Anʼana: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (4) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''An’ana''' o‘tmishdan kelajak-ka meros qoladigan, avloddan avlod-gaavlodga o‘tadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy qadriyat. Milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy va boshqa A.lar bor. A.lar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli A.larning shakllani-shiga ta’sir qiladi. Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq me’yorlari, urf-odat, marosim va boshqa A. sifatida namoyon bo‘ladi. A.larni: a) ijtimoiy-tarixiy hodisa; b) jamiyat hayotidagi jarayon-larningjarayonlarning tarkibiy qismi; v) kishilar hayoti va faoliyatini belgilash mezoni; g) jamiyat va odamlarni boshqarishning ma’naviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin. A.lar yoshlarni tar-biyalash, ularni keksa avlod tajribala-rigatajribalariga o‘rgatish vositasi hamdir. Har bir davrning o‘z A.lari bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, mazmunan boyib boradi, ba’zilari yo‘qoladi, yangilari vujud-gavujudga keladi. Shuningdek, bir zamonning A.lari ikkinchi zamonga mos kelmasligi mumkin. Davr talabiga javob bermaydi-gan A.lar unutiladi. Har bir xalqning A.larida o‘sha xalqning turmush tarzi, madaniy kamolot darajasi, milliy ong va qiyofasi ham aks etadi. Bir hudud aholisi yoki xalqiga xos A.larga har xil mafkuraviy, partiyaviy nuqtai na-zardan yondoshish, boshqa hudud yoki xalq nuqtai nazaridan baholash noto‘g‘ri. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan 570so‘ng sobiq sho‘rolar tuzumida joriy etilgan A.viy bayram va tantanali kun-larningkunlarning ko‘plari o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. O‘zbek xalqining qadimdan tarkib top-gan, hozir ham keng amal qilinadigan A.lari bor. Bular jumlasiga keksalarga hurmat, qarindosh-urug‘, mahalla-ko‘y bilan oqibatli, yaqin aloqada bo‘lish, el-yurtga sadoqat, hashar, mehmondo‘stlik, nonni e’zozlash va boshqa kiradi. O‘zbekistonda Navro‘z, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Ro‘za hayiti, Qurbon hayiti va boshqa xalq bayramlari yaxshi A.lar sifatida hayotga singib ketdi.
 
== Adabiyotlar ==