Mikroneziya Federativ Shtatlari — versiyalar orasidagi farq

k
qisqa izoh tahrirlanmadi
(qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3))
k
{{Mikroneziya_info}}
{{Maʼnolari|Mikroneziya (maʼnolari)}}
'''Mikroneziya''' (Micronesia), Mikroneziya Federativ Davlatlari, Mikroneziya Federativ Shtatlari (MFSH) (The Federated States Micronesia) — Tinch okeanning gʻarbiy qismida, Karolina o.lariorollari arxipelagida joylashgan davlat. Maydoni 702 km². Aholisi 134,6 ming kishi (2001). Ular, asosan, mikronezlar boʻlib, xristian diniga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — ingliz tili. Poytaxti [[Palikir]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 shtatga boʻlinadi. [[BMT]] aʼzosi
 
== Davlat tuzumi ==
MFSHMikroneziya — AQSH bilan "erkin uyushgan" davlat. Amaldagi kon-stitutsiyasi 1979 yil 10 mayda qabul qilingan, keyinchalik oʻzgarishlar kiritilgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1999 yildan Leo Folkam). U vitse-prezident bilan birga parlament tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — MFSH Kongressi (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
M.Mikroneziya orollari kelib chiqishi jihatidan marjon orollariga va vulkan otilishidan paydo boʻlgan orollarga boʻlinadi. Boksit va fosforit konlari bor. Iqlimi ekvatorial va subekvatorial iqlim. Oylik oʻrtacha temperatura — yanvarda 26°, iyulda 28°. Yogʻin yil davomida bir meʼyorda (2000–6000 mm) yogʻadi. Karolina o.lariorollari atrofida kuchli tropik dovullar boʻlib turadi. Tabiiy oʻsimliklari vulkan orollarida doim yashil tropik oʻrmon (palma, daraxtsimon qirqquloq, bambuklar), qisman savannalardan iborat. Marjon orollarida oʻsimlik kam. Jonivorlardan kalamush, koʻrshapalak, timsoh, ilon, kaltakesak, dengiz kushlari uchraydi.
 
== Tarixi ==
Tarixn. Hozirgi M.Mikroneziya davlatining xududi 17—19-asrlarda Ispaniyaga qarashli boʻlgan. 1889 yilda Germaniya Karolina o.lariniorollarini Ispaniyadan sotib oldi. 1914 yilda orollarni Yaponiya bosib oldi, Ikkinchi jahon urushida AQSH egalladi. 1947 yildan AQSH tomonidan boshqariladigan BMT vasiyligidagi hududga aylandi. 1978 yilda Karolina o.lariorollari AQSH bilan "erkin uyushgan" hudud maqomini oldi. Bu haqdagi shartnoma 1982 yilda imzolandi, 1986 yil 3 noyabrda kuchga kirdi va MFShga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berdi, ammo mudofaa, moliya va tashqi ishlar masalalarini AQSH ixtiyorida qoldirdi. M.Mikroneziya — 1991 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3 noyabr — Mustaqillik kuni (1991).
 
== XoʻjaligiIqtisodiyoti ==
Iqtisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi boʻlib, uning mahsuloti aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Mahalliy aholi baliq ovlash, kokos palmasi, banan, sitrus mevalar, shakarqamish, sholi yetishtirish bilan shugʻullanadi. Non daraxti, batat, taro ham ekiladi. Chorvachiligida asosan qoramol, echki, choʻchqa boqiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 226&nbsp;km. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Chetga kopra, hunarmandchilik buyumlari, baliq, kokos yogʻi chiqaradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari — AQSH, Yaponiya. Pul birligi — AQSH dollari. "Neshnl yunion" ("Milliy igti-foq", 1980 yildan), "Chuuk nyus kronikl" ("Chuuk yangiliklari xronikasi", 1983 yildan) gaz.lari nashr etiladi. MFSH ijtimoiy axborot boshqarmasi hukumat mahkamasi boʻlib, u mintaqaviy radiost-yaga ega. Har bir shtatda televideniye xizmati mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>