Abulvafo Muhammad ibn Muhammad ibn Yahyo ibn Ismoil ibn al-Abbos al-Buzjoniy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Abulvafo Muhammad Ibn Muhammad Ibn Yahyo Ibn Ismoil Ibn Al-Abbos Al-Buzjoniy''' (940.10.6, [[Xuroson]] - 998.1.7, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 997, [[Bagʻdod]]) falakiyotchi, riyoziyotchi [[olim]]. [[Falakiyot]], [[handasa]], [[hisob]]ga oid risolalar yaratgan va bu sohalarda yangi ilmiy masalalarni ilgari surgan. Xususan, [[arab tili]]dagi matematik adabiyotlarda birinchi boʻlib [[aylana radiusi]]ni 1 ga teng deb oldi, turli murakkab [[geometrik masalalar]]ni hal qilishga urindi. Boshlangʻich [[trigonometriya]]ning izchil bayonini berdi. Abulvafo [[Ptolemey]]ning "Almagest" ("Al-Majistiy") asarini yangi materiallar asosida qaytadan ishlab chiqdi, [[sfera]] uchun [[sinus]]lar [[teorema]]sini isbotladi, Gʻ2 dan oralatib sinus jadvalini tuzdi. [[Bagʻdod rasadxonasi]]da turli astronomik jadvallar tuzish yuzasidan ilmiy ish olib bordi, [[Oy]] va [[Quyosh]]ning burchak diametrlarini, Oy harakatini oʻrganishga oid muhim tadqiqotlar oʻtkazdi. Yunon olimlari (shu jumladan A. Diofant) asarlarini arab tiliga tarjima qilgan va ilmiy sharhlagan. Abulvafo asarlari Sharq [[matematika]] va [[astronomiya]] ilmi taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==