Parij universiteti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: i.t. → ilmiy tadqiqotlar using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Parij universiteti''', Sor!bonna — Fransiyadagi yirik oʻquv va ilmiy markazlardan biri. 1215 yil cherkov maktabi negizida vujudga kelib, Yevropada birinchi dunyoviy universitet hisoblangan. Dastlab sanʼat, huquq, ilohiyot, tibbiyot fakultetlari boʻlgan. 1257 yil Parijning Lotin kvartalida Sorbonna deb atalgan kollej tashkil etilgan (asoschisi — R.De Sorbon nomi bilan bogʻliq). 17-asrda Sorbonna kolleji bilan Parij universiteti qoʻshilib, ularning har ikki nomi aynan ishlatila boshladi. Parij universiteti oʻrta asrlarda va 17-asrga kadar Yevropada ilohiyot va yurisprudensiya sohasida yirik oʻquv yurti va ilmiy markaz hisoblangan. 1793 yil Konvent qaroriga muvofiq universitet yopildi va 1806 yilda kayta tiklandi. A.Lavuazye, L.Paster, P.Kyuri, J.B.Perren, P.Lanjeven kabi mashhur olimlar faoliyati Parij universiteti bilan bogʻliq. 1970-yillarda Parij universiteti kayta tu-zilib, 13 mustaqil universitet tashkil etildi. Un-tUniversitet huquq va iqtisodiyot fanlari, tabiiy fanlar, adabiyot va ijtimoiy fanlar, tibbiyot, farmokologiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Un-tdaUniversitetda bir kancha ilmiy tadqiqotlar institutlari, markazlar, oliy maktablar, kutubxonalar mavjud. Un-tdaUniversitetda 250 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==