Akbar Haydarov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Akbar Haydarov''', Akbarqori hofiz (1893.1.5, Margʻilon – 1964.13.2, Toshkent) – xonanda va sozanda (tanbur, dutor), Oʻzbekiston xalq hofizi (1939). Dastlab xonandalik yoʻllarini hamda dutor chertishni otasi Haydar hofizdan oʻrgangan; qorixonada qiroatni oʻzlashtirgan, keyinchalik katta ashula yoʻllarini tanbur chalish sirlarini oʻrgangan. Toshkentda yashab, Toʻychi hofiz, Shorahim Shoumarov, Abdusoat Vahobov, Ryzqi va Yunus rajabiylar va boshqa bilan birga "Sharqiya" kechalari, turli konsertlarda qatnashgan. 1927 yildan Oʻzbekiston radioqoʻmitasida ashulachi va sozanda. Moskvada oʻtkazilgan oʻzbek sanʼati dekadasi qatnashchisi, Katta Fargʻona kanali, Farhod GES, Chirchiq, Angren shaharlari, Kattaqoʻrgʻon suv ombori quruvchilariga, Ikkinchi jahon urushi davrida jangchilarga madaniy xizmat qilgan. 1930 yillarda Qayum Shobaratov bilan Toshkent Oʻrdasida "Nafosat" choyxonasini tashkil qilib, bu yerda mashhur hofiz, sozanda va qiziqchilarning chiqishlarini uyushtirgan.
 
Haydarov keng diapazonli, baland, nafis va tiniq "tenor" ovozga, ravon ijro uslubiga ega boʻlib, repertuaridan katta ashula ("Bir kelib ketsun", "Yovvoyi Ushshoq", "Adashganman", "Ey, chehrasi tobonim" va boshqalar), ashula ("YO, hayot annabi", "Suvora", "Girya"), Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari ("Bayot", "Ushshoq", "Fargʻonacha Shahnoz") va boshqa oʻrin olgan I.Ikromov H. uchun "Munojot", "Choʻli Iroq" kabi ashula yoʻllarini yaratgan. U koʻp yillar davomida Turgʻun Karimov bilan hamnafaslik qilgan. 1919 yil H. ijrosidagi "Poyezdingni jildirgan" qoʻshigʻi, 1930–50 yillarda ashula va yallalari gramplastinkaga, 1940 yillarda katta ashulalari V. Uspenskiy tomonidan notaga yozib olingan.<ref>Nasriddinov, Bahriddin. "Haydarov Akbar" ''[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20A20H%20harfi.pdf AH-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
==Manbalar==
{{manbalar}}
Qator 7:
{{OʻzME}}
{{stub}}
{{DEAFULTSORTDEFAULTSORT:Haydarov}}