'''Akkreditiv''' (lot. accredo —– ishonaman) —– 1) naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boriladigan bank hisob varag‘i; 2) tomonlar o‘rtasida tuzil-gantuzilgan shartno-maga ko‘ra amalga oshiri-ladiganoshiriladigan o‘zaro hisob-kitob turi. Unda qarz beruvchi (kreditor) o‘ziga tegishli to‘lovlarni A. topshirig‘ida ko‘zda tu-tilgan shartlar va muddatlarda tegishli bank orqali olib turadi; 3) nomiga yozib berilgan shaxsga kredit muassasasidan ko‘rsatilgan summani olish huquqini tasdiklovchi qimmatbaho qog‘oz. Bundan tashqari A.lar turli shaharlarda joy-lashgan korxonalarning mulkiy muno-sabatlarida (jo‘natilgan mahsulotlar uchun tovar-transport hujjatlari asosida haq to‘lash), xalqaro hisob-kitoblarda (ayniqsa, mamlakatlararo eksport-import munosabatlarida) keng qo‘llaniladi.