Asal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 8:
| caption2 = Asal kataklari
}}
'''Asal''' yoki '''bol'''  ishchi asalarilar oʻsimliklar gulidagi shira ([[nektar]])ni organizmida qayta ishlash yoʻli bilan hosil qiladigan shirin suyuqlik. Asalarilar asalni uya kataklariga oʻzlari uchun oziq qilib gʻamlaydi. Asal oʻz tarkibiga koʻra nektardan farq qiladi. Asalda 80 % dan koʻproq [[uglevodlar]] ([[glukoza]], [[fruktoza]]), 0,4 % [[kul]], 13  20 % [[suv]] boʻladi. Asalda [[odam]] uchun foydali moddalarning 70 dan ortiq turi bor. Shuningdek, asalda mineral moddalar: [[kalsiy]], [[natriy]], [[kaliy]] va boshqalar; mikroelementlar, organik kislotalardan [[olma kislotasi|olma]], [[limon kislotasi|limon kislotalari]], [[vitaminlar]] (V2, V6, RR, C, E, K) borligi aniqlangan. Tabiatdan olinish manbaiga koʻra [[gul]] (nektar) va shira (oʻsimlik barglari va poyalaridan ajraladigan shira) asaliga boʻlinadi. Guldan olingan asal ham oʻsimlik turiga qarab beda, yantoq, kungaboqar, gʻoʻza va boshqalarga ajraladi. Asal oʻzining taʼmi, hidi, rangi jihatidan, shuningdek qaysi faslda qanday oʻsimlik gulidan yigʻilganligiga va joyi (togʻ, oʻrmon, vodiy)ga qarab ham farqlanadi. Eng yaxshi asal  togʻ asali, chunki u turli dorivor gullardan yigʻiladi. Oq akatsiya, beda, olma, shaftoli va boshqa oʻsimliklar gulidan toʻplangan asal ham sifatli, oftob kam tushadigan oʻrmon gullari va yetishtirishda turli zaharli dorilar sepiladigan texnika oʻsimliklari, masalan, kanopdan olingan asal ancha sifatsiz hisoblanadi. Asal mumkataklardan maxsus asalajratkich moslamalar bilan ajratib olinadi. Asal qimmatli oziq-ovqat mahsuloti, uning 1 kilogrammida oʻrtacha 3200 [[kaloriya]] energiya bor. Asaldan [[tibbiyot]]da qadimdan dori-darmon sifatida foydalanilgan. Hozir [[farmatsevtika]] sanoatida turli dori-darmonlar ishlab chiqariladi. Asalning oʻzi turli kasalliklarga parhez va davo vositasi tarzida beriladi. XX asrning 60-yillaridan boshlab tibbiyotda asal bilan davolash usullari  [[apiterapiya]] shakllandi. Asal oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.
 
Barra asal namligi 18-19% va [[pH]] 3-4 boʻlib, yopiq idishda suvdan va havo namligidan saqlansa, bir necha yuz yil aynimaydi.<ref>{{cite web|url=http://www.newton.dep.anl.gov/askasci/gen01/gen01338.htm|title=Honey and Spoilage|publisher=NEWTON Ask A Scientist!|date=2/19/2003}}</ref> Biroq asal vaqt oʻtishi bilan [[kristallanish|kristallanib]], qotib qolishi mumkin; bunda uni suyuqlashtirish uchun kuchsiz qizdirish kerak.<ref>{{cite web|url=http://www.beesource.com/resources/usda/honey-composition-and-properties/|title=Honey Composition and Properties|publisher=Bee Source|accessdate=3-may 2013}}</ref>
 
== Manbalar ==
{{reflistmanbalar}}
 
== Adabiyotlar ==