Antarktida: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB) |
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB) |
||
Qator 3:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Antarktida''' – Antarktika Janubiy kutb oblastining markaziy qismini egallagan materik. Maydoni 12,4 mln. km², 541shelf muzliklari va ular orqali mate-rikka tutashgan orollar bilan birgalikda 13,975 mln. km². Doimiy aholisi yo‘q. O‘rtacha balandligi 2040 m, eng baland joyi 5140 m (Elsuort tog‘idagi Vinson cho‘qqisi). Dengiz sohillarida ayrim ilmiy stansiyalar va dengiz hayvonlarini ovlaydigan bazalar bor. A. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining janubiy qismlari (Janubiy oke-an) bilan o‘ralgan. Qirg‘oq chizig‘i deyarli tekis va uz. qariyb 30 ming km, ko‘pincha bir necha o‘n m keladigan tik muz jarli-klaridan iborat. Materikka Ross va Ued-dell dengizlari ancha kirib turadi.Muz qoplami va relefi. A.ning 99% yuzasi qalin materik muzligi bilan qoplangan (taxminan 13,0 mln. km²). Muzning o‘rtacha qalinligi 1720 m, eng qalin joyi 4300 m. Muzliklarning hajmi taxminan 24 mln. km³. Yer sharidagi hozirgi muzliklarning maydoni jihatdan 87% A.dadir. Muzdan xoli yerlar voha ko‘rinishida uchraydi. Aksari kutbiy ilmiy stansiyalar shu vohalarda joylashgan. Muzliklar materikning markaziy qismidan atro-figa siljib, dengizga tushib boradi va ko‘pincha sinib aysberglar hosil qiladi. Mirniy stansiyasi yaqinida muzning yillik harakati 30 – 40 m dan 350 – 400 m gacha. Baʼzi joylarda muzliklarning uchlari dengizga o‘nlarcha km kirib boradi. Muz ostidagi relef chuqur bo‘lgan joylarda muz ayniqsa tez siljiydi. Eng yirik muzliklar Viktoriya Yeri tog‘ tizmasida-dir. Birdmor muzligining uz. 180 km, eni 15 – 20 km. Bir-biriga yaqin bo‘lgan muz tillari orasida siljimaydigan muzlar – shelf muzliklari hosil bo‘lgan. A.da 14 ta shelf muzligi bor (eng yirigi Ross muzligi – 488 ming km²); bu muzliklarning umumiy maydoni taxminan 900 ming km². A. relefi 3-Xalqaro geofizika yi-liga qadar yaxshi o‘rganilmagan edi. Ros-siya, Angliya va Amerika A. ekspeditsiyalarining ishlari natijasida A. yer yuzasi dengiz sathidan ("Polyus nedostupno-sti" stansiyasi yaqinida) 800 m, geofizik qutbda 1285 m (Amundsen-Skott stansiyasi) balandlikda, biroq Litl-Amerika – Berd stansiyalari oraligi dengiz sathidan 1000 m past ekanligi aniqlandi. Antar-ktida ekspeditsiyalarining maʼlumotiga qaraganda, muz qoplamining eng baland joyi taxminan 4000 m bo‘lib, Sovetskoye pla-tosi yaqinidadir. A. – yer yuzasi juda past-baland materik bo‘lib, juda ko‘p orollar bilan o‘rab olingan. Geologik tu-zilishi va relefi xususiyatlariga ko‘ra, A. Ueddell hamda Ross dengizlarining janubiy qismlarini birlashtirib turadi-gan chiziq bo‘ylab Sharqiy A. va G‘arbiy A.ga bo‘linadi.Sharqiy A.ning ko‘p qismi (butun ma-terikning taxminan 3/4 qismi) yaxlit bo‘lib, xdmma joyi deyarli bir xil. Kembriy davridan oddin paydo bo‘lgan zaminning kristalli jinslari (granit, gneys, kri-stall slanes) ustida ancha yosh cho‘kindi yotkiziklar (devon davridan trias davri-gacha paydo bo‘lgan jinslar) – qumtosh, ohaqtosh va slaneslar yotadi, bu yerlarda katta toshko‘mir konlari bor (Viktoriya Yeri). Boshqa foydali qazilmalardan te-mir rudasi, slyuda, mis, qo‘rg‘oshin, pyx, 20° Grinvichdan g‘arbga 0° Grnnvichdan sharqqa 20’ grafit va boshqa ham kad. jinslar bilan bog‘liq; Yer po‘stining si-nishi va yorilishi hamda yovdosh joylarning ko‘tarilishi va pasayishi Sharqiy A.ning hozirgi relefini hosil qilgan. Yer po‘sti yorilganda kuchli vulkanlar ot-ilib bazalt, tuf qoplamlari (Qirolicha Mod Yeri) va vulkan konuslarini hosil qilgan (Gaussberg tog‘i). Vulkan otilishlari hozir ham tingan emas (Ross o.dagi Erebus vulkani – 3794 m). Sohillarda muz qalqonini bir necha joyda tog‘ tiz-malari yorib chiqadi: Brittaniya (3209 m), Qirolicha Aleksandra tog‘i (4572 m), Markem tog‘i (4350 m), Nyu-Shvabenlend tog‘lari bor. G‘arbiy A. (Ross dengizining g‘arbiy sohilidan Greyam Yerigacha)ning ko‘p qismi tokembriy Antarktida platformasidan iborat bo‘lib, ancha key-in paydo bo‘lgan burmali tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan.Iqlimi. A.da sohillarini is-tisno qilganda, kontinental qutbiy 542iqlim hukmron: temperatura hamma vaqt 0° dan past bo‘ladi va yog‘in juda kam yog‘adi. Yer yuzasi muzlikdan iborat hamda baland bo‘lganidan havo massalari antitsiklon rejimini hosil qiladi. Yoz, kuz paytlarida materik chekkalarida siklonlar paydo bo‘lib, ichki
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
|