Ayniyat qonuni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: A.q. → {{subst:FULLPAGENAME}} (4) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Ayniyat qonuni''' - to‘g‘ri, mantiqiy fikrlashning muhim qonunlaridan biri. Ayniyat qonuni mantiq fani (formal mantiq)da o‘rganiladi. Ayniyat qonuni ham tafakkurning boshqa qonun va shakllari singari predmet, hodisalarning ma’lum ob’ektiv xususiyat va munosabatlarini aks ettiradi. Predmetlarning nisbiy mustaqillikka ega bo‘lish xususiyati, ma’lum davr ichida ma’lum muayyanlik-nimuayyanlikni saqlab qolishi, ma’lum aniq mazmun va shaklga ega bo‘lishi, boshqa narsalar-dannarsalardan farq qilib turishi inson tafakku-rida bir necha minglab yillar davomida qayta-qayta aks etishi jarayonida Ayniyat qonuni shaklida ifodalangan. Bu qonun bo‘yicha muhokamada, munozarada har bir fikr, har bir tushuncha o‘zining boshlang‘ich ma’nosini o‘zgartirmasligi, aynan saqlanib qolishi, aniq, ravshan bo‘lishi lozim. Ayniyat qonuni talablariga rioya etilmasa, fikrlash noaniq bo‘ladi, tushunchalar al-mashtirib yuboriladi, natijada tafak-kur ob’ektiv reallikni to‘g‘ri aks etti-ra olmaydi, haqiqatni bilib bo‘lmaydi. Faqat mantiqiy, tafakkur uchun xos bo‘lgan bu qonunning mazmunini keng ma’noda ishlatish, ob’ektiv reallikka ko‘chirish metafizikaga olib boradi. Bu qonun mantiqda A=A shaklida ifodala-nadi.
 
== Adabiyotlar ==