Adabiyot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Adabiyot''' (arab. adab so‘zining ko‘pligi) 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi); voqelikni so‘z yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. A. avval og‘zaki bo‘lgan, yozuv paydo bo‘lgandan so‘ng yozma shaklga o‘tgan. A. so‘z orqali insonning his-tuyg‘ularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u san’atning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy A.ning yetakchi 3 turi [[epos]], [[lirika]], [[drama]] mavjud. Epos voqelikning o‘zini in’ikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qo‘shib tasvirlanadi. [[Sharq]] qadimdan [[she’riyat]] tuyg‘ulari o‘lkasi bo‘lgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida ayniqsa lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. A.da qorishiq turlar ham mavjud. Mas, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tashkil etadi. Liro-epik turga [[poema]], [[ballada]], [[doston]], [[masal]] kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga bo‘linadi: kichik epik shakl ([[latifa]], [[ocherk]], [[ertak]], [[hikoya]]), o‘rta epik shakl ([[qissa]]) va katta epik shakl ([[roman]]). Lirika mazmun va shaklga ko‘ra, g‘azal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qo‘shiq va boshqalarga bo‘linadi. Dramatik A.ning ham mazmu-nan 3 xili bor: [[drama]], [[komediya]] va [[tragediya]] (fojia). A. san’atning boshqa tur-lariturlari kabi mafkuraviy hodisadir. A.da voqelikni aks ettirish tamoyiliga ko‘ra, adibning ijodiy usuli paydo bo‘ladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik A. deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi o‘z orzu-umidlarini ham ifoda etsa, romantik A. bo‘ladi. A.ning badiiylik mezoni uning g‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal bo‘lishini taqozo qiladi. Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifoda etadigan g‘oyasining to‘g‘riligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligidan yuzaga keladi. Har bir A. milliydir, shunga ko‘ra har bir xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar A.ning milliyligi mazmunini tashkil etadi va o‘ziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida A. tomonidan uzoq davr mobaynida yig‘ilgan tajriba va an’ananing ham ahamiyati katta. Xalq hayotidagi yangi davr esa A.ni yangi, yuqoriroq bosqichga ko‘taradi, uning mazmuni va shaklini ham yangilaydi, ham boyitadi. Yangilangan A. o‘z navbatida yangi jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol vazifasini o‘taydi. Hozirgi zamon o‘zbek A.da adabiyotning tasvir ob’ekti umuman ijtimoiy voqelik bo‘lsa, bosh tasvir ob’ekti esa insondir. A.da insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. Shuning uchun ham A.ning maqsadi ma’lum bir ijtimoiy-siyosiyijtimoiysiyosiy kuchning mohiyatini to‘la ifodalash va ayni vaqtda keskin individuallashgan [[badiiy obraz]] yaratmoqdir. Yaratilgan bunday obrazlarning eng mukammali "[[tip]]" deb ataladi. [[Navoiy]] asarlaridagi Farhod, Shirin, Majnun, Layli, Iskandar obrazlari; [[Shekspir]] asarlaridagi Otello va Hamlet; [[Abdulla Qodiriy]] asarlaridagi Otabek va Kumush tip darajasiga ko‘tarilgan obrazlardir. A. voqelikni aks ettirar ekan, unga go‘zallik qoidalari nuqtai nazaridan yondashadi. Binobarin, asar predmetini tanlash ham g‘oyat muhim ijodiy nuqtadir. Chunonchi, asarning ta’sirli chiqishi, boshqa ko‘p mezonlar qatori, shunga asos qilib olingan fikrning emotsionalligi, ko‘tarinkiligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Milliy mustaqillikka erishgan o‘zbek xalqi hayotning barcha jabhalarida o‘zligini namoyon etmoqda. Jumladan, istiqlol davri A.i tub sifat o‘zgarishlariga erishmoqda. Bu davrda ijodkor olam va odam haqida avvalgidan farqli fikrlash mumkinligini chuqur anglab, faoliyat ko‘rsatmoqda. Natijada olamni, odamni, ularning tuyg‘ularini turlicha ifodalaydigan badiiy asarlar yaratish boshlandi. Bu davr A.ida tasvirlanayotgan inson o‘zining bashariyat, Vatan, el-yurt oldidagi mas’uliyatini chuqur his etgan holda namoyon bo‘lmoqda. Istiqlol A.i mavzu nuqtai nazaridan ham, badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham ilgarigi qoliplarga sig‘maydigan, tabiiy ravishda rivojlanayotgan yangi estetik hodisadir. U odamlarga yo‘l ko‘rsatishni zimmasiga olmaydi, o‘quvchiga aql o‘rgatmaydi, hayotiy muallimlikni da’vo qilmaydi, balki tasvirning nozikligi, ifodalarning favquloddaligi, obrazlarning kutilmaganligi bilan o‘quvchida munosabat uyg‘otadi. Bu A.ning jozibasi zohirda emas, botinda matn zamiriga joylangan. Istiqlol davri o‘zbek A.i chinakamiga rang-barang A.dir. Uning bag‘rida turli-tuman ijodiy tajribalar kechadi, ijodiy yo‘nalish va oqimlar kesishadi va shu orqali cheksiz olam bag‘rida kechayotgan insonning murakkab "men"i kashf etiladi.
 
== Adabiyotlar ==