Turkiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 51:
Turkiyada bepul majburiy oʻrta taʼlim joriy qilingan. Milliy taʼlim tizimi 3 qism (asosiy taʼlim, yordamchi taʼlim—kurslar va ochiq, yaʼni sirtqi taʼlim)dan iborat. Asosiy taʼlim maktabgacha tarbiya, boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim muassasalarini oʻz ichiga oladi. Yordamchi taʼlim oʻquv yurtlaridan tashqarida tashkil etiladigan kurslar faoliyatini qamrab oladi. 2002/03 oʻquv yili asosiy taʼlim tizimida 52692 taʼlimtarbiya muassasasi ishladi, jumladan maktabgacha taʼlim muassasalarida 320 ming bola tarbiyalandi, boshlangʻich maktablarda 10,3 mln., oʻrta maktablarda 3 mln. oʻquvchi, oliy oʻquv yurtlarida 1,7 mln. talaba taʼlim oldi, Yordamchi, yaʼni keng xalk, taʼlimi tizimida 3 mln. kishi mashgʻul boʻldi.
 
Boshlangʻich taʼlim (6—14 yoshdagi bolalar uchun) 8 yil Oʻrta taʼlim kamida 3 yillik boʻlib, oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim, kasbhunar va texnika taʼlimi berishga moʻljallangan. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar xususiy tarbiya tizimida oʻqiydilar. 2002/03 oʻquv yili bu tizimdagi 325 maktabda 19,4 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 2002/03 oʻquv yili Turkiya oliy taʼlim tizimidagi 76 unt, yuzlab int, konservatoriya, kasb oliy oʻquv yurtlarida 1 mln. 894 mingdan ziyod talaba oʻqidi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. Yirik untlari: Istanbul untiuniversiteti (1453), Anqara untiuniversiteti (1946), Oʻrta Sharq texnika untiuniversiteti (1956), Egey untiuniversiteti, Otaturk untiuniversiteti, Qora dengiz texnika untiuniversiteti, Bosfor untiuniversiteti, tibbiy mutaxassislar tayyorlanadigan Hojitepa untiuniversiteti.
 
Madaniyat vazirligi tizimida 1440 kutubxona va 92 muzey bor. Yirik kutubxonalar: Anqaradagi milliy kutubxona, Ankara va Istanbul untlari kutubxonalari, Anqaradagi TBMM kutubxonasi. Yirik muzeylar: Turk osori atiqa (arxeologiya va etn.) muzeyi (1923), Istanbuddagi Toʻpqopi saroyi (1927), Etn. muzeyi (1930), [[Sofiya ibodatxonasi|Ayo Sofiya ibodatxonasi]] muzeyi (1934).
Qator 77:
Turkiya hududida Qad. Sharq, Ellin, Rim, Vizantiya sanʼati yodgorliklari saklanib qolgan. Tasviriy sanʼat oʻrta asrlarda miniatyura janrida rivoj topdi. 16-asrda bu sanʼat gullab yashnadi. Badiiy toʻqish, gilamdoʻzlik, kandakorlik, yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. 17—18-asrlarda dastgoh rangtasviri yuzaga keldi. Zamonaviy tasviriy sanʼat 19-asrdan boshlab shakllandi. 1910-yillarda bir guruh rassomlar — Ibrohim Challi, Hikmat Oʻnat, Nomiq Ismoil, Avni Lifij, Fayxaman Duran Yevropada taʼlim oldilar hamda impressionizm va simvolizm yoʻnalishida asarlar yaratdilar. 1929 yil rassomlarning "Mustaqillar" nomli jamiyati, 1933 yil "D guruhi" tuzildi. Rangtasvirchilar Zaki Faiq, Izer, Nurullan Berk, Elif Nasi, Kemal Tollu, Abidin Dino va haykaltarosh Zuxtu Muridogʻli impressionizm yoʻnalishini tark etgan holda, yangi yoʻnalishni yaratdilar. Yangi usul anʼanaviy madaniyatning muhim elementlarini 20-asr Yevropa sanʼatining gʻoyalari bilan uygunlashtirishdan iborat edi. 1936 yil Istanbuldagi "Sanoyi nafisa maktabi" "Nafis sanʼatlar akademiyasi"ga aylantirildi. Turkiya rassomlik sanʼatida turli oqim va yoʻnalishlar rivojlangan. 1949—50 yillarda "Yangi guruh" deb nomlangan ijodiy guruh tashkil qilindi. Bu guruh "D guruhi"dan keyin eng mahoratli guruhga aylandi. Bu guruh rassomlari yangi usul va yangi texnik vositalar bilan eksperimentlar oʻtkazdi. Guruh aʼzolari 1955 yilgacha ijtimoiy hayot mavzularida ijod qildilar.
 
1950-yillarda Turkiya sanʼatida dastlabki abstrakt rassomlar ijod kila boshladi. Ular qatorida Adnan Koker, Lutfu Gunay, Semey Arel, Sabri Berkel kabi rassomlar boʻlgan. Murod Morova, Zohid Buyukishlayen, Ismat Doʻgʻon kabilar hozirgi davrning tanikli rassomlari hisoblanadi. Yangi asarlar 1977 yildan buyen har yili Istanbulda boʻlib oʻtadigan "Yangi tendensiyalar" deb nomlangan Sanʼat festivalida namoyish etiladi. Monumental haykaltaroshlik, grafika ham rivojlangan. Abstraksionizm yoʻnalishida Quzgun Ajar xalqaro tanlovlarda sovrinlar olishga sazovor boʻldi. Dastlabki haykaltaroshlik sohasidagi taʼlim chet el rassomlari tomonidan va chet el badiiy taʼlim intlarida amalga oshirilgan. 1937 yilda olmon haykaltaroshi Rudolf Belling Turkiya Davlat Badiiy akademiyasining haykaltaroshlik boʻlimini boshqargan, koʻp shogird tayyorlagan. U Istanbuldagi aksariyat mahobatli monumentlar muallifi. Haykaltaroshlik koʻrgazmalarining eng kattasi R. Belling boshchiligida Istanbul Texnika untidauniversitetida oʻtkazilgan.
 
20-asrning 2yarmida R. Bellingning shogirdlaridan Haqqi Atamulu, Yavuz Gorey, Komil Soʻnad, Ilxan Koʻman, Husayin Gezer va Turgut Pura abstraksionizm yoʻnalishida asarlar yaratishdi. Farid Oʻzshen, Salim Bugay, Merich Xizal, Ramzi Savash, Ayub Oʻz, Yunus Toʻnqush kabi haykaltaroshlar ham xalqaro koʻrgazmalarda qatnashib, Turkiya sanʼatini dunyoga tanitayotgan ijodkorlardir. Amaliy bezak sanʼati sohasida kulolchilik, gilamdoʻzlik, zargarlik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik gʻoyat rivojlangan.
Qator 101:
Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida oʻrmonchilikni tashkil etish va kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham oʻzining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish uchun Turkiya 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va boshqa texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saklash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991 yil 19 dekabr), madaniy aloqalar toʻgʻrisida hamkorlik bitimi (1993 yil 22 iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim (1995 yil 9 iyul) asosida rivojlanib bormoqda.
 
1993 yil Turkiyada Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkaziddi va unda respublikamizning 60 nafar madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etdi. 1994 yil oktabrda 48 kishidan iborat turkiyalik sanʼatkorlar guruxi "Turk dunyosi madaniyati va shodligi kunlari" doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Toshkent va Samarkand shahrilarida konsertlar berdi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent untiuniversiteti oʻrtasida malaka oshirish, tajriba va mutaxassislar almashish, qoʻshma konsertlar tashkil etish borasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan. Samarqandda oʻtkazilayottan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida turkiyalik sanʼat ustalari ham muntazam qatnashib kelmoqdalar. Oʻzbekistonda "Uzbekistan— Turkiya" doʻstlik jamiyati bu sohadagi ishlarga samarali hissa qoʻshmoqda.
 
Fan va texnika sohasida Oʻzbekiston Fan va texnologiyalar markazi bilan Turkiyaning fan va texnik tadqiqotlar kengashi oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Keyingi yillarda oʻzbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biol., ekologiya, qishloq xoʻjaligi. kabi sohalarda Turkiya ilmiy markazlari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.