Qoraqalpogʻiston: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB) |
||
Qator 77:
== Tabiati ==
Qoraqalpogʻiston Qizilqum choʻlining shimoli-gʻarbiy, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida. Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik boʻlib, qator tepa va qumli bar-xanlar (balandligi 75 m dan 100 m gacha) uchraydi. Alohida togʻ massivlari (eng
Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yogʻadi. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi janubda –4,9°, shimolida – 7,6°, iyulda janubida 28,2°, shimolida 26°. Yillik yogʻin 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 194–214 kun. Eng yirik daryosi–Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qadimdan sugʻoriladigan hudud sifatida maʼlum. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Nukus shahrida joylashgan suv xoʻjaligi boshqarmasi Taxiatosh gid-rouzeli, Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha boʻlgan (283 km) hududdagi daryoning barcha suv chiqarish inshootlarini nazorat qiladi. Oʻrta va yuqori oqimlarda daryo suvi sugʻorishga koʻp sarflanishi natijasida hozirgi Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi.
Qator 140:
== Tarixi ==
Qoraqalpogʻiston hududida odam soʻnggi paleolit davridan yashay boshlagan. Miloddan avvalgi 5-ming yillik – 2-ming yillik boshlarida aholi, asosan, Amudaryo deltasi va Orol, Kaspiy dengizlari yon atroflaridagi choʻllarda joylashgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida bu hududda sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi –6-asrlarda Qoraqalpogʻiston hududida qad. davlatchilik markazlari yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi 4-asrda Axomaniylar saltanati tarkibidan ajralib chiqqach, yagona qad. Xorazm davlati tashkil topdi. Qoʻyqirilgan-qalʼa, Oyboʻgʻir va Burliqalʼa shaharlari xarobalarini qazish vaqtida qad. yozma yodgorliklar (miloddan avvalgi 4-asrga oid), Qoʻyqirilganqalʼa va Oqshoxonqalʼada qad. tasviriy sanʼat va haykalta-roshlik yodgorliklari topildi. xorazmshoxdarning Tuproqqalʼa (milodiy 3– 4-asr boshlari) saroyi soʻnggi antik dav
Qoraqalpoqlarning eng qad. etno-genezi Amudaryo deltasi va OrolKaspiyboʻyi choʻllarida miloddan avvalgi 7–4-asrlarda yashagan sak-massaget qabilalari bilan bogʻliq. 6–8-asrlarda mahalliy aholi bilan turkiy qabilalar qisman aralashib ketgan. 8–10-asrlarda bijanak (pecheneg va oʻgizlar muhitida qoraqalpoq millati shakllana boshladi. Chingizxonning bosqinchilik harakatlari vohani choʻlga aylantirgan, Amudaryo quyi oqimi atroflarida yashagan aholining koʻplab koʻchib ketishiga sabab boʻlgan. Qoraqalpoqlar gʻarbga Oʻzboʻy, Volga va Ural tomonga koʻchib oʻtganlar. U yerda Oltin Oʻrda tarkibida boʻlganlar. Ular Rashiduddin asarida "qavmi kulohi siyoh" deb atalgan.
Qator 193:
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
2004/05 oʻquv yilda Qoraqalpogʻistonda 763 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatib, ularda 338 mingdan ziyod oʻquvchiga 36,1 ming oʻqituvchi taʼlim beradi. "Pro-T4-Sh gress" taʼlim va taraqqiyot markazi Oʻzbekistondagi 21-asr maktabining andozasi sifatida tan olindi. Oʻqitishning noanʼanaviy uslublaridan foydalanish, eng yangidarsliklar, oʻquv dasturlari, audio va videotexnikalarni qoʻllash oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrganishga yordam beradi. Uning filiallari Qoʻngʻirot, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli tumanlarida ochilgan. Oʻquvchilarning kompyuter savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor berilgan. 6 yoshdagi bolalarni kasbiy yoʻnaltirish va ularni maktabdagi oʻqishga tayyorlash maqsadida shahar va tuman xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida "Diagnostika markazlari" tashkil etilgan. 72 kasb-hunar kolleji, 5 akademik litsey bor. Bu oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 60,6 ming oʻquvchi oʻqiydi. Qoraqalpogʻistonda Qoraqatoq universiteti, Nukus pedagogika instituti hamda Toshkent tibbiyot pediatriya instituti bilan Toshkent agrar
35 ilmiy muassasa, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimiga qarashli 6 ta boʻlinma (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining tabiiy fanlar kompleks instituti, Bioekologiya instituti, Orolboʻyi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti, N.Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot instituti, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Qoraqalpogʻiston klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti), Botanika bogʻi ishlab turibdi.<ref name=":0" />
Qator 207:
Dostonlar qoraqalpoq folklorining asosiy janri boʻlib, 4 tur (qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, tarixiy dostonlar)ga boʻlinadi. Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston "Alpamis" dostoni. Shuningdek, "Yedige", "Qublon", "Qirq qiz" dostonlari mashhur.
Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi shoir Jiyen jirovning (1730–84) faoliyati muhim ahamiyatga ega. Oʻzining "Ulugʻ togʻ", "Poʻsgan yel" dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga koʻchib kelish tari-xini yozgan. Qoraqalpoqlarning turkistondan koʻchib kelishiga shoirning yana bir "Xush boʻling
20-asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotida sheʼriyat yetakchilik qildi. Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotining asoschilari A. Musayev, S. Majitov, K. Avezov, K.Yormanov, I. Fozilov, N. Dovqorayev, A. Begimov, J. Aymurzayev, D. Nazberganov, M. daribayev, A. Shomuratov, S. Qurbonniyozov va boshqalarning ijodida madaniyat va maʼrifat, taʼlim, mehnat, tabiat gi, ayollar tengligi niy masalalar asosiy boʻldi.
Qator 249:
Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2004 yil uchun 95559,4 ming AQSH dollari yoki 2003 yil darajasidan 50.2% ortiq. Jumladan. eksport 35160,5 ming AQSH dollari yoki 2003 n.darajasidan 45.2% ortiq; import 60398.9 ming AQSH dollari yoki 2003 yildarajasidan 53,3% koʻp.
2004 yilda tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmiga nisbatan asosiy ta.shqi savdo hamkorlari: Xi-toy – 33.4%. Yeyermaniya – 14,6%, Buyuk
[[Tasvir:Karakalpakstan districts numbered2.png|thumb|right|250px|Xarita]]
|