Adaptatsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (q. falon) -> (qarang falon) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Adaptatsiya''' (lot. adaptatio mos-lashuv) 1) organizmning turli yashash sharoitlariga moslashishi; 2) sezgi a’zolarining o‘ziga ta’sir etadigan qo‘zg‘atuvchilarga moslashishi natijasida ularda sezgirlik darajasining o‘zgarishi (mas, ko‘zning yorug‘lik yoki qorong‘ilikka moslashuvi). Qo‘zg‘atuvchining ta’-sirta’sir kuchi o‘zgarishi bilan sezgirlik ham o‘zgaradi. Qo‘zgatuvchilar sust ta’sir etganda sezgirlik oshadi, kuchli ta’sir etganda esa kamayadi. A. hodisasi hamma tashqi sezgilar (ko‘rish, eshitish, hid, ta’m, badan sezgisi) ga xosdir. Taktil, harorat, hid va ko‘rish sezgilarida A. kuchli, eshitish va og‘riq sezgilarida ku-cheizdir. Ichki sezgilar (mas, tashnalik, ochlik) ga nisbatan A. hosil bo‘lmaydi. A. organizmning normal hayot faoliyati-nifaoliyatini saqlab turishini, atrof muhitning turli omillari: temperatura va iqlimning o‘zgarishiga (qarang [[Iqlimga moslashish]]), balandlikka (qarang [[Balandlik kasalligi]]), ko‘pgina infeksion agentlarga (qarang [[Im-munitet]]) moslanishini ta’minlaydi. A. reaksiyasi moddalar almashinuvi inten-sivliginingintensivligining uzluksiz o‘zgarib turishiga asoslangan. Odam organizmining mos-lashuv reaksiyasi (A. reaksiyasi)ni tez (spesifik) va sekin (nospesifik), tug‘ma (tur evolyutsiyasi jarayonida shakllan-gan) yoki orttirilgan (har bir organizm uchun o‘ziga xos) reaksiyalarga bo‘lish mumkin. Mas, og‘ritadigan omil ta’si-riga javoban oyoq-qo‘lni tortib olish, jismoniy ish qilganda nafas olishning kuchayishi, qon oqimi hamda yurak fao-liyatining tezlashishi va qonning qayta taqsimlanishi, qorong‘ida ko‘z yorug‘lik sezish layoqatining zo‘rayishi bular-ningbularning hammasi tug‘ma tez A. reaksiyalari-dirreaksiyalaridir. Har bir kishining turli yashash sha-roitlariga moslashish imkoniyati uning irsiyati, yoshi, sog‘lig‘i va boshqalarga bog‘liq.
 
== Adabiyotlar ==