Avtomobil yoʻli: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Avtomobil yo‘li''' – avtomobil transporti qatnoviga mo‘ljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yoʻli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarga bo‘linadi. Xalqaro Avtomobil yoʻli ga mamlakatlar-nimamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bog‘lovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yo‘llarga yirik sanoat markazlari, muhim temir yoʻl stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan bog‘lovchi yo‘llar, mahalliy yo‘llarga esa viloyat, qishloq, jamoa xo‘jaliklari yo‘llari kiradi. Avtomobil yoʻli muhandislik in-shootiinshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi: yer poyi ko‘tarmasi; yo‘l to‘shamasi; qatnov qismi; yo‘l cheti; sun’iy va chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar. Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq ko‘tarmasi, asos va qoplamalardan iborat. Asos (o‘rta qatlam) qum, shag‘al, tosh, shlak va shahrik. material-133lardanmateriallardan qilinadi. Avtomobil yoʻlining ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama xillari ish-latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shag‘al sochilgan past navli qoplamalar; b) qoramoy shimdirilgan shag‘al yoki may-dalangan tosh yotqizilgan qoplamalar; v) maydalangan tosh va shag‘alga qoramoy aralashtirilgan yengil qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-beton singari kapital qoplamalar. Yo‘llarning ken-gligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator bo‘lib yurishiga imkon beradi. Bir qatorniig kengligi 3 m gacha oli-nadi. Chekka yo‘llarning eni 2 – 2,5 m bo‘ladi. Harakat qulayligini ta’minlash maqsadida ba’zan yo‘lning o‘rtasi ma’lum kenglikda ko‘kalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoʻli qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar, ko‘priklar, tayanch devorlar, himoya yo‘laklari) barpo etiladi. Avtomobil yoʻlida suv o‘tkazuvchi va drenaj qurilmalari bo‘ladi. Harakat xavfsizligini ta’min-lash uchun yo‘l belgilari, ko‘rsatkichlar, himoya vositalari va transport oqimini boshqarish qurilmalari o‘rnatiladi. Shuningdek, Avtomobil yoʻlida texnika xizmati ko‘rsatuvchi stansiyalar, yonilg‘i stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon standartlari bo‘yicha Avtomobil yoʻlilari mamlakat umumiy transport tarmog‘idagi ahamiyati va hisobiy harakat jadalli-giga ko‘ra besh toifaga bo‘linadi. Eng yuqori (I) toifadagi avtomobil yo‘lida har ikkala yo‘nalishda o‘rtacha sutkalik harakat jadalligi 7000 dan ko‘proq avtomobilga, hisobiy tezlik 150 km/so-atga, eng past toifadagi yo‘lda harakat jadalligi sutkasiga 100 ga yaqin avto-mobilgaavtomobilga va hisobiy tezlik 60 km/so-atga mo‘ljallanadi. Xalq xo‘jaligida avtomagistrallarning ahamiyati katta. Jahondagi Avtomobil yoʻlilarining umumiy uz. 20,8 mln. km (qattiq qoplamalilari 14 mln. km dan ortiq, 1990). Qattiq qoplamali Avtomobil yoʻli uzunligi (ming km) AQShda 6243 (1986), Buyuk Britaniyada 356, Fransi-yadaFransiyada 741, Germaniyada 496, Yaponiyada 782, Hindistonda 759 (1990). 20-asr boshida O‘zbekistonda 27 ming km yo‘l bo‘lib, asosan ot-arava, karvon va yo‘lovchilarga mo‘ljallangan, shundan faqat 2 ming km ga shag‘al yotqizilgan edi. 1920 yilga qadar yo‘l ishlari bilan munta-zam shug‘ullanadigan davlat tashkiloti bo‘lmagan. 1922 yil noyabrda Turkiston mahalliy transport boshqarmasi, 1925 yil iyunda viloyat yo‘l boshqarmalari tash-kiltashkil etildi. Boshqarmalar viloyat yo‘l qurilishi va ulardan foydalanishga oid masalalar bilan shug‘ullangan. 1932 yildan yo‘l qurilishida bitum va shag‘al aralashmasi keng qo‘llanildi. 1928 – 32 yillarda respublikada birinchi bo‘lib uz. 62 km bo‘lgan qora qoplamali Buxoro – G‘ijduvon – Qiziltepa yo‘li, so‘ngra Samarqand – Panjakent, Toshkent – Pskent – Murotali, Qo‘qon – Sho‘rsuv – Andijon – Kuyganyor va boshqa yo‘llar qurildi.1929 yilda Respublika XKS huzurida yo‘llar va avtomobil trans-porti bosh boshqarmasi, 1930 yilda "O‘zyo‘lqurilishtrest" aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 1941 yil gacha uz. 708 km bo‘lgan Katta O‘zbekiston trakti, hashar yo‘li bilan To‘ytepa – An-grenAngren, Samarqand – Jizzax – Navoiy, Farg‘ona – Gorchakova kabi qoplamasi yaxshilangan yo‘llar qurildi. 1953 yil O‘zbekiston Avtomobil transporti va-zirligivazirligi hamda O‘zSSR MS huzuridagi yo‘llar bosh boshqarmasi negizida O‘zbekiston Avtomobil transporti va tosh yo‘llar vazirligi tashkil etildi. 1950 – 55 yillarda Zarafshon Avtomobil yoʻli, 1957 yil Toshkent – Qo‘qon (Qamchiq dovoni orqali) Avtomobil yoʻli foydalanishga topshirildi (uz. 240 km). 1957 yil respublika avtomobil yo‘llari tarmoqlari ro‘yxati o‘tkazildi.60-80-yillarda Toshkent – Chi-nozChinoz, Toshkent avtomobil halqa yo‘li, Samarqand halqa yo‘lining 1-navbati, Nurota – Boymurot – Oqtov, Qo‘qon ay-lanma yo‘llari va boshqa foydalanishga top-shirildi. Yo‘l qurilishida yangi mashina va mexanizmlarni qo‘llash kengaydi, yo‘l qurish industriyasining asfalt-beton, 134ko‘priklar qurish uchun yig‘ma temir-be-tonbeton konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalari ishga tushirildi. 80-yillarning 2-yarmidan xalq xo‘jaligida yuklarning 90% dan ko‘prog‘i avtomobil trans-portidatransportida tashildi.Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda qurilgan Avtomobil yoʻlilari xalqaro andozalar ta-lablariga to‘liq javob bermagan.Respublika mustaqillikka erishganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning ichki va tashqi transport kommunikatsiyasi, jum-ladan avtomobil yo‘llarini zamonaviy asosda rivojlantirish konsepsiyasiga binoan Ko‘shni davlatlar va Jahon okea-niga chiqishni ta’minlaydigai eng qisqa va ishonchli transport yo‘llarini bar-po etish, mavjud avtomobil yo‘llarini xalqaro andozalarga moslash. yo‘llarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo eti-layotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan bog‘laydigan yo‘llar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi. 1992 yil 3 iyulda "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 1993 yil fevralda O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini qurish va undan foydalanish davlat-ak-siyadorlikaksiyadorlik konserni ("O‘zavtoyo‘l") ish boshladi (1969 – 1993 yillarda vazirlik). Konsern tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari boshqarmalari, 154 tuman avtomobil yo‘llari boshqarmalari, 512 yo‘llarni asrash va ulardan foydalanish bo‘limlari, "O‘zyo‘lloyiha" yo‘l va insho-otlarinshootlar qurish, qayta qurish va ta’mirlash loyiha-qidiruv instituti, ko‘prik temir-be-ton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalar bor.O‘zbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon – O‘sh – Ergashtom – Kashqar avtomobil yo‘lini ishga tushirishda qatnashmoqda (2000). Respublikaning o‘zida Farg‘ona vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq dovoni (tonnel) orqali bog‘laydigan yirik Avtomobil yoʻli hamda Qo‘ng‘irot – Beynov avtomagistrali qurilishi jadal olib borilmoqda, umumiy uzunligi 1250 km dan ortiq bo‘lgan Andijon–Toshkent–Nukus–Qo‘ng‘irot avtomagistrali qurilishi loyihalashtirilmoqda (2000). Respublika rivojlangan yo‘l xo‘jaligi va zamonaviy talablarga ja-vobjavob beradigan xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomo-bilavtomobil yo‘llariga ega. Mamlakatdagi avto-mobil yo‘llarining jami uz. 146,4 ming kmdan ortiq. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarining uz. 43,4 ming km, jumladan 3237 km xalqaro, 18767 km davlat (respublika), 21459 km mahalliy (viloyat) ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘ldir. Shuningdek respublika idoralar (korxo-na, jamoa xo‘jaliklari, xo‘jalik tashki-lotlaritashkilotlari)ga qarashli yo‘llar ham mavjud.O‘zbekistonda umumiy foydalanuvdagi jami yo‘llarning 95,6% iga qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan se-ment-beton qoplamali yo‘llar 0,8% (336 km), asfalt-beton qoplamali yo‘llar 49,6% (21819 km), qora shag‘alli va qora qoplamali yo‘llar 40,6% (17796 km)ni tashkil etadi (1999). Respublikada 1864 km Avtomobil yoʻli 1-toifali yo‘lga kiradi.Murodullo Abdullayev, Vohid A’za-mov.
 
== Adabiyotlar ==