Axloq: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi |
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB) |
||
Qator 1:
'''Axloq'''
Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim o‘rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan
== Axloq va din ==
Axloqning shakllanishida va uning ijtimoiy o‘rnida dinning ahamiyati katta. Dinning asosiy maqsadlaridan biri, insonga yomonlikning zararlarini bayon qilish hamda yomon yo‘lga kirib ketganlarni to‘g‘ri yo‘lga daʼvat etishdir. Dinlarda to‘g‘ri yo‘lga chorlash, umuman yaxshilik va yomonlik tushunchasi turlicha bo‘lishi, hatto bir-biriga zid kelishi mumkin. Zardushtiylikning muqaddas kitobi [[Avesto]]da yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda bilan yomonlik va yovuzlik xudosi Axramaynu o‘rtasidagi kurash abadiy davom etadi, axloq bu kurashning ifodasidir, degan g‘oya ilgari suriladi. Xristianlik, yahudiylik va boshqa dinlarda ham yaxshilik va yomonlikning o‘z ifodasi bor. Islomda, uning muqaddas kitobi [[Qur’oni Karim]]da axloq masalasiga alohida eʼtibor berilgan. Qur’oni Karim bajarishga buyurgan yaxshi xulqlarga insonlar amal qilishsa, o‘zlari uchun katta baxtga sazovor bo‘ladilar. Qur’oni Karimda to‘g‘ri yo‘lga yurishlik istiqomat (o‘zini o‘zi isloh qilish) tushunchasida ifodalangan. Qur’onda istiqomatda bo‘lganlarga, yaʼni o‘z-o‘zini isloh qilganlarga katta vaʼdalar berilgan: „Kim bunday jabru zulmidan keyin tavba qilib, o‘zini tuzatsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qilar“ („Moida“ surasi, 39-oyat). Istiqomat gunoh ishlarni qilib qo‘yganlar uchun qalbini poklash sari umid tug‘diradi va ularni noumidlikdan qutqarib yangi saodatli hayotga chorlaydi. Islomda oliyjanob axloqning eng muhim tushunchalari taʼriflanib, insoniyatni ularga amal qilish sari undaladi. Bular
{{stub}}
|