Farogʻat Rahmatova: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Farogʻat Rahmatova''' (1926.25.5, Qarshi) — aktrisa va xonanda. [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (1964). Konservatoriyaning tayyorlov kursini tugatgan (1944—45). Ijodiy faoliyatini Qashqadaryo teatrida "Yoriltosh" spektaklida Oymomo rolini ijrosi bilan boshlagan (1940). Keyinchalik Buxoro teatrida (Shirin, "Farhod va Shirin"; Muhabbat, "Davron ota"), Toshsovet nomidagi Yangiyoʻl teatrida (Oksana, "Qoʻchqor Turdiyev"; Guloyim, "Muqanna"; Zuhra, "Tohir va Zuxra", Guljon, "Nasriddin Buxoroda"; Oftobxon, "Oftobxon" va boshqalar)’ ishlagan. 1948 yil Toshsovet teatri Muqimiy teatriga qoʻshilgandan buyon, shu teatr aktrisasi. Teatr sahnasida rang-barang obrazlar yaratib elga tanildi: Sarvi (Uygʻun; M. Leviyev, "Oltin koʻl",) Oybarchin (S. Abdulla; T. Jalilov, "Alpomish"), Darijon (T. Sobirov; M. Yusupov, "Uch bahodir"), Sanam (A. Bobojon; M. Yusupov, "Aziz va Sanam"), Obidaxon (S. Abdulla; T. Jalilov, G. Mushel, "Mavlono Muqimiy"), Zulxumor (K.Komil Yashin; T. Jalilov, "Ravshan va Zulxumor"), Kumush (D. Fayziy, "Zarafshon qizi"), Risolat pari (H. Gʻulom; M. Leviyev, "Toshbolta oshiq"), Hayotxon (M. Ismoiliy; D. Soatqulov, "Fargʻona tong otguncha"), Ona (X. Rasul; M, Yusupov, "Muqaddas diyor"; R. Maʼdiyev; B. Lutfullayev, "Takdir"), Zubayda (R. Maʼdiyev; F. Olimov, "Devona") va boshqa Uning qaxramonlari hissiyotlarga boyligi, holatlarining anikligi, taʼsirchanligi, nozik oʻynoqi qochirimlari, oʻziga xos talqin1; bilan ajralib turadi. R. xonanda sifatida ham el orasida mashxur. "Diyorimsan", "Goʻzal", "Tuprogʻim mening", "Yoring unutma", "Yordan salom kelibdir", "Vafo qilsa", "Onajon", "Unutma", "Gul mavsumi", "Dugoh" kabi qoʻshiq va ashulalarning betakror ijrochisi. "Mehnat shuxrati" ordeni bilan mukofotlangan (1992).
 
Toshpoʻlat Tursunov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>