Kiyev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 34:
ilovalar = |
}}
'''Kiyev''' — Ukraina poytaxti (1934 yildan). Yirik sanoat, madaniyat va fan markazi, qahramon shahar, Kiyev viloyati markazi. Dnepr daryosidagi port. Yirik temir yo'l, shosse va havo yoʻllari tuguni. Dnepr daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha tempaturasi–5,8°, iyulniki 19,5°, Shahar mayd.maydon 800 km{{sup|2}}. Aholisi 2635,3 ming kishi (1998).
 
Hozrigi Kiyev xududida bundan bir necha ming yil muqaddam dastlabki manzilgoxlar boʻlgan. "Kiyev" nomi 5-asr oxiri – 6-asr boshidagi uning afsonaviy asoschisi Kiy ismi bilan bogʻliq. Kiyev mil. 6–7-asrlarda sharqiy slavyanlarning polyan qabilasi markazi sifatida tashkil topgan. 882 yil Kiyev knyaz Oleg qoʻl ostiga oʻtdi va 1132 yilgacha Kiyev Rusining siyosiy, madaniy va savdo markazi. 1240 yil Kiyevni moʻgʻullar zabt etdi. 1362 yildan Litva va Polsha tarkibida. 1654 yilda Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olingan.
 
1917 yil oktabrda hokimiyatni Markaziy rada egʻalladi. 1918 yil 26 yanvarda Kiyevni kizil armiya bosib oldi. 1918 yil 1 martdan Kiyev avval nemislar, keyin denikinchilar qoʻl ostida boʻldi. 1920 yil lardanyillardan boshlab shaharning sanoat jihatdan ahamiyati oʻsa boshladi. 1941 yil sent.dasentabrda Kiyevni fashistlar Germaniyasi bosib oldi, 1943 yil noyabrda Kiyev ozod etildi. 1990 yildan mustaqil Ukraina poytaxti.
 
Mashinasozlik, shu jumladan, stanoksozlik, transport mashinasozligi, aniq priborsozlik, elektrotexnika va radioelektronika markazi. Yengil (shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Metropoliten ishlab turibdi (1960 yildan). Ukraina FAFanlar akademiyasi, 18 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), 15 teatr (shu jumladan, Ukraina opera va balet teatri), filarmoniya, qariyb 30 muzey (shu jumladan, [[Taras Shevchenko|T. G. Shevchenkoning]] adabiy-badiiy muzeyi, tarix, ukrain tasviriy sanʼat muzeyi, rus sanʼati, gʻarb va sharq sanʼati muzeylari, xalk, meʼmorligi va turmushi muzeyi, Kiyev tarixi muzeyi, arxeologiya, xalq bezagi sanʼati muzeylari, adabiyot va sanʼat arxiv-muzeyi, tibbiyot tarixi muzeyi va b.), respublika stadioni bor.
 
Kiyevda Sofiya sobori (11-asr; qoʻngʻiroqxonasi 17–19-asrlar), Oltin darvoza (11-asr), Vidubetsk monastiri (II-asr), Spas cherkovi (11-asr oxiri – 12-asr boshi), Kirill cherkovi (12-asr), Kiyev Pechera lavrasi (12–18-asrlar), Andreyev cherkovi (18-asr), Vladimir sobori (19-asr) saqlangan. 1947–54 yillarda shahar markaziy koʻchasi ansambli – Kreshchatik barpo etilgan. 60–80-yillarda Rusanovka, Obolon va boshqalar turar joy massivlari vujudga keldi. Babiy Yarda yodgorlik (1976), "1941–45 yillar urushi tarixi Ukraina davlat muzeyi" memorial majmuasi (1981) barpo etildi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>[[Tasvir:Kyjiv sofienkathedrale.jpg|right|thumb|250px|Sofianing maydoni]]