkal Qodirov — versiyalar orasidagi farq

qisqa izoh tahrirlanmadi
'''Tavakkal Qodirov''' (1926.24.4, Quva tumani — 1996.13.4, Fargʻona) — xonanda (lirik tenor), Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Fargʻona musiqa bilim yurti (1961) va Fargʻona ped. instituti (1990) ni tugatgan. Dastlab quvalik Tursunboy Karimovdan doira va gʻijjak (skripka) chalishni, "Dugoh", "Segoh" kabi mumtoz cholgʻu kuylarini, Gʻ. va Ye.Hoshimovlardan ashula yoʻllari, ("Yolgʻiz", T.Jalilov; "Oʻltirgʻusi", J.Sultonov va boshqalar)ni oʻrgangan. Keyinchalik K.Otaniyozov, J.Sultonovdan oʻzbek mumtoz va zamonaviy bastakorlar ashulalarini oʻzlashtirgan. Quva tumani madaniyat uyida badiiy rahbar (195159), Fargʻona teatri (1959-78), Fargʻona viloyatlararo filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1978— 91), direktor (1978 — 83), Fargʻona universitetida prof. (1991 yildan). Betakror, shirali, jarangdor va tiniq, nihoyatda keng va yuqori diapazonli ovoz sohibi. 1955 yildan J. Oxunov bilan hamnafaslik qilgan. repertuaridan Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi namunalari ("Qoʻqon Ushshogʻi", "Toshkent Irogʻi", "Tanavor", "Nasrulloyi" va boshqalar), Xorazm yoʻllari ("Suvora", "Feruz", "Segoh"), zamonaviy bastakorlar ("Toʻy muborak", Faxr. Sodiqov; "Bizni tashlab", "Fargʻona tong otguncha <ref>[https://bisyor.net/tags/Tavakkal+Qodirov/ Bisyor]. Tavakkal Qodirovning barcha qo'shiqlari</ref>", M.Murtazoyev; "Dogʻman", K.Otaniyozov; "Oʻlmasin", J.Sultonov va boshqalar) hamda mumtoz va zamonaviy shoirlar gʻazallariga oʻzi yaratgan ("Oʻxshaydiku", Hamza sheʼri; "Shunchamidi", O.Hakimov; "Jamollaringdan", Naqshiy; "Kecha oydin", Mirtemir; "Oʻynasin", Habibiy va boshqalar) ashula va yallalar keng oʻrin olgan. Ijro uslubi baland avjlarni keng ishlatilishi, ravonlik, keng nafas, har bir soʻzini donadona qilib aytishi bilan ajralib turadi. Ijodiga bagʻishlangan 2 telefilm (1963, 1992) va videofilm (1991) suratga olingan. Ijrolari bir necha gramplastinka va Oʻzteleradiokompaniyasi fonotekasiga yozilgan. N. Hamroqulov, N.Haydarov, S.Mannopov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist A.Karimov va boshqalarga ustozlik qilgan. Fargʻonada sanʼat kolleji hamda koʻchalardan biriga Q. nomi berilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Adabiyot ==
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
https://bisyor.net/tags/Tavakkal+Qodirov/
 
{{OʻzME}}
41

ta tahrir