'''Aranjirovka''' (frans. arranger -tartibga solish) —– 1) musiqa asarini aslida nazarda tutilmagan o‘zga cholg‘u asbobi (yoki asboblar), xonanda (yoki xo-nandalar) ovoziga moslash; mas, operani fortepiano jo‘rligida ijro etish, or-kestr uchun mo‘ljallangan asar (simfo-niya)ni bir yoki bir necha fortepiano uchun A. qilish va h.k.hokazo Muallif mo‘ljallagan musiqa asbobining o‘zida asar ijrosini osonlashtirishi ham A. deyiladi; 2) jaz yoki estradada —– bevosita ijro jarayo-nida kiritiladigan va ijroning uslubi bilan bogliq turli (garmonik, fakturali) o‘zgarishlar; 3) o‘zbek xalq ijrochiligida keng o‘rin olgan ashula yo‘llarini cholg‘u kuylar sifatida ijro etish (mas, Surnap yo‘llari) va cholg‘u kuylarini ashulalash-tirish ("Munojot", "Cho‘li Iroq", "Na-srulloyi" ashula yo‘llari kabi) jarayoni A.ga yaqin.