Obid Akramxoʻjayev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Obid Murodovich Akramxoʻjayev''' (1920.12.10 – Toshkent – 1996.15.9) – geolog olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1966), O‘zbekistonda (1964) va Qoraqalpog‘istonda (1964) xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, prof.professor, geol.-mineralogiya fanlari doktori (1959). O‘rta Osiyo industriya institutini tugatgan (1945). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Geologiya institutida katta ilmiy xodim, paleogeografiya laboratoriya mudiri (1950–57), Butunittifoq neft geologik-qidiruv institutining O‘zbekiston filiali direktori (1957– 59). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi a’zosi, Yer haqidagi fanlar bo‘limi raisi (1964–76) va 1970 yilgacha Fanlar Akademiyasi Ishlab chiqaruvchi kuchlarni o‘rganuvchi kengash raisi. O‘zbekiston Geogr. jamiyatining prezidenti (1976–90). 1959–88 yillarda Neft va gaz konlari geol. si va qidiruv ilmiy tadqiqot instituti direktori, 1988–89 yillarda shu institut ma’mu-riyati qoshida maslahatchi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti, Fanlar Akademiyasi Yer haqidagi fanlar bo‘limi raisi (1990–92), 1992 yildan FAningFanlar akademiyasining Neft va gaz geologiyasi, geokimyosi markazi rahbari. A.ning asosiy ilmiy ishlari neftgaz konlari litologiyasi, neft geol.si va geokimyosi, neft va gaz zaxiralarini oldindan hisoblashning hajmiy-genetik metodini ishlab chiqishga oid. A. rahbarligida va faol ishtirokida 1967 yilda Ustyurt geol.si va uning neft hamda gaz sohasidagi istiqboli to‘g‘risida 2 jildli monografiya nashr etildi. Oxirgi 20 yil ichida neft va gaz karbongidrogenlarining paydo bo‘lishi, ularning migratsiyasi, konlarning hosil bulishi va joylanish qonuniyatlarini o‘rganishga salmokli hissa qo‘shdi. Uning "Nigut g‘orining siri" ilmiy sarguzasht qissasi shu nomdagi to‘la metrajli badiiy filmga asos bo‘ldi. "Hayot saboqlari" esdaliklari (1995) nashr etilgan. Geologlarning xalqaro miqyosdagi bir qancha kongresslari qatnashchisi. Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri A. nomiga qo‘yilgan.As: Paleozoy va mezozoy qatlamlarining petrografik tuzilishi, T., 1960; Qoraqalpog‘istonda geologiya va neftgaz mavjudligiga doir ba’zi bir masalalar, T., 1962; Genezis nefti i gaza, M., 1967; Geologiya i metodi izucheniya neftegazonosnosti drevnix delt, M., 1986.Ad: Shayxov H., Zamin shaydosi, T., 1990.
 
== Adabiyotlar ==