Afgʻoniston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 56:
}}
 
'''Afgʻoniston''' — Afgʻoniston Islom Davlati — jan.janubi-gʻarbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik oʻrniga binoan Oʻrta Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Maydoni 652,2 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 25 mln. 782 ming kishi (2000). Poytaxti — [[Qobul | Qobul shahri]] Afgʻoniston maʼmuriy-hududiy tuzilishiga koʻra 31 viloyatga boʻlinadi. [[Eron]], [[Pokiston]], [[Xitoy]], [[Tojikiston]], [[Turkmaniston]], [[Oʻzbekiston]] bilan chegaradosh. Afgʻoniston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaraning uzunligi — 137&nbsp;km.
 
== Tabiati ==
[[File:Afg`oniston tabiati ko`rinishi.jpg|300px|right|thumb|Afgʻoniston tabiati koʻrinishi]]
Afgʻoniston hududining 4/5 qismini togʻlar va yassitogʻliklar egallagan. Shim.-gʻarbida Paropamiz, Safedkoʻh, Bandi Turkiston, shim.Shimoli-sharqida Hindikush togʻi tizmalari asosan kenglik boʻylab yoʻnalgan. Markazining asosiy qismini Hazorajat va Gʻazni-Qandahor yassitogʻliklari egallagan boʻlib, ularga gʻarb. va jan.janubiy tomonlardan boshqa togʻliklarning tizmalari qoʻshilib ketgan (Bandi Bayon, Chixilabadalon, Zang tizmasi, Koʻhi Xurd, Mazor va boshqa). Mamlakat hududining jan.janubiy va jan.janubi-gʻarbiy qismlari baland tekisliklardan iborat boʻlib, ularda Registon va Garmsir qumli hamda tosh va gilli Dashti Morgʻo choʻllari joylashgan. Botiqlarda koʻllar va shoʻrxoklar mavjud (Sabari, Puzak, Gaudi-Zira va boshqalar). Afgʻonistonning jan.janubi-sharqiy chegarasi boʻylab Sulaymon togʻlarining gʻarbiy tizmalari choʻzilgan. Afgʻonistonda foydali kazilmalar kam oʻrganilganiga qaramay, u yerda toshkoʻmir (Ish pushta, Kar kar, Darayi-Soʻf, Karux va boshqakonlar), tabiiy gaz (Xoʻja gugurtak), temir rudasi (Palangsor), xrom rudasi (Shadal ketkay), oltin (Argandab, Sanglech, Nuraba), berilliy (Darayi-Pech, Darayi-Nur), qoʻrgʻoshin-rux (Farinjol, Mirzaka), mis rudasi (Jigdalay), osh va tosh tuzlari, oltingugurt hamda qimmatbaho tosh konlari mavjud. Hirot va Bomiyon viloyatlarida maʼdanli suv buloqlari ochilgan. Afgʻoniston hududining katta qismi quruq subtropik iqlim mintaqasida joylashgan boʻlib, iqlimi kontinental. Yozi issiq va quruq (iyulning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 32—35&nbsp;°C, togʻlarda 10— 14&nbsp;°C), kishi iliq, togʻlarda sovuq (yanvar ningyanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 0ye dan 8&nbsp;°C gacha; — 30&nbsp;°C sovuqlar ham kuzatiladi, togʻlarda 0&nbsp;°C dan past, ayozli kunlar koʻp boʻladi). Yillik yogʻin miqdori shim.shimoliy hududlarda 170 – 280&nbsp;mm, choʻl hududlarida 40 – 50&nbsp;mm, togʻ yon bagʻirlarida 800&nbsp;mm gacha boradi. Yirik daryolari — [[Amudaryo]] va uning irmogʻi — Panj hamda Hilmand, Farrohrud, Herirud, Murgʻob va boshqa Qobul daryosi Hind okeani havzasiga quyiladi. Daryolarning suvlaridan sunʼiy sugʻorishda hamda elektr energiya hosil qilishda foydalaniladi. Mamlakat sugʻorma dehqonchilik hududlarida boʻz va toʻq boʻz tuproq hamda sur-koʻngʻir tuproklar tarqalgan. Katta qismini qumli tuproq egallagan. Asosan choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Shim.Shimoli-sharqiy va sharqiy qismlaridagi togʻlarda keng bargli (2000–2400 m li balandlikda) hamda ignabargli (3300 – 3400 m gacha boʻlgan balandlikda) oʻrmonlar mavjud. Afgʻonistonda yovvoyi hayvonlardan [[boʻri]], [[sirtlon]], [[tulki]], [[qoplon]], [[ayiq]], [[jayron]] va boshqalar uchraydi.
<gallery perrow="4" widths="150" caption="Galeriya">
File:Mountains in Afghanistan.JPG|Togʻli peyzaj
Qator 471:
[[File:Evstafiev-40th army HQ-Amin-palace-Kabul.jpg|thumb|300px]]
 
Hozirgi Afgʻoniston hududida miloddan avvalgi 1-mingʻ yillikda bir qancha mayda davlatlar boʻlgan. Baqtriya ularning eng kuchlisi edi. Ular uzoq asrlar davomida [[Axomaniylar]], [[Salavkiylar]], [[Arab xalifaligi]], [[G`aznaviylar]], [[Moʻgʻullar]], [[Temuriylar]], [[Boburiylar]], [[Safaviylar]] hukmronligi ostida boʻlgan. [[1747-yil]]da [[Ahmadshoh Durroniy]] [[Xuroson]], [[Seiston]], [[Sind]], [[Balujiston]], [[Panjob]], [[Kashmir]] va [[Balxni]], shuningdek [[Amudaryo]]ning soʻl sohilidagi ayrim hududlarni egallab, birinchi bor mustaqil Afgʻoniston davlatiga asos soldi. Lekin u [[1818-yil]]da bir qator xonliklar (Kobul, Qandahor, Hirot va Peshovar)ga boʻlinib ketdi. [[1825-yil]]da Kobul hokimi Doʻstmuhammad afgʻon yerlarini bir butun davlat qilib birlashtirishga harakat qildi, lekin bunga Angliyaning bosqinchilik urushlari toʻsqinlik qildi (1838 — 42, 1878 — 80 yillardagi urushlar). [[Angliya]] Afgʻonistonni oʻz mustamlakasiga aylantira olmadi, lekin [[1879-yil]]da tashqi siyosat uning nazorati ostiga oʻtdi. 19-asr oxiri — 20 — asr boshlarida Afgʻonistonda markazlashgan davlatni shakllantirish jarayoni yakunlandi. [[Birinchi Jahon urushi]]da Afgʻoniston oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. Qulay xalqaro sharoitning vujudga kelishi Afgʻoniston amiri Omonulloxonga 1919-yil 28-fevralda Afgʻonistonni mustaqil deb eʼlon qilishga imkon berdi. 1919 — 28 yillarda Omonulloxon mamlakatda qoloqlikni bartaraf qilish va ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. 1923 yilda Afgʻonistonning birinchi konstitutsiyasi eʼlon qilindi. 1929-yilda Angliya tomonidan uyushtirilgan isyon natijasida Omonulloxon taxtdan ketdi. Hokimiyatni muxolifat kuchlari rahbarlaridan biri, Bachai Saqo (amir Habibullo nomi bilan) egalladi va u barcha islohotlarni bekor qildi. Lekin shu yilning oʻzida Bachai Saqo hokimiyati agʻdarib tashlandi. Taxtga oʻtirgan Nodirshoh hukumati mamlakatni jadal rivojlantirish yoʻlini davom ettirdi. [[1933-yil]] taxtga uning oʻgʻli Muhammad Zohirshoh oʻtirdi. [[2 - Jahon urushi]] davrida Afgʻoniston betaraflikni saqlab qoldi. Urushdan keyingi yillarda davlat tizimini demokratlashtirish, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish uchun muxolifat harakati kuchaydi (1947, 1950 — 51 yillardagi chiqishlar, 1965 — 66 yil Kobul shahridagi namoyishlar). [[1973-yil]] 17-iyuldagi qon toʻkilmay oʻtkazilgan davlat toʻntarishi natijasida monarxiya tugatildi va mamlakat respublika deb eʼlon qilindi. Chuqur islohotlarni oʻtkazishga soʻz bergan Muhammad Dovud hukumati oʻz vaʼdasini bajarmadi. Mana shunday sharoitda [[1978-yil]]ning 27-aprelda yana davlat toʻntarishi amalga oshirildi. Hokimiyatga Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasining rahbari Nurmuhammad Taraqqiy boshchiligidagi kuchlar keldi va mamlakat Afgʻoniston Demokratik Respublikasi, [[1987-yil]]dan Afgʻoniston Respublikasi nomini oldi. N. Taraqqiy hokimiyati salkam bir yarim yildan keyin H. Amin tomonidan agʻdarildi, uning oʻzi oʻldirildi. Mamlakatda qirgʻinbarot boshlandi. Lekin H. Amin hokimiyati ham uzoqqa bormadi. U [[1979-yil]] 27-dekabrda agʻdarildi hamda hokimiyat avval B. Karmal, 1986-yildan Najibullo rahbarligidagi Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi va Inqilobiy kengash qoʻliga oʻtdi. [[1978-yil]] aprel toʻntarishidan keyin Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi mavjud sharoitni hisobga olmasdan amalga oshira boshlagan islohotlar afgʻonlarning asrlar davomida shakllangan anʼanalari va urf-odatlariga zid edi. Bu, ayniqsa, yerga egalik qilishda va undan foydalanishda, taʼlim tizimida hamda ayollarning jamiyatda tutgan oʻrnida yaqqol koʻzga tashlanar edi. Shuning uchun ham islohotlarning aksariyati xalqqa chuqur norozilik tugʻdira boshladi. Bu esa mamlakatdagi hamda Pokiston va Erondan boshpana toptan afgʻon muxolifat kuchlariga qoʻl keldi. Keyinchalik Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi yuqoridagi xatoliklarini tuzatishga harakat qildi. Lekin vaqt qoʻldan boy berilgan, mamlakat ichidagi nizolar chuqurlashgan edi. Mana shunday sharoitda Afgʻoniston hukumatini qoʻllab kelayotgan, shuningdek oʻz tashqi siyosatini kommunistik mafkurani dunyo boʻylab yoyish orqali taʼsir doirasini kengaytirish asosida qurgan SSSR qoʻshinlarining [[1979-yil]] 25-dekabrda. Afgʻoniston ga kiritilishi dunyodagi barcha taraqqiyparvar xalqlar tomonidan keskin qoralandi. Koʻp yillik urush mamlakatga 20 mlrd. dollar zarar yetkazdi. 1 mln. afgʻon halok boʻldi, 4 mln. kishi chet ellarga bosh olib ketdi. 1989-y, fevralda sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqib ketildi. [[1992-yil]] aprelda Najibullo hokimiyati agʻdarildi. Islomiy kuchlar hokimiyatni qoʻlga oldi. Shu yildan mamlakat Afgʻoniston Islom Davlati deb atala boshladi. Sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqib ketgandan keyin ham mamlakat juda muhtoj boʻlib turgan siyosiy tinchlik va iqtisodiy qayta qurish davriga oʻta olmadi. Mamlakatda ichki fuqarolar urushi boshlanib, u sovet bosqinchilaridan koʻra kattaroq vayronagarchilik olib keldi. „[[Tolibon]]“ harakatining oʻzaro kurashga qoʻshilishi Afgʻonistonda yangi vaziyatni vujudga keltirdi. Bu harakatning harbiy kuchlari 1994-yil kuzida dastlabki muvaffaqiyatga erishdi. [[1996-yil]] 27-sentabrda ular Kobulni ishgʻol qilib, prezident B. Rabboniy va G. Hikmatyor hukumati agʻdarib tashlanganini, mamlakatda shariat qonun-qoidalariga asoslangan „chin islom boshqaruvi“ joriy etilganini bildirdi. B. Rabboniy bilan Hikmatyor hukumati Mozori Sharifga borib oʻrnashdi. 1996-yil 27-sentabr kuni Afgʻonistonning sobiq prezidenta M. Najibullo sud qilinmay qatl etildi. [[1996-yil]] 10-oktyabrda mamlakat shimolida toliblarga qarshi koalitsiya tuzildi. Xinjon shahrida harbiy rahbarlar — Afgʻoniston R. Doʻstum, Afgʻoniston Sh. Masʼud, Afgʻoniston K. Xaliliy harbiy ittifoq haqida bitam imzoladilar va Oliy mudofaa kengashi (OMK) tuzdilar. OMK shim.dagishimolidagi 9 viloyatning oʻziga xos hukumati boʻlib, uning qarorgohi Mozori Sharif edi. Bu hukumat avvalgi barcha davlat tuzilmalari ishlay berishini, chet ellardagi diplomatiya va konsullik vakolatxonalari Afgʻoniston manfaatlarini himoya qilishini maʼlum qildi. [[1997-yil]] iyunida OMK tarqatilib, uning oʻrniga Afgʻoniston Birlashgan islom najot fronti tuzildi. Front toliblar bilan muzokara oʻtkazishga tayyor ekanini bildirdi. [[1997-yil]] oktyabrda „Tolibon“ harakati mamlakatning nomi Afgʻoniston amirligi deb oʻzgartirilganini rasmiy eʼlon qildi. 1999-yil oxirida toliblar mamlakat hududining 80 % dan ortigʻini nazorat qilar edi. Toliblar maʼmuriyatini 3 davlat: [[Pokiston]], [[Saudiya Arabiston]]i va [[Birlashgan Arab Amirligi|Birlashgan Arab Amirlik]]lari tan olgan. Jahon hamjamiyati prezident B. Rabboniy boshchiligidagi Afgʻoniston hokimiyatini hamon birdan-bir qonuniy hukumat deb tan oladi. [[BMT]] da ham B. Rabboniy hukumatidan vakil qatnashadi. Iqtisodiy raqobatchilik va etnik kelishmovchilik kabi omillar ham Afgʻonistondagi har xil jamoa va qabilalar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirdi. Soʻnggi 20 yil ichida boʻlib oʻtgan voqealar Afgʻonistonda kuch bilan hech nimaga erishib boʻlmasligini, faqat oʻzaro kelishuv natijasida tinchlikka erishish va mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarni qanoatlantiruvchi hokimiyat oʻrnatish mumkinligini koʻrsatdi<ref name=" Arlacchi">[http://rian.ru/defense_safety/20100607/243451823.html Deputat Yevroparlamenta Pino Arlakki (Pino Arlacchi): Segodnya imenno Rossiya i strani YeS yavlyayutsya glavnimi jertvami geroina, postupayuщego iz Afganistana]</ref>.
 
Afgʻonistonning yaqin qoʻshnilaridan boʻlmish Oʻzbekiston ana shularni eʼtiborga olib, Afgʻoniston muammosini tinch bartaraf etishga intilib keldi. [[Oʻzbekiston]] Respublikasi prezidenta [[Islom Karimov|I. Karimov]] [[1993-yil]] BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida bu mamlakatdagi chigal ahvolga jahon jamoatchiligining eʼtiborini qaratdi, [[1995-yil]] 50-sessiyada bu muammoni bartaraf qilish xususidagi takliflarini bayon etdi. 1997-yil Oʻzbekiston Respublikasi prezidenta Afgʻonistonga chegaradosh 6 mamlakat hamda AQSH va Rossiya ishtirokida muloqot oʻtkazish tashabbusi bilan chikdi. Shu tashabbus amalga oshib, „6+2“ guruhi tashkil etildi. Uning birinchi uchrashuvi oʻsha yil 16-okt.oktabr da [[Nyu-York]]da boʻldi. Nihoyat, [[1999-yil]] 19-iyulda Toshkentda shu guruhning navbatdagi uchrashuvi oʻtkazildi. Unda [[Eron]], [[Xitoy]], [[Pokiston]], [[Tojikiston]], [[Turkmaniston]], [[Oʻzbekiston]], shuningdek [[AQSh]] va [[Rossiya]] vakillari qatnashdi, BMT shafelik qildi. Unda Afgʻonistondagi nizolashayotgan tomonlar: „Tolibon“ harakati va Afgʻoniston Birlashgan fronti moʻtabar namoyandalari ishtirok etishi katta voqea boʻldi. Anjuman nihoyasida „Afgʻonistondagi mojaroni tinch yoʻl bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida“ Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi. Deklaratsiya „Tolibon“ bilan Birlashgan front oʻrtasida va ular b-i „6+2“ guruhi aʼzolari oʻrtasida bevosita muloqatni yoʻlga qoʻyishga asos boʻldi. BMT Xavfsizlik Kengashi „6+2“ guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlarini yuqori baholadi. Qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi BMT hujjati maqomini olgan. Afgʻoniston— 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Afgʻoniston oʻrtasida diplomatiya munosabatlari [[1992-yil]] oktyabrda oʻrnatilgan.
 
Asosiy siyosiy partiya va tashkilotlari.
Qator 483:
Afgʻoniston ozodlik islom harakati (Rahbari — [[Abdu Rasul Sayyof]]);<br />
Afgʻoniston milliy islom jabhasi (Rahbari — [[Sayid Ahmad Giyloniy]]);<br />
Afgʻoniston islom birligi partiyasi (Rahbari — [[Muhammad Haliliy]]). <br /> Ammo hozirgi kunda zikr etilgan partayalarning aksariyati Pokiston hududida joylashgan boʻlib, Afgʻoniston hududida esa „Tolibon“ harakati bilan Shim.Shimoliy Ittifoq qolgan. Shim.Shimoliy Ittifoq tarkibiga „Afgʻoniston islom jamiyati“, „Afgʻoniston islom birligi partiyasi“, „Afgʻoniston ozodlik ittifoqi harakati partiyasi“, „Afgʻoniston milliy islom harakati“ siyosiy partiyalari va ularga qarashli kuchlar kirgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Afgʻoniston — [[Agrar]] mamlakat. Uning xoʻjaligi koʻp ukladli. Mamlakatning shim.shimoliy viloyatlarida, Kobul atroflarida hamda Qandahor va Hirot viloyatlarida kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari bir oz rivojlangan. Afgʻoniston iqtisodiy jihatdan dunyoda eng qoloq va kambagʻal mamlakatlarning biridir. Yalpi milliy mahsulotning 4/5 qismi qishloq xoʻjaligida yaratiladi. Afgʻoniston iqtisodiyotining asosini sugʻorma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi tashkil etadi. Sugʻorma dehqonchilik [[Qunduz]], [[Ko`kcha]], [[Balx]], [[Daryoyi-Safed]], [[Murg`ob]] daryolarining vodiylarida rivojlangan boʻlib, u yerlarda bugʻdoy, arpa, sholi, joʻxori, paxta, kunjut, qand lavlagi yetishtiriladi. Nangarhar viloyatida sholi, joʻxori bilan bir qatorda shakarqamish, sitrus mevalari ham yetishtiriladi. Bogʻ va tokzorlarning asosiy qismi Qobul, Hirot, Argandab hamda shim.shimoliy va gʻarbiy viloyatlardagi daryo vodiylariga toʻgʻri keladi. Sabzavotchilik va polizchilik keng tarqalgan. Mamlakatda qishloq xoʻjaligiga yaroqli 17 mln. gektar yer boʻlib, uning 8 mln. gektari haydaladigan yerlardir. Sugorma yerlar 2,5 mln. gektarni tashkil etadi. Gʻallaning yalpi hosili 4 — 5 mln. tonna boʻlib, uning deyarli yarmi bugʻdoy, 1/6 qismi — arpa. Paxta (yiliga 200 ming t), sabzavot va poliz ekinlari (yiliga 200 ming t), uzum (yiliga 500 ming t), meva, zaytun (yiliga 150 ming t) yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻychilik asosiy oʻrin egallaydi. Qoʻylarning 1/4 qismi qorakoʻl qoʻylaridan iborat. Echkichilik, yilqichilik, tuyachilik ham rivojlangan. Parrandachilik xam mavjud. Sugorma dehqonchilik hududlarida pillachilik rivojlangan. Mamlakatda 3 mln.ga yaqin kishi koʻchmanchilik bilan turmush kechiradi.
 
Sanoat asosan mahalliy xom ashyoga asoslangan boʻlib, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan yengil va oziq-ovqat sanoati barpo qilingan. Elektr energiyasi Mozori Sharifdagi quvvati 36 ming kVt li, Kobul, Gulbahor, Qandahor, Hirot va Bagʻlondagi quvvati 2 ming kVt li issiklik elektr stansiyalarda hosil qilinadi. Kobul daryosida GES kaskadi (har biri 100 ming kVt li uchta va 15 ming kVt li bitta) mavjud, jan.dajanubida Hilmand daryosida (100 ming kVt gacha boʻlgan), uning irmogʻi Argandabda 15 ming kVt li, Qunduz daryosida 15 ming kVtli „Puli-Xumri“ elektr stansiyalar barpo etilgan. Shim.dagi sanoat (gaz, neft, koʻmir, tosh tuzi va boshqalar) korxonalari 1997 yilning oʻrtalarigacha mahsulot ishlab chiqardi. Kobulda metallsozlik, yogʻochni qayta ishlash, qurilish mate-riallari, ip gazlama, charm poyabzal korxonalari, Mozori Sharifda azot oʻgʻitlari zavodi, toʻqimachilik korxonasi, Puli-Xumrida sement zavodi, toʻqimachilik korxonasi, Jalolobod, Balx, Qandahorda jun gazlama fabrikasi, Aqcha-da charm poyabzal korxonasi mavjud. Oziq-ovqat sanoati korxonalari deyarli barcha shaharlarda joylashgan. Sanoat markazlari — Kobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot. Afgʻonistonda gilamdoʻzlik yaxshi rivojlangan. Balx, Jauzjon, Faryob, Badxiz, Hirot, Farroh viloyatlirida qoʻlda gilam toʻqiladi. Afgʻoniston chetga hoʻl va quruq mevalar, teri va charm, qorakoʻl, paxta, jun, gilam, moyli urugʻlar, shifobaxsh oʻtlar, tabiiy gaz chiqaradi. Chetdan turli mashina va jihozlar, neft mahsulotlari, shinalar, toʻqimachilik mollari, dori-darmon, tamaki, qand, choy, bugʻdoy, tayyor kiyimlar oladi.
 
Temir yoʻl transporti rivojlanmagan (bundan uzunligi 11&nbsp;km boʻlgan Kushka-Torgundi temir yoʻl istisno). Asosiy transport turi —avtomobil transporta. Avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 20 ming km boʻlib, uning 3 ming km asfaltlangan. Transport vositasi sifatida ot-eshak hamda tuyalardan keng foydalaniladi. Kobul va Qandahor shaharlarida xalqaro aeroportlar mavjud. Pul birligi — [[Afg`oni]].
Qator 499:
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Afgʻoniston hududida miloddan avvalgi 4 — 3 ming yillarda barpo etilgan Mundigak manzilgohi qoldiqlari saqlanib qolgan. Yunon-Baqtriya podshohligi davri meʼmorligi va sanʼatida ellinizm taʼsiri seziladi. Baqtra yaqinida, Bomiyon daryosi vodiysida 1 — 8- asrlarga mansub budda ibodatxonalari, ehrom va haykallari saqlanib qolgan. Bomiyon majmuining eng eʼtiborli qismi Buddaning qoyaga ishlangan bahaybat haykalidir. Bu davrda zargarlik, shisha va metalldan badiiy buyumlar yasash ham rivojlandi. Afgʻoniston oʻrta asrlar meʼmorligi va sanʼatida Eron hamda Turkiston meʼmorligi va sanʼati bilan oʻxshashligi koʻp. Gʻaznaviylar davri (977— 1186) dagi mahobatli binolarda ayvonlar, peshtoqlar paydo boʻldi. Istyohkom shaharlar, hashamatli saroylar, masjidlar, makbaralar qurildi. 12-asr meʼmoriy obidalaridan Gʻazna atrofidagi minoralar alohida ahamiyatga ega. Jom yaqinidagi minoraning ulugʻvorligi, mutanosibligi, undagi nafis naqshni meʼmorlik durdonasi desa boʻladi. Temuriylar hukmronligi davrida qurilish ishlari avj oldi. Shaharlar qurish doirasining kengligi, binolarning dabdabali shakllari, ularning bezaqdorligi — bu davr meʼmorligi va sanʼatining asosiy xususiyatidir. Hirotda katta qurilish ishlari olib borildi. Jome masjidi tiklandi, shahar atrofida bogʻlar, saroylar qurildi. Masjid, Madrasa, maqbara, minora va boshqalardan iborat kurkam Musallo majmuasi tashkil topdi. Balxdagi Xoʻja Abu Nasr Porso maq-barasi (15-asr) mashhur. 11 — 15-asrlarda amaliy-badiiy bezak sanʼati ravnaq toddi. Metall, yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, gilam toʻqish keng rivojlandi. Hirot, Qandahorda ishlangan patnis, latan, koʻza, shamdon, qalamdon, qurol-aslaxa, egar-jabduklar kurkam va nafis. Hirotning gilamlari oʻzining koʻp rangli geometrik va oʻsimliksimon naqshlari bilan mashhur. Bu yerda miniatyura sanʼati juda rivojlandi. Shoxrux va uning oʻgʻli Boysungʻur homiyligidagi kutubxonada Firdavsiyning „Shohnoma“, Nizomiyning „Xamsa“, Saʼdiyning „Boʻston“ kabi mumtoz asarlarini Turkiston va Erondan keltirilgan xattotlar koʻchirdi, musavvirlar bezadi. Hirot miniatyura maktabi rasmlari koʻrkamligi, nafisligi, rangdorligi va mohirona tuzilgan kompozitsion qurilishi bilan ajralib turadi. Hirotda Mirak Naqqosh (Behzodning ustozi), Behzod kabi mashhur musavvirlar ijod qildilar. 16- asr obidalari orasida Bobur maqbarasi diqqatga sazovor. 18- asr obidalaridan [[Ahmadshoh Durroniy maqbarasi]] mashhur. Milliy sanʼatning rivojlanishida 1921 yilda Kobulda tashkil etilgan tasviriy, amaliy sanʼat va hunar maktabi katta rol oʻynadi. Abdulgʻofur Breshna va uning shogirdlari, Gʻavsiddin, Xayr Muxammad, Vafo va boshqa ijodida manzara, maxalliy ozodlik kurashi tarixidan olingan voqealar, xalq hayotini koʻrsatuvchi lavhalar katta oʻrin egallaydi. Portretchi rassom [[Humoyun E`timodiy]] ijodida koʻproq oʻrta asr miniatyurachiligi oʻrin olgan. Afgʻon xalqi amaliy sanʼatining anʼanalari xam saqlanib kelmoqda.
 
== Teatri ==