Java (orol): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 16 × [[]]; +Turkum:Orollar; +Turkum:Janubiy-Sharqiy Osiyo using HotCat; -{{no iwiki}}
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Yava''' — [[Malay arxipelagi]]ning [[Katta Zond orollari|Katta Zond o.lari]] guruhidagi [[orol]], [[Indoneziya]] tarkibida. Mayd. 126,5 ming km². Yer yuzida aholi eng zich joylashgan hududlardan biri. Uz. 1000 km dan ziyod, qirgʻoqlari kam parchalangan. Relyefi, asosan, vulkan natijasida hosil boʻlgan togʻliklardan iborat, eng baland joyi 3676 m (Semeru vulkani). 100 dan ortiq [[vulqon|vulkan]] bor, ulardan 30 tasi harakatdagi vulkanlar. Teztez kuchli [[zilzila]] boʻlib turadi. Shim.Shimoliy sertepali allyuvial tekislik. Iqlimi subekvatorial, mussonli iqlim. Yillik yogʻin tekisliklarda 1000–1500 mm, togʻlarda 5000 mm dan ziyod. Daryolari sersuv. Doim yashil va barg toʻkuvchi [[tropik oʻrmonlar]], togʻ choʻqqilarida butazor va [[yaylov]]lar bor. Ya.ning sharqiy qismida savanna tipidagi oʻsimliklar oʻsadi. Bir nechta milliy bogʻlar tashkil etilgan. Tekisliklarda [[makkajoʻxori]], [[sholi]], [[qand lavlagi]] ekiladi. [[Kokos palmasi]], kauchuksimonlar plantatsiyalari bor. [[Neft]] qazib olinadi. Asosiy shaharlari: [[Jakarta]], [[Bandung]] , [[Surabaya]].