Naima Poʻlatova: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k PlanespotterA320 Poʻlatova Naima Qudratovna sahifasini Naima Poʻlatovaga koʻchirdi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Naima Qudratovna Poʻlatova''' (1939.4.6, Toshkent) — aktrisa, xonanda (soprano). [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (1997). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1958 yildan Muqimiy teatrida ishlaydi. P., asosan, lirik qahramonlar ijrochisi boʻlib, sevgi sanamlarining iztiroblari, ularning ichki kechinmalarini ham dramatik, ham musiqiy talqinda tomoshabinga mohirona yetkazish, onalarga xos mushfiqu-mehribonlik, bardoshlik, uning psixologik va dramatik holatini ifodalashda oʻziga xos ijrosi bilan ajralib turadi. Nurxon ("Nurxon"), Alima ("Momo yer"), Zulxumor ("Ravshan va Zulxumor"), Oyparcha ("No-dira"), Shirin ("Farhod va Shirin"), Xolisxon ("Paranji sirlari"), Gulruh ("Navoiy Astrobod-da"), Obida ("Mavlono Muqimiy"), Hayotxon ("Fargʻona tong otguncha"), Amal ("Guli siyoh"), Jamila ("Devona"), ona ("Mangu mashʼal", "Toʻydan keyin tomosha") kabi rollari bilan ta-nilgan. Xonanda sifatida "Munojot", "Aylanay", "Aqli raso boʻlsin", "Fi-gʻonkim", "Sevgi nidosi", "Qarshi gullari", "Otmagay tong", "Abdurahmonbegi" va boshqa mumtoz va zamonaviy qoʻshiklarni ijro etgan. Filmlar ("Kelinlar qoʻzgʻoloni", "Oʻzganing baxti", "Toʻylar muborak", "Karaxtlik", "Mehrobdan chayon" kabi)da ham suratga tushgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==