'''Akademiya''' (yun. —– Akademos —– afsonaviy qahramon Akadem nomi-dannomidan)—– ko‘pgina ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlari, o‘quv yurtlarining nomi. Mil. av. 4- a.daasrda Platon (Aflotun) asos solgan yunon falsafiy maktabi (qarang [[Pla-ton akademiyasi]]), Afina yaqinidagi joy ham uning nomi bilan atalgan. Sharq mam-lakatlarida A. tarzidagi muassasa va ja-miyatlar 8—98–9-asrlarda tarkib topa boshla-ganboshlagan. Xususan, arab xalifaligida Horun ar-Rashid hukmronligi davri (786—809786–809)da "Bayt ul-hikmat" ("Hikmat xona-sixonasi")ga asos solinib, xalifa Ma’mun hukmronligi davri (813—813– 833)da "Bayt ul-hikmat"ning faoliyati yanada rivoj topgan, uning rasadxonasi va katta ku-tubxonasi bo‘lgan (buyuk matematik Muso Xorazmiy va astronom Ahmad Farg‘oniy 253shu yerda ishlagan). Mashhur olim va shoir Ibn Hamdon (935 y.yil v.vafot e.etgan) Mosul shahrida ku-tubxonali "Dor ul-ilm" ("Ilm uyi") ochgan va bu joy ilmga intilganlarning kirishi uchun bemalol bo‘lgan. Bunday Alar Bag‘dodda, shuningdek Misrda ham ochilgan. 1010 yilda Urganchda Mamun akademiyasiga asos solingan. Abu Rayhon Beruniy shu A.ning rahbari bo‘lgan (bu A. doirasida Abu Ali ibn Sino, fayla-suf Abu Saxl Masihiy, tabib Abulhasan Hammor va boshqa ish olib borishgan). Amir Temur tomonidan Samarqandda to‘plangan olim, yozuvchi va me’morlar 15- a.asr fani va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shganlar. Ulug‘bek ma-drasasi va rasadxonasi ham o‘z davrining A. sidir (qarang [[Ulug‘bek akademiyasi]]); bu A. Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk matematik hamda astronomlarni birlashtirgan. 15- a. ningasrning 2- yarmida ilmiy va madaniy mar-kazga aylangan Hirotda, Navoiy atrofi-daatrofida olim, yozuvchi, rassom, sozanda va boshqalardan tarkib topgan o‘ziga xos ilmiy va badiiy jamiyat yuzaga kelgan. Hirot miniatyura maktabinn o‘rta asr Sharqida davlat to-monidan ta’sis etilgan birinchi badi-iy A. deb hisoblash mumkin (Behzod shu A.ning eng yirik vakilidir). 15—1615–16-asrlarda Yevropada (Italiyada) turli ilmiy jamiyatlar A. deb atala boshlagan; ular-ningularning faoliyati asosan ijtimoiy fanlar yo‘nalishida bo‘lgan. 17-asrda bir qancha ilmiy jamiyatlar —– A.lar tuzilib, ular asosan tabiatshunoslik masalalari bilan shug‘ullangan. 17-asrning 2- yarmidan dav-lat hokimiyati yordami bilan bir qancha mamlakatlarda milliy ilmiy markaz sifatidagi A.lar tuzildi; mas, Lon-dondagi Qirollik jamiyati (1660), Pa-rij FAFanlar Akademiyasi (1666), Berlindagi Prussiya FAFanlar Akademiyasi (1700), Peterburg FAFanlar Akademiyasi (1724). Hozirgi vaqtda kompleks turdagi FAFanlar Akademiyasi yoki ularga o‘xshash muassasalar ko‘p mamlakatlarda bor; bu mamlakatlarning ko‘plarida fan yoki ma-daniyatningmadaniyatning biror tarmog‘ini qamragan soha A. lari ham mavjud.O‘zbekistonda O‘zbekiston Respubli-kasiRespublikasi Fanlar akademiyasi mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti hisoblanadi; O‘zbekistonda O‘zbekiston Respubli-kasiRespublikasi Badiiy akademiyasi ham mavjud. O‘zbekiston va ba’zi mamlakatlardagi ayrim oliy o‘quv yurtlari ham A. deb ataladi (mas, O‘zROʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Harbiy A.si, O‘zROʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirli-gi A.si, Rossiyadagi K. A. Timiryazev no-midagi Moskva Qishloq xo‘jalik A.si). Shuningdek respublikamizda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi ham fao-liyat yuritadi. Mamlakatlar FAFanlar Akademiyasi haqida shu mamlakat FAFanlar Akademiyasi haqidagi alohida maqolalarga q., mas, Avstriya Fanlar aka-demiyasi, Ukraina Fanlar akademiyasi.