Bahouddin Naqshband: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Bahouddin Naqshband''', Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshbandal-Buxoriy (koʻproq Bahouddin yoki Xoja Bahouddin, Balogardon, Xoʻjai Buzruk, Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur) (1318 [[Buxoro]] viloyati, hozirgi Kogon tumani 1389) mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi.
 
== Tug'ilgan joyi va kelib chiqishi ==
 
U tugʻilgan qishloq Qasri Hinduvon (keyinchalik Bahouddin Naqshband sharafiga Qasri Orifon) deb atalgan. Uning oilasi va farzandlari toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. Lekin Bahouddin Naqshband Muhammad paygʻambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd etilgan va ota tomondan 11-chi11chi imom Imom Xasan al Askariyni ikkinchi o'g'li Sayyid Ali Akbarni avlodi hisoblanadi.<ref>[al-Kafi, by Muhammad Ya'qub Kulayni. Translated by Muhammad Sarwar. Chap. 124, Birth of Abi Muhammad al-Hasan ibn 'Ali, p.705]</ref><ref>[http://www.liquisearch.com/baha-ud-din_naqshband_bukhari/biography/lineage Baha-ud-Din Naqshband Bukhari - Lineage]</ref><ref>Dr.Annemarie Schimmels book “Pain and Grace: A Study of Two Mystical Writers of Eighteenth-Century Muslim India” BRILL, 1976, p.32</ref><ref>Tazkare Khwanadane Hazrat Eshan(genealogy of the family of Hazrat Eshan)(by author and investigator:Muhammad Yasin Qasvari Naqshbandi company:Edara Talimat Naqshbandiyya Lahore)p. 63</ref><ref>[https://www.ziaislamic.com/interface/Gulzar_auliya/5.html ZiaIslamic "Gulzar auliya"]</ref><ref>[https://fr-fr.facebook.com/DaroodEPakKiFazeelat/posts/374599002647160 Darood E Pak Ki Fazeelat]</ref><ref>[http://webcache.googleusercontent.com/search?q=cache:nia7sTjirh0J:http://baabeamoor.com/major-aulia-e-karam/hazrat-bahaauddin-naqshbandi-r-a/%2BBahauddin+Naqshband+syed+bulaq&newwindow=1&hl=ru&gbv=2&ct=clnk Baha-ud-Din Naqshband (R.A)]</ref><ref>[Frederic P. Miller, Agnes F. Vandome, John McBrewster "Baha-ud-Din Naqshband Bukhari" 2011, ISBN: 978-6-1341-5642-4]</ref> Otasi Muhammad Buxoriy toʻquvchi hamda oʻyma naqsh soluvchi (naqshband) boʻlgan. Bahouddin Naqshband taqdirida bobosi Sayyid Jaloliddin Buxoriyning alohida xizmati bor. U sufiylar bilan yaqin aloqada edi. Shu sababli nabirasida ilo-hiyotga katta qiziqish uygʻotdi.
 
== Pirlari ==
 
Bahouddin Naqshbandning birinchi piri ustozi Xoja Muham-mad Boboyi Samosiy edi. Keksa shayx yosh Bahouddin Naqshbandni tarbiyalashni oʻrinbosarlaridan boʻlmish Amir Sayyid Kulolga topshirdi. U tariqat bobida bilganlarini oʻrgatib boʻlgandan keyin shogʻirdiga ijozat beradi. Bahouddin Naqshband ilm istab, yas-saviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan boʻlmish Qusam shayx oldiga, Naxshab, yaʼni hozirgi Qarshi shahriga boradi. Uch oy undan taʼlim oladi. Bahouddin Naqshbandning bu pirga ixlosi baland boʻlgan, ayni chogʻda Qusam shayx ham uni oʻz oʻgʻlidek bilib, muridiga cheksiz hurmati tufayli umrining oxirigacha Buxoroda yashab, shu yerda vafot etadi. Bahouddin Naqshbandning deyarli butun umri Buxoro va uning atrofidagi qishloqparda sufiylik bilan oʻtgan. U ikki marta haj qilgan. Gʻaribona hayot kechirgan, faqat oʻz mehnati kimxobga naqsh (gul) solish bilan kun koʻrgan. Xizmatkor yoki qul saklashni gunoh deb bilgan.
 
== Ta'limoti ==
Bahouddin Naqshband xalq orasida "Balogardon" (yaʼni duo bilan baloqazoni daf qiluvchi) unvoni bilan ham mashhur. Oʻz taʼlimotini yaratishda Yusuf Hamadoniy va Abduholiq Gʻijduvoniy nazariyalariga asoslangan. Taʼlimotining asosida "Dil-ba yor-u, dast-ba kor" ("Koʻngil Xudoda boʻlsin, qoʻling mehnatda") degan shior yotadi.
 
== Dinga hissasi ==
Bahouddin Naqshband tasavvufdagi ilgarilari amalda boʻlgan qattiq talablarni bir qadar yumshatdi, moʻʼtadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Uningcha, Allohga institutilish koʻngil bilan amalga oshishi kerak. Qul esa ish mehnat bilan band boʻlaversin. Bahouddin Naqshbandning tarkidunyochilik qilmay, demakki, bu dunyo ishlaridan ochiq-oshkor qoʻl silkimay turib ham Allohga yetishish mumkinligi haqidagi gʻoyasi musulmon olamida tasavvufning juda keng aholi qatlamlari ichiga kirib bornshini taʼminladi.
 
== Nashband maqbarasi ==
Qator 21:
== Nashqbandni o'rganish ==
 
Bahouddin Naqshband haqida, uning taʼlimoti xususida, naqshbandiy shayxlar toʻgʻrisida talay asarlar yaratilgan. Birgina Oʻzbekiston FAFanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar xazinasining oʻzida naqshbandiyaga doir 195 kitob mavjud. Jumladan, Saloh ibn Muborak al-Buxoriyning "Anisu-t-tolibiyn va uddatu -s-solikiyn" ("Toliblar oshnasi va soliklar rahnomasi") asari (1383)da Bahouddin Naqshbandning hayot tarzi, kash-fu karomatlari va purhikmat soʻzlaridan namuialar beriladi. Bu asar "Ma-qomati hazrati Xojai naqshband" nomi bilan yuritiladi. Shu muallifning 4 qismdan iborat "Manoqibi Xoja Bahouddin Naqshband" ("Xoja Bahouddin Naqshban-dning taʼrif va tavsiflari") asari ham bor. Bulardan tashqari Bahouddin Naqshbandning suyukli xalifasi Xoja Muhammad Porso yozib qoldirgan bir necha asar orqali valiylikning taʼrifi, Bahouddin Naqshbandning tariqatdagi ilk davrlari, uning suhbatlari va hikmatli soʻzlari bilan tanishish, islom aqidasi, ibodat, shariat va tariqat ahkomlaridan baxramand boʻlish mumkin.
 
== Hozirgi kunda ==