Shofirkon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 58:
}}
 
'''Shofirkon''' — Buxoro viloyati Shofirkon tumaniyaagi shahar (1995 yildan), tuman markazi (1926 yildan). Viloyat markazi (Buxoro)dan 40 km. Yaqin t.y.temir yoʻl stansiyasi — Qiziltepa (32 km). Aholisi 17 ming kishi (2004), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus, ukrain va boshqalar millat vakillari ham yashaydi.
 
SH. Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida yozilishicha , shahar nomi "Shopurkom", yaʼni Shopur qazdirgan ariq (kanal) soʻzlaridan kelib chiqqan. Keyinroq ariq yonida vujudga kelgan qalʼa ham "Shopurkom" deb atalgan deyiladi. shahrida oʻrta asrlarda savdo va hunarmandchilik rivoj topgan. Sh. haqida ayrim maʼlumotlar Mahmud ibn Valining "Bahr alasror" ("Geografiya") (17-asr) asarida ham keltirilgan. Ayniyning yozishicha, 19-asr oxirlari va 20asr boshlarida Sh. va uning atrofidagi qishloqlarni bir necha marta qum bosgan.