Chirchiq (daryo): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 2:
[[Fayl:Chirchiq river near Chorvoq.JPG|thumb|250px|Chirchiq daryosi [[Chorvoq]] yaqinda]]
[[Fayl:Газалкентский гидроузел.JPG|thumb|250px|Gʻazalkent gidrouzeli (janubiy qismi)]]
'''Chirchiq''' (qad. nomi Parak, "Boburnoma"da Chir, keyingi kichraytirilgan nomi Ch.) — [[Toshkent viloyati]]dagi [[daryo]]. [[Sirdaryo (daryo)|Sirdaryo]]ning yirik oʻng [[irmoq|irmogʻi]]. Daryo havzasi jan.janubiy va sharqda [[Qurama tizmasi]] va [[Chatqol tizmasi|Chatqol togʻ tizmalari]], shim.dashimolida [[Talas Olatovi]] va uning gʻarbiy tarmoklari bilan chegaralangan. Gʻarbiy [[Tyan-Shan|Tyanshan togʻlari]]dagi qor va [[muzlik]]lardan [[Chatqol]], [[Koʻksuv]] va [[Piskom]] daryolari boshlanadi. 1971 yil gacha Ch. [[Chorvoq soyligi]]da Chatqol va Piskom daryolari qoʻshilishidan hosil boʻlar edi. Endilikda daryo Chorvoq suv omboridan boshlanadi va [[Chinoz]] qishlogʻi yonida Sirdaryoga quyiladi. Uz. 154&nbsp;km, havzasining maydoni 14240&nbsp;km². Ch. tez oqadigan tipik togʻ daryosi, togʻli qismida chuqur, tor va nishab oʻzanda tez oqadi. [[Ugom]] daryosi qoʻshilgandan soʻng Ch. vodiysi kengayadi. Ch. ga bir necha irmoqlar kelib quyiladi. Eng yiriklari Ugom daryosi va [[Oqsoqotasoy]]. Qolgan mayda irmoqlari (Qizilsuv, [[Shoʻrobsoy]], [[Ozodboshsoy]], [[Oqtoshsoy]], [[Tovoqsoy (daryo)|Tovoqsoy]], [[Qorangkoʻlsoy]], [[Oltinbeksoy]], va boshqalar)ning baʼzilari yoz va kuz oylarida qurib qoladi. Vodiyning tekislik qismida daryoga birorta ham irmoq qoʻshilmaydi. Ch. qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Suv sarfi [[Xoʻjakent]] qishlogʻi yaqinida 221 m³/sek., Chinoz qishlogʻi yonida 62 m³/sek. Eng koʻp suv sarfi 2160 m³/sek. (1959 yil 8 aprel) va 1452 m³/sek. ga (1914 yil 14 may) yetgan. Bunday katta suv sarfi Ch. daryosi uchun xos emas. Eng kam suv sarfi 22m³/sek. boʻlgan (1956 yil fevral). Ch. Sirdaryoga yiliga 164 m³/sek. suv quyadi. Suv oqimining 52,4% mart—iyun oylarida, 32,1% iyul—sentabr va qolgan 15,5% okt.—oktabr— fevral oylarida oqadi. Yanv.—fevralYanvar—fevral oylarida suvi kamayib, 52 m³/sek. dan oshmaydi. Ch.da loyqa oqiziqlar kam. Togʻlardan chiqib tekislik boʻylab oqqanda suvi koʻplab irrigatsion tarmoqlar orqali sugʻorishga olinadi. [[Zaxariq]], [[Boʻzsuv]], [[Qorasuv kanali|Qorasuv]], [[Shimoliy Toshkent kanali|Shimoliy Toshkent]] kabi kanallar Ch. daryosidan suv oladi. Daryodan gidroenergetikada ham keng foydalaniladi. [[Qodiriya]], Tovoqsoy, [[Oqqovoq]], Oqtepa, [[Salor]] va uchta Quyi [[Boʻzsuv GES|Boʻzsuv]], [[Chorvoq GES|Chorvoq]] (quvvati 600 ming kVtsoat, Gʻazalkent) [[GES]]lar kaskadi shular jumlasidandir. Ch. suvi, asosan, Toshkent viloyati hududidagi ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi (Ch. — Boʻzsuv sistemasi Oʻzbekiston hududida 100 ming gektardan ziyod yerni sugʻoradi), shuningdek, [[Toshkent]], [[Chirchiq]], [[Yangiyoʻl]], [[Gʻazalkent]] shaharlarini va koʻp qishloqlarni suv bilan taʼminlaydi. Ch. oʻrta oqimida uning oʻng sohilidagi terrasalarda Toshkent shahri joylashgan.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20Ch%20harfi.pdf Ch-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==