Fridtjof Nansen: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 1:
'''Fridtjof Nansen''' (1861.10.10 — Kristianiya (hozirgi Oslo) yaqinida — 1930.13.5) — norveg sayyohi, okeanograf, jamoat arbobi. 1880—82 yillarda [[Kristianiya universiteti]]da oʻqigan. 1897 yildan oʻsha universitetda zoologiya prof.professor, Peterburg FAFanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1898). 1888 yilda birinchi boʻlib changʻida [[Grenlandiya]]ning jan.janubiy qismini kesib oʻtib, uning ichki r-nlarirayonlari butunlay muz bilan qoplanganligini aniqladi. 1893 yil maxsus qurilgan "Fram" kemasida Shim.Shimoliy qutbni zabt etish maqsadida yoʻlga chiqadi va Shpitsbergen o.gacha yetib bordi. 1895 yilda N. ekspeditsiya qatnashchisi F. Ya. Iogansen bilan "Fram"ni tark etib, i.t.ilmiy tadqiqot oʻtkazish uchun qutb tomon yurdi, lekin 86°14’ shahrik.dan orqaga qaytishga majbur boʻldi.
 
"Fram"da okeanografik, meteorologik kuzatuvlar olib borildi, Shim.Shimoliy Muz okeani sayoz emasligi aniklan-di, suzib yurgan muzlar harakatiga [[Yer]]ning sutkalik aylanishi taʼsiri kashf qilindi. N. 1902 yilda Kristianiyada Markaziy okeanografik lab.laboratoriya tashkil etdi. 1913 yilda Shim.Shimoliy Muz okeani qirgʻogʻi boʻylab suzib, [[Yenisey daryosi]] quyilish joyigacha yetib bordi, undan Sharqiy Sibirning jan.janubiy qismi va Uzoq Sharqqa sayohat qildi. 1914—18 yillarda [[Millatlar ligasi]]ning harbiy asirlar masalasi boʻyicha Bosh komissari boʻlgan. N. nomiga Arktika va Antarktikada bir qancha obʼyektlar qoʻyilgan. Insonparvarlik faoliyati uchun N.ga Nobel Tinchlik mukofoti berilgan (1922).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==