Muhammadsoli Yusupov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Muhammadsoli Abdullayevich Yusupov ''' (1955.11.1, Toshloq tumani) — aktyor, rej.rejissyor, pedagog . [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (1999). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik (1977) hamda rej.likrejissyorlik (1997) ftlarini tugatgan. 1977—78 yillar mazkur In-tda oʻqituvchi, 1979 yildan Fargʻona teatrida aktyor, rej.rejissyor (1995 yildan bosh rej.rejissyor). "Kulgi zarbi spektaklidagi Sulaymon qori uning sahnadagi ilk obrazidir. "Richard III" (U.Shekspir)dagi Gloster, "Farhod va Shirin" (S.Abdulla, B.Broviin)dagi Yosuman obrazlari talqin va ijro jihatidan yangicha uslubga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Yu. Qoʻchqor ("Temir xotin"), Diktator ("Hokimi mutloq"), Mamat ("Nurxon"), Buxenvald ("Bir oʻlikka bir tirik"), Asomboy ("Toshkentga sayohat"), Toʻxtamishxon ("Amir Temur va Toʻxtamishxon") kabi rollari bilan shuhrat qozondi. Qahramon ichki holatini ochib bera olish, milliy qiziqchilik sanʼati bilan yoʻgʻrilgan ijro uslubi ajralib turadi. Yu. kinoda Xolmat ("Bomba"), Qoʻchqor ("Masxaraboz"), Oʻqituvchi ("Oʻqituvchi"), videofilmda Solih mahdum ("Mehrobdan chayon"), telefilmda Afandi ("Afandining besh xotini") rollarini ham oʻynagan. "Kurort" (Oʻ.Umarbekov), "Oltin sirtmoq" (X.Toʻxtaboyev), "Amir Muzaffar" (I.Qobulov), "Osmonga sigʻmagan muhabbat" (Y.Sulaymon), "Sehrlangan parizod" (V.Rabadan), "Kampir topaymi, dadajon?" (A.Xursandov), "Tikansiz tipratikanlar" (Sh.Boshbekov), "Jonimning malhami" (O.Hakimov), "Amir Temur va Toʻxtamishxon" (T.Mirzo) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
 
{{stub}}