Mixail An: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Mixail Ivanovich An''' (1952.19.2, Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani 1979.11.8, Dneprodzerjinsk sh., Kurilovka qishlog‘i yaqini) futbolchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1976). Olimpiada rezervlari bilim yurtini tamomlagach, [[Paxtakor (futbol klubi)|"Paxtakor" futbol jamoasi]] yarim ximoyachisi (1971 79). Oliy va birinchi tabaqa o‘yinlarida 52 to‘p kiritgan. 1974 va 1978 yillarda mamlakatning eng kuchli 33 futbolchisi roʻyxatidan joy olgan. U sardorlik qilgan mamlakat o‘smirlar terma jamoasi Yevropa chempioni bo‘lgan (1976). Milliy futbol terma jamoa tarkibida o‘ynagan (1978). An aviatsiya halokati natijasida nobud bo‘lgan. Toshkent shahrida dafn etilgan. Toshkent shahridagi kuchalardan biri uning nomi bilan ataladi. Bolalar va oʻsmirlar futbol jamoalari o‘rtasida har yili An xotira turniri oʻtkaziladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==