Filadelfiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t.y. → temir yoʻl, i.ch. → ishlab chiqarish (3) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Filadelfiya''' - AQShning shim.shimoli-sharqiy qismidagi shahar, Pensilvaniya shtatida, Delaver daryosining quyi oqimida, Atlantika okeani soqilida joylashgan. Aholisi 1,5 mln. kishi (2002). Dengiz porti. Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. AQSH ning eng muhim sanoat, savdomoliya va madaniyat markazlaridan. Sanoati koʻp tarmoqli. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlikning turli sohalari: sanoat jihozlari ishlab chiqarish, aviatsiya, raketa-kosmik, harbiy, kemasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoatlari, nazoratoʻlchov priborlari, temir yoʻl vagonlari va lokomotivlar ishlab chiqarish Shuningdek, kimyo (jumladan, kimyofarmatsevtika, lokboʻyoq, neft kimyosi mahsulotlari ishlab chiqarish), neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, tikuvchilik, poligrafiya sanoatlari rivojlangan. Sellyulozaqogʻoz, oynashisha, toʻqimachilik, mebel sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten qurilgan. Teatrlar, muzeylar, nafis sanʼat akademiyasi bor. Shaharga 1682 yilda asos solingan. F.da 1776 yilda AQSH mustaqilligi eʼlon qilingan. 1790—1800 yillarda mamlakat poytaxti. Turizm rivojlangan. Harbiydengiz bazasi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->