Barbados: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Fixing abbreviations (v0.2)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 7:
 
== Tabiati ==
Barbados — marjonsimon ohaktoshlardan tarkib topgan tropik orol. Yer yuzasi orol markazi tomon zina shaklida (balandligi 340 m gacha) ko‘tarilib boradi. Shim.Shimoli-sharqda orol dengiz tomon tik kesilib tushadi. Orol bo‘yining qolgan qismidagi mayin oq-pushti yaltiroq qumsog‘illar atrofi baland palmalar bilan o‘ralgan. Ular orqasidan shakarqamishzorlar boshlanadi. Ko‘plab yog‘adigan yomg‘ir yer g‘ovaklariga singib, yer osti daryolari va ko‘llarini hosil qiladi; marjon ohaktoshlar esa tabiiy filtr vazifasini o‘taydi. B. iqlimi tropik, passat. Eng iliq oy (sentabr)ning o‘rtacha harorati 27°, eng salqin oy (fevral)ning o‘rtacha harorati 25°. Yillik yog‘in miqdori 1400&nbsp;mm gacha. Quruq mavsum (dekabr— iyun)dagi tropik jaziramada Atlantika okeanidan esadigan shim.Shimoli-sharqiy passat haroratni pasaytiradi, doimo yoqimli shabada esib turadi. Barbados sohili anvoyi tur va rangdagi o‘simliklar va bahaybat daraxtlar bilan qoplangan.<ref name=":0" />
 
== Aholisi ==