Shanxay: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 38:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Shanxay''' — Xitoydagi shahar. Yanszi daryosi estuariysida, uning oʻng irmogʻi — Xuanpu daryosi boʻyida joylashgan. Mamlakatning aholisi eng koʻp shahri, dunyo boʻyicha ham oldingi oʻrinlarda. Atrofidagi hududlar bilan alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. Aholisi 13,1 mln. Kishi (1998). Sh. — Xitoyning yirik sanoat, transport va savdo markazi. Yirik dengiz va dare porti, mamlakat tashqi yuklarining yarmidan ortigʻi shu port orqali oʻtadi. Transport yoʻli, avtomobil yoʻllarining muhim chorrahasi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining deyarli 15% shahriga toʻgʻri keladi. Sanoat yalpi mahsulotining 50% ni ogʻir sanoat beradi. Mashinasozlik sanoati rivojlangan: elektroenergetika, neft, toʻqimachilik, konchilik, poligrafiya, qogʻoz va oziqovqat sanoatlari uchun jihozlar, elektr jihozlari, radio va elektronika apparaturalari, avtomobillar, dengiz kemalari, stanoklar, kino va fotoapparatlar, soat va boshqa ishlab chiqariladi. Tashqaridan keltiriladigan xom ashyo hisobiga kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar, kislotalar, plastmassa, sintetik smola, rezina, farmatsevtika buyumlari i.ch.ishlab chiqarish) rivoj topgan. Neft qayta ishlanadi. Jahondagi eng yirik toʻqimachilik sanoati markazlaridan. Oziqovqat, xususan, tamaki sanoati korxonalari ishlab turibdi. Hunarmandchilikda suyak, yogʻoch oʻymakorligi, tosh va metall buyumlar yasash, kashtachilik va toʻqimachilik rivojlangan. Yirik nashriyotlar, untlar, ped. intlariinstitutlari, Xitoy FAFanlar akademiyasi filiali, i.t. muassasalari, ilmiy jamiyatlar, rasadxona, kutubxonalar, muzeylar bor.
 
Shaharning markaziy qismi va asosiy sanoat rnlari Xuanpu daryosining chap sohilida. Markazdan jan. tomon shaharning tarixiy negizi hisoblangan qismi — Nandaoda meʼmoriy yedgorliklar, shuningdek, hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan.