Chatqol tizmasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (6), Bal. 3 → Balandligi 3 using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Chatqol tizmasi''' - Gʻarbiy [[Tyan-Shan|Tyan shandagi]] togʻ tizmasi. [[Qirgʻiziston]] va [[Oʻzbekiston]] hududlarida. [[Fargʻona vodiysi|Fargʻona]] va [[Chatqol vodiysi|Chatqol vodiylarini]] birbiridan ajratib turadi. Jan.gʻarbdan shim.shimoli-sharqqa 220 km choʻzilgan. Shim.Shimoli-sharqiy qismida [[Talas Olatovi]]dan Terekbel dovonining gʻarbrogʻida ajralgan, jan.janubi-gʻarbda [[Chirchiq vodiysi]]da tugaydi. Balandligi 3000–3500 m, eng baland joyi 4503 m. Chatqol tizmasi da birbiridan daryolar bilan ajralgan bir kancha togʻ massivlari bor. Bulardan yiriklari [[Surenota]], Qizilnura, Uchtosh, [[Arashon]], [[Sargardon]], Qumbel va boshqa Chatqol tizmasi asimmetrik tuzilishga ega. Shim.Shimoliy va shim.gʻarbiy yon bagʻirlari [[Chatqol]] daryosi vodiysidan tik koʻtarilgan. Jan.Janubiy va jan.janubi-sharqiy yon bagʻirlari esa kiyaroq. Suvayirgʻich qismida koʻplab tik koʻtarilgan choʻqqilar bor. Yon bagʻirlari zich daryo vodiylari bilan kesilgan, denudatsion yuzalar tarqalgan.
 
Tektonik jihatdan gersin burmalanishi davrida shakllangan antiklinoriy. Hozirgi balandligiga bugungi kunlarda ham davom etayotgan yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Chatqol tizmasi, asosan, [[paleozoy]] davri choʻkindi, metamorfik, otqindi togʻ jinslari ([[slanetslar|slanets]], [[ohaktoshlar|ohaktosh]], [[granit]], [[granodiorit]], [[porfir]] va boshqalar)dan tashkil topgan. Etaklarida [[paleogen]], [[neogen]], [[Toʻrtlamchi sistema geologiyasi|toʻrtlamchi]] davr [[shagʻal]], [[gil]], [[konglomerat]], [[lyoss]] katlamlari uchraydi. Suvayirgʻich va unga yondosh qismlarida qad. [[muzlik]]lar qoldirgan muzlik yotqiziqdari (morenalar) ham tarqalgan. Iqlimi kontinental, kishi sovuq, yozi salqin, sernam. Yiliga 1000 mm dan ziyod yogʻin tushadi (gʻarbiy qismida yogʻingarchilik kamroq). Tuproqoʻsimlik qoplami balandlik mintaqalari boʻyicha togʻdasht mintaqasidan boshlanib, abadiy qorlar bilan qoplangan nival mintaqada tugaydi. Tizmaning etaklarida boʻz tuproqlar tarqalgan. Ularda [[lola (gul)|lola]], [[lolaqizgʻaldoq]], rang , [[qoʻngʻirbosh]], oq kavrak, [[bugʻdoyiq]], [[chalov]], [[betaga]], [[taktak]], [[boʻtakoʻz]], butalardan [[doʻlana]], [[togʻolcha|togolcha]], [[achchiqbodom]] va boshqa oʻsadi. Yuqoriroq qismlarida qoʻngʻir togʻoʻrmon, kashtan tuproqlarda baland boʻyli oʻtlar, tikanli [[bodom]], doʻlana, [[zirk]], [[archa]], [[yongʻoq]], [[qoraqaragʻay]], [[zarang]] , [[qayin]] va boshqa uchraydi. 3000 m balandlikda subalp, alp oʻtloqdari mavjud. TTGuningdek, [[mushukquyruq]], alp lolasi, [[yovvoyi piyoz]], kiziltikan, kavrak va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan [[qobonlar|qobon]], [[boʻrsiq]], [[olmaxon]]; tizmaning baland qismlarida [[kiyik]], [[qor qoploni]], [[silovsin]], [[boʻri]], [[ayiq]], [[tulki]] va boshqa; qushlardan [[kaklik]], [[kaptarlar|kaptar]], [[bulbul (qush)|bulbul]], [[qirgʻiylar|qirgʻiy]], [[lochin]], [[kalxatlar|kalxat]] va boshqa uchraydi.