Praga: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 36:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Praga''' — Chexiyaning poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy vamadaniy markazi. Vltava daryosining har ikki sohilida. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental; yanv.ningyanvarning oʻrtacha temperaturasi 0°, iyulniki 19,2°. Yillik yogʻin 500&nbsp;mm. Aholisi 1,2 mln. kishi (2000). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Shahar tarixiy manbalarda 928 yildan tilga olingan. 10-asrdan Chexiya davlatining poytaxti. P. Yevropadagi yiriksavdo shaharlaridan boʻlgan. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin P.ning mavqei pasaygan. 19-asr oʻrtalaridan yirik sanoat shaxriga aylandi. 1918 yildan Chexoslovakiya Respublikasi poytaxti. 1939 yilda P.ni nemis fashistlari bosib olgan. 1945 yil 9 mayda ulardan ozod qilindi. 1993 yilgacha Chexoslovakiya poytaxti.
 
P. — xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. P. mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 1/10 qismini beradi. Mashinasozlikning turli sohalari: avtomobilsozlik,samoletsozlik, motorsozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoatlari rivojlangan. Kime, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Metropoliten qurilgan. FAFanlar akademiyasi, Musiqa sanʼati va Tasviriy sanʼat akademiyalari, un-tlaruniversitetlar, shu jumladan, Karl un-tiuniversiteti (1348), milliy muzey, milliy galereya, shahar mu-zeyi, 25 dan ortiq teatr va boshqa bor.
 
P.da 10—18-asrlarga oid meʼmoriy va tarixiy obidalar saqlangan. Vishegrad qalʼasi, gotika sobori (11 —16-asrlar), Qirol saroyi (12—18-asrlar), Belveder saroyi (16-asr) va kad. maydonlar bor. Yangi turar joy binolari, zamo-naviy mehmonxonalar va boshqa jamoat binolari qurilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>