Afrikaans: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Afrikaans''' ({{lang-af|Afrikaans}}), bur tili hindevropa tillari oilasidagi german tillaridan biri (gʻarbiy german guruhchasi). JARning rasmiy tili (ingliz tili bilan birga). Asosan, JARning Transvaal, Oranj, Kap viloyatlari-daviloyatlarida, shuningdek, Namibiya, Zambiyada va boshqa qoʻshni mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 6 mln. kishiga yaqin (1980-yillar oxiri; 1990-yillar oxirida bu miqdor birmuncha kamaygan).
 
A. 17-asrda niderland tilining baʼzi lahjalari bilan nemis va ingliz tillarining hamda gottentot, bush-men, bantu kabi mahalliy tillarning oʻzaro yaqinlashuvi va aralashib ketishi jarayonida yuzaga kelgan. A.ning muhim belgisi uning hududiy lahjalarga boʻlinmaganligidir. Oʻziga xos xususiyatlari 17-asr oxirlarida Kap viloyati davrida shakllangan. 18-asrda va 19-asrning 1-yarmida faqat ogʻzaki soʻzlashuv tili sifatida amalda boʻlgan. A.da yozilgan dastlabki asarlar 19-asrning 70-yillaridagina paydo boʻlgan. A. 1925 yildagina rasmiy til maqomiga ega boʻlgan Jan.Janubiy Afrika Ittifoqining davlat tili deb eʼtirof etilgan.
 
Fonetik tizimi va leksikasi asosan niderland tili taʼsirida shakllangan; mahalliy afrika tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ozchilikni tashkil etadi.