Abulxayrxon (Oʻzbek ulusi): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 15:
 
{{Maʼnolari|Abulxayrxon (maʼnolari)}}
'''Abulxayrxon''' (1412-1468) tarixda [[Oʻzbek ulusi|Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati]] deb nom olgan davlat asoschisi.
[[Tura]] ([[Gʻarbiy Sibir tekisligi|Gʻarbiy Sibir]]) xoni bo'lgan. [[1446|1446-yilda]] Abulxayrxon [[Sirdaryo]] bo'yidagi bir qancha shahar va qal'alar ([[Oqqoʻrgʻon]], [[Arquq]], [[Oʻzgan]], [[Sigʻnoq]], [[Suzoq]])ni bosib oldi. [[1447|1447-yilda]] mamlakat poytaxti [[Sibir]]dan [[Sigʻnoq]]qa ko'chirildi. [[1431|1431-yil]]da Abulxayrxon [[Xorazm]]ni bosib oldi. [[1448|1448-yil]]da ko'chmanchi oʻzbeklar [[Movarounnahr]]ga bostirib kirdilar va [[Samarqand]]ni qamal qildilar. [[1451|1451-yilda]] Abulxayrxon [[Abu Said]] bilan qo'shilib yana [[Samarqand]]ga yurish qildi va uni taxtga o'tqazdi. Ko'chmanchi oʻzbeklar keyinchalik [[temuriylar]]dan [[Muhammad Joʻqiy]]ga ham ko'maklashdilar (1460-62). Abulxayrxon vafotidan keyin uning dushmanlari ([[Iboqxon]], [[Jonibek]], [[Burka sulton]], [[Yomgʻurchi]], [[Muso mirzo]], [[Ahmadxon]]) taxt vorisi [[Shayx Haydar]]ni mag'lub qildilar va Ko'chmanchi oʻzbeklar davlatini qulatdilar. Lekin XV asrning 80-yillarida Abulxayrxonning nabirasi [[Muhammad Shayboniyxon]] o'z raqiblari ustidan g'alaba qozondi va hokimiyatni qo'lga oldi.