Gʻafur Abdumajidov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Gʻafur Abdumajidov''' (1928.28.6, Samarqand) – huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1987). Yuridik fanlari doktori (1983), prof.professor (1985). Toshkent yuridik institutini bitirgan. Respublika prokurori huzuridagi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchi (1951 yildan), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim, sektor mudiri (1961–66). Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy maktabi kriminalistika kafedrasi mudiri (1974 yildan). 1991–95 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshligʻining oʻrinbosari, 1995 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi. Abdumajidovning ilmiy faoliyati jinoyatlarni tekshirish nazariyasi va amaliyotining muammolariga bagʻishlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy komissiyasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni) loyihasini ishlab chiqishda qatnashgan. "Oʻzbekiston davlat va huquq tarixi", "Jinoyat huquqi" va boshqa darsliklar hammuallifi. [[Shuhrat medali|"Shuhrat" medali]] bilan taqdirlangan (1995).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==