Albaniya — versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
{{Albania_info}}
'''Albaniya''' (Shqipëria), Albaniya Respublikasi (Republika e Shqipërisë)  Bolqon yarim orolining janubi-g‘arbidagi davlat. Adriatika va Ioni dengizlari sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 36 retaga bo‘lingan<ref>[http://www.statoids.com/ual.html Counties of Albania] {{ref-en}}</ref>. Poytaxti alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Maydoni 28,7 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 2 831 741 kishi<ref name="autogenerated1"/> (2011). Poytaxti [[Tirana]] shahri.
 
== Davlat tuzumi ==
Albaniya  parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi [[1998-yil]] qabul qilingan. Davlat hokimiyatining oliy organi  bir palatali Xalq majlisi (155 deputat), uni barcha fuqarolar 4 yil muddatga saylaydi. Davlat boshlig‘i  prezident. Albaniya Oliy ijroiya organi  hukumat boshlig‘i boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat). Davlat hokimiyatining mahalliy organlari  tegishli xalq kengashlari<ref>[http://www.reuters.com/articlePrint?articleId=USL1865943420080218 Albania recognizes independent Kosovo]</ref>.
 
== Tabiati ==
Adriatika dengizining sohili asosan pasttekislik, janubiy tog‘lardan iborat. Albaniya hududining salkam 70 % ni balandliklar 2692 m gacha bo‘lgan Shimoliy Alban Alplari (Prokletiye) va Janubiy Alplar egallaydi. Ular o‘rtasidagi markaziy voha daryo vodiylariga bo‘linadi. Sohili past-baland dengiz bo‘yi tekisligidan iborat. [[Xromit]], [[neft]], [[bitum]], temir-nikeltemirnikel va mis ruda konlari bor.
 
Iqlimi  O‘rta dengizga xos subtropik; iyulning o‘rtacha harorati 24&nbsp;°C, 25&nbsp;°C, yanvarniki 8&nbsp;°C, 9&nbsp;°C. Yiliga 1000&nbsp;mm yog‘in yog‘adi. Soy va daryolari tog‘li, ularda kema qatnamaydi. Eng katta daryolari  Drin, Semani, Shkumbini, Skadar, Oxrid, Prespa ko‘llarining bir qismi Albaniya hududida joylashgan. Tekislikda jigarrang, tog‘larda qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproqlari. Yer maydonining 38 % dan ko‘prog‘i o‘rmon bilan qoplangan (dub, buk, kashtan va boshqa xil daraxtlar). Sohilda O‘rta dengizga xos o‘simliklar doimo ko‘karib turadi. Albaniyada 4 milliy bog‘ bor<ref>[http://www.etnolog.ru/people.php?id=ALBA Албанцы]</ref>.
 
== Aholisi ==
Albaniyaning asosiy aholisi  [[albanlar]] (salkam 98 %). Greklar, valaxlar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tili  [[alban tili]]. Aholining o‘rtacha zichligi  1&nbsp;km<sup>2</sup> ga 87 kishi<ref>{{cite web|editor-last=Miller|editor-first=Tracy|month=October|year=2009|publisher=[[:en:Pew Research Center|Пью Рисёрч Сентер]]|title=Mapping the Global Muslim Population: A Report on the Size and Distribution of the World’s Muslim Population|format=PDF|url=http://pewforum.org/newassets/images/reports/Muslimpopulation/Muslimpopulation.pdf|accessdate=16 February 2011|archiveurl=http://www.webcitation.org/65De68fVA|archivedate=2012-02-05}}</ref>. Aholining 35 % shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari  [[Tirana]], [[Durres]], [[Shkoder]], [[Vlyora]], [[Elbasan]]<ref name=autogenerated1>[http://census.al/ 2011 Census]</ref>.
 
== Tarixi ==
Albaniyaning eng qadimgi aholisi pelasglar (yangi tosh davri), illiriylar (mil.av. 2-ming yillikdan boshlab) boʻlgan. Mil. av. 2-asrda hozirgi Albaniya hududini Rim bosib olgan. [[395-yil]]dan [[1347-yil]]gacha u Vizantiya tarkibiga kirgan, keyinchalik uning ayrim qismlari bolgar va serb zamindorlari qo‘l ostida bo‘lgan. [[1389-yil]]dan Albaniyani [[Usmonlilar imperiyasi]] zabt eta boshladi. 15-asr o‘rtalarida Skanderbeg boshchiligida boshlangan umumxalq qo‘zg‘oloni natijasida deyarli butun Albaniya ozod qilindi, biroq [[1479-yil]]da uni yana [[turklar]] bosib oldi. [[1912-yil]] bahorida Usmonlilar hukmronligini bartaraf etish uchun xalq qo‘zg‘oloni boshlandi. O‘sha yili 28-noyabr kuni Vlyorada aholi turli tabaqa vakillarining qurultoyi Albaniyani mustaqil davlat deb eʼlon qildi. Muvaqqat hukumatga I. Kamolbey boshchilik qildi. Aslida esa Albaniya boshqa davlatlarga qaram bo‘lib qoldi. [[1924-yil]] iyunidagi xalq qo‘zg‘oloni Ahmad Zogu to‘dasini ag‘darib tashladi. Ammo 1924-yil dekabrda u ajnabiy imperialistlar yordamida yana hokimiyatni egallab, o‘zini avvaliga respublika prezidenti, [[1928-yil]] esa qirol deb eʼlon qildi<ref>[http://www.tagesschau.de/ausland/albanien104.html Albanien will in die EU]{{ref-de}}</ref>. Uning davrida Albaniya amadda [[Italiya]] mustamlakasiga 299 aylandi. [[1939-yil]]da fashistlar Italiyasi, 1943—441943–44 yillarda esa nemis fashistlari Albaniyani bosib oldi. Albaniya [[1944-yil]] 28-noyabrda fashist bosqinchilaridan ozod etildi. [[1946-yil]] 11-yanvarda xalq respublikasi deb eʼlon qilindi. [[1976-yil]] 28-dekabrdan [[1991-yil]] maygacha  Albaniya Xalq Sotsialistik Respublikasi deb atalib keldi. 1991-yil maydan Albaniya Respublikasi<ref name="vprazdnik.ru">[http://vprazdnik.ru/prazdniki/albania/ Праздники Албании в проекте праздники 2010 год]</ref>. Albaniya [[1955-yil]]dan  [[BMT]] aʼzosi. Albaniya va [[O‘zbekiston|Oʻzbekiston Respublikasi]] o‘rtasida diplomatiya munosabatlari [[1993-yil]]da o‘rnatilgan. Milliy bayrami  28 noyabr  Bayroq kuni (1912)<ref>Селищев А. М., Славянское население в Албании, София, 1931</ref>.
 
== Siyosiy partiya va birlashmalari, kasaba uyushmalari ==
 
== Sanoati ==
Oziq-ovqat, yengil sanoat, konchilik va yog‘ochsozlik tarmoqlarining salmog‘i katga. Energetika neft va gidroenergiya negiziga qurilgan. Yiliga 4 mlrd. kVt-s dan ortiq elektr energiya ishlab chiqariladi. Neft, xrom (1 yilda 1 mln. tonna  G‘arbiy Yevropada l-o‘rin), temir-nikeltemirnikel va mis rudalari, bitum qazib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida qand-shakar, yog‘-moy, baliq va meva-konserva, vinochilik, tamaki tarmoqlari, yengil sanoatda  asosan to‘qimachilik tarmog‘i mavjud. Kime, metallsozlik, mashinasozlik, yog‘ochsozlik sanoatining ayrim korxonalari ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari: Tirana, Elbasan, Fiye-ri, Korcha, Shkoder.
 
== Qishloq xo‘jaligi ==
Asosiy tarmog‘i  dehqonchilik. Ekinzorlari 560 ming ga dan ortiq (mamlaqat hududining deyarli 20 %). 230 ming ga ga yaqini sug‘oriladi. Makkajo‘xori va bug‘doy oziq-ovqat sohasida katta ahamiyatga ega. Kartoshka, sabzavot ham yetishtiriladi. Paxta, tamaki, qand lavlagi asosiy texnika ekinlaridir. Tokchilik, zaytun va sitrus o‘simliklari o‘stirish rivojlangan. Chorvachiliqda qo‘ychilik va echkichilik ustun.
 
== Transporti ==
[[FileFayl:Bunker in Albanian Alps.jpg|thumb|Bunker]]
Transportningasosiy turi  avtomobil transporti (yuk ay-lanmasi hajmining salkam 65 % ni tash-kil etadi). Durres  Tirana, Durres  Elbasan va boshqa yo‘nalishdagi t.yillar mavjud. Dengiz portlari: Durres, Vlyora. Xalqaro aeroporti  Tirana (Rinas).
 
== Tashqi savdosi ==
Chetga asosan, xromitlar, temir-nikeltemirnikel, mis rudalari, neft, bitum, yog‘och-taxta, charm, zaytun yog‘i, tamaki, sitrus, sabzavot va mevalar chiqariladi. Albaniya chetdan mashina, asbob-uskuna, prokat, transport vositalari, dori-darmondoridarmon, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari keltiradi. Asosiy tashqi savdo mijozlari: [[Italiya]], [[Yunoniston]], [[Turkiya]], [[Olmoniya]]. Pul birligi  lek.
 
== Tibbiy xizmati ==
 
== Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Xalq taʼlimi tizimi [[1969-yil]]da joriy etilgan bo‘lib, u maktabgacha muassasalar, 8 yillik umumiy majburiy, 4 yillik o‘rta (hunar yoki umumiy) va 3—43–4 yillik oliy o‘quv yurtlaridan iborat. Albaniyada 3 universitet bor. Fanlar akademiyasi [[1973-yil]] tashkil etilgan. Milliy kutubxona va universitet kutubxonasi, arxeologiya, etnografik muzeyi va bohsqalari bor<ref>Zickel, Iwaskiw, 1994</ref>.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, teleko‘rsatuvi ==
Albaniyada „Zeri i popullit“ 300(„Xalq ovozi“, 1942 yildan) „Mesuyesi“ („Muallim“, 1961-yildan), „Bashkimi kom-betar“ („Milliy birlik“, 1943 yildan), „Kombi“ („Millat“, [[1991-yil]]dan), „Drita“ („Hyp“, [[1960-yil]]dan), „Koxa Ione“ („Vaqtimiz“, [[1991-yil]]dan) va boshqa gazetalar nashr etiladi. Albaniya telegraf agentligi [[1944-yil]] tashkil etilgan. „Albaniya radioeshittirishi va teleko‘rsatuvi“ davlat tashkiloti mavjud. Radioeshittirish  1944-yildan, teleko‘rsatuv  1961-yildan ishlaydi.
 
== Adabiyoti ==
Albaniyada boy xalq ijodiyoti  qahramonlik dostonlari, tarixiy qo‘shiqlar mavjud. Alban tilida hozirgacha saqlanib qolgan dastlabki yozma manba  yepiskop Pal Engelaning „Cho‘qintirish taomili“ (1462)dir. 16—16– 17-asrlarda adiblar P. Budi, F. Barde, P. Bogdani, M. Barxeti ijod qildilar. 18-asrda T. Kavaloti va Danel alban tili lug‘atini tuzdilar. 19-asrda bir necha atoqli vatanparvar yozuvchilar, milliy uyg‘onish arboblari maydonga chiqdi. Adabiyotda romantizm oqimi hukmron bo‘lib qoldi. Shu davrning eng taniqli namoyandalari  shoirlardan I. De Rada („Milosao qo‘shig‘i“, „Sho‘rpeshona Skan-derbeg“ dostonlari), Kenja G. Dara („Balaning so‘nggi qo‘shig‘i“ dostoni). Z. Serembe („Taqdir“ dostoni), V. Shkodrani („O, mening Albaniyam“ dostoni), adib va tarjimon K. Kristoforidi. Adabiyotda novella, tarixiy roman, drama paydo bo‘la boshladi. Yangi adabiyotning asoschilaridan biri N. Frasherining „Poda va dala“ (1886), „Skanderbeg tarixi“ (1898) va boshqa dostonlari yuzaga keldi. 20-asr boshlaridagi shoirlar  A. Chayupi („Tomori ota“ to‘plami, 1902; „O‘n to‘rt yoshli kuyov“ komediyasi, 1902), N. Meda („Quvg‘in“, „Bulbul nolasi“ dostonlari), F. Shiroka, R. Silichi xalqni birlikka chaqiradi. Vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq va novellalar muallifi M. Grameno alban badiiy prozasining asoschilaridan biri bo‘ldi. Albaniya adabiyotining taniqli vakili Fan Noli o‘z sheʼrlarida fuqaroga hurmat va muhabbat tuyg‘ularini ulug‘ladi („Salip Sulton qo‘shig‘i“, „Quvg‘in qurboni“, „Dragobiy g‘ori“, „Yugur marafonchi“ va boshqalar). 20-asrning 30-yillarida ijtimoiy mavzu qalamga olina boshladi. [[Ikinchi jahon urushi]] davrida va Albaniya ozodlikka chiqqanidan so‘ng adabiyotda italyan-nemis fashistlariga qarshi kurash mavzuidagi asarlar yaratildi (F. Gyataning „Partizan Banko haqida qo‘shiq“ dostoni, D. Shuterichining „Haloskorlar“ romani, 1952—551952–55). Turmushni ijtimoiy jihatdan o‘zgartirishga bag‘ishlangan romanlar (S. Spassening „Ular yolg‘iz emas edi“, 1952; F. Gyataning „Botqoq“, 1959 va boshqalar) paydo bo‘ldi. 50—6050–60-yillarda avtobiografik va tarixiy qissa hamda romanlar (D. Shuterichi, V. Kokona, Ya. Dzodza asarlari) yaratildi.
 
== Meʼmorligi ==
Antik davr (mil. av. 7-asr)dan Albaniya hududida mudofaa inshootlari, jamoat va uy-joy binolari, meʼmoriy bezaklarning qoldiqlari, o‘rta asrlardan Vizantiya inshootlari (13—13– 14-asrlarga mansub bo‘lgan Lyavdari, Mborya qishloqlaridagi cherkovlar) va romantik uslubdagi imoratlar (Shasi qishlog‘idagi sobor, Vau-i-Deyes, Oboti qishloqlaridagi cherkovlar, 13-asr), shuningdek, istehkomva qasrlar saqlanib qolgan. Saroylar, timlar, machitlar ham mavjud. Albaniya Xalq meʼmorligiga xos xususiyatlar  tog‘lardagi mustahkam minorasimon uylar, ikki-uch qavatli, oldi peshayvonli, yassi cherepitsa tomli uylar. Albaniya shaharlarida o‘rta asrlar va 20-asr boshlaridagi inshootlar bilan yonma-yon zamonaviy imoratlar ko‘zga tashlanadi.
[[FileFayl:Albania triple bunker.jpg|thumb|Uchlik bunker]]
[[FileFayl:Albania bunker 2.jpg|thumb|yarim xaroba bunker]]
 
== Tasviriy sanʼati ==
O‘rta asrlarda rassomlik va haykaltaroshlik birmuncha rivoj toptan (Lyavdaridagi Troitsa cherkovi devorlariga ishlangan suratlar). 16-asrning 50-yillarida Sheltsan va Balsh cherkovlarida neokastrlik usta Onufriy suratlar chizgan. 19-asr oxiri  20-asr boshlarida dunyoviy rang-tasvir (rassomlardan N. Martini, K. Xidromeno) paydo bo‘ldi. Keyingi yillarda musavvirlik, grafika, haykaltaroshlikning turli janrlari rivojlandi. Albaniyada xalq 301 amaliy sanʼati (gilamdo‘zlik, tikuvchilik, to‘quvchilik, o‘ymakorlik, zargarlik) qadim zamonlardan maʼlum.
 
== Musiqasi ==
 
== Kinosi ==
Albaniya kinematografiyasi ikkinchi jahon urushidan so‘ng rivojlana boshladi<ref>[http://cinepocalypse.ru/2010/09/21/albanskoe-kino/ Кинопокалипсис. Ру: Албанское кино]</ref>. [[1952-yil]]da tashkil etilgan „Yangi Albaniya“ kinostudiyasi hujjatli filmlar va kinojurnallar chiqaradi. Birinchi rangli badiiy film  „Albaniyaning buyuk farzandi Skanderbeg“ (1954). Keyinchalik „Tana“, „Yer alanga ichra“ va boshqa badiiy filmlar yaratildi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==