Belgiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Belgiya''', Belgiya Qirolligi (flamandcha: Koninkrijk België; frans.: Royaume de Belgique) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Shim.Shimoliy dengiz sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 3 regionga, regionlar viloyat (provinsiya)larga, viloyatlar kommunalarga boʻlingan. Maydoni 30,528 mingkm². Aholisi 10 mln. 113 ming kishi (1996). Poytaxti — Bryussel shahri
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 8:
 
== Tabiati ==
B. xududining koʻpchilik kismi payettekislikdan iborat boʻlib, shim.shimoli-gʻarbdan jan.janubi-sharqqa tomon kutarila boradi. Eng baland nuqtasi — Botranj choʻqkisi (694 m). Sohil yaqinidagi qum uyumlari va dambalar serhosil ekinzorlarni dengnz suvidan himoya qiladi. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, qurilish materiallari, jumladan marmar, kam miqdorda temir va polimetall rudalar, surma. Iqlimi — moʻʼtadil, dengiz iqlimi. Yanv.Yanvar da oʻrtacha tratemperatura 3°, 4°, iyulda 18°, 19°. Yillik yogʻin miqdori 700 – 1500&nbsp;mm. Yirik daryolari: Maas. Shelda. Izer; ular bir-biri bilan kanallar orqali tutashtirilgan. Tuprogʻi shim.dashimolida asosai qoʻngʻir oʻrmon; janubda podzol va qoʻngʻir. B. maydoniining 18,7% ga yaqini oʻrmon, koʻproq dub va buk daraxtlari bilan qoplangan. Ardenn togʻlarida milliy bogʻ bor. Yovvoyi hayvonlardan bugʻu. toʻngʻiz, oʻrmon mushugi, oʻrmon suvsari, tovushqon va boshqa yashaydi. Olmaxon, dala sichqoni kabi kemiruvchilar, qirgovul, kaklik, oʻrmon loyxoʻragi kabi ovlanadigan qushlar bor.
 
Aholisi milliy tarkibi jihatidan 2 asosiy guruhga: flamandlar (58%) va vallonlar (32.5%)ga boʻlinadi. B.da 1 mln.ga yaqin ajnabiylar — italyanlar, ispanlar, fransuzlar, greklar, gollandlar, marokashliklar, turklar va boshqalarlar ham bor. Aholining 96,5% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — fransuz, niderland va nemis tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Yirik shaharlari: Bryussel, Antverpen, Lyej, Rent, Sharlerua.
 
== Tarixi ==
Qadim zamonlarda B.da belglarning kelt qabilasi yashagan (mamlakat nomi shundap kelib chiqqan). Miloddan avvalgi 57 yilda Yuliy Sezar mamlakatni bosib olib, Rim imperiyasi tarkibiga qoʻshgan. 3-asrda B.ga germanlarning frank va friz qabilalari bostirib keldilar. Franklar belglarning bir qismini qirib tashlab, boshqa bir qismi bilan birikib kstganlar. 5 — 9-asrlarda B. Frank davlati tarkibida boʻlgan. 843 i. Frank davlati parchalanib ketgach, Verden shartnomasiga kura, B. 2 qismga boʻlindi: gʻarbiy qismi Franiiyaga, sharqiy qismi Lotaringiyaga qoʻshib yuborildi. 13 — 14-asrlarda B. Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi shiddatli kurash maydoni boʻldi. 14-asr oxiri va 15-asrda B. Burgundiya gersoglarining mulkiga aylandi, 1477 yildan Gabsburglar hukmronligida, 1555 yildan Ispaniya tarkibida boʻldi. 1713 yil Utrext sulhiga binoan yana Gabsburglar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1789 — 90 yillar burjua inqilobi natijasida avstriyaliklar hukmronligi tugatildi, 1790 yil 11 yanvar da B. Qoʻshma Shtatlari davlati eʼlon qilindi, biroq 1791 yilda Avstriya yana mamlakatni qoʻlga oldi. 1795 yilda Fransiyaga qoʻshib olindi. Napoleon I imperiyasi tugagach, 1815 i. B. hududi Niderlandiya tarkibiga qoʻshildi. 1830 yil inqilobi tufayli B. mustaqillikka erishdi. 20-asr boshlarida 6. yuksak darajada rivojlangan sanoat mamlakatiga aylandi. Birinchi jahon urushi davrida B.ning betarafligiga qaramay, [[Olmoniya]] qoʻshinlari uni bosib oldi. [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] yillarida esa gitlerchilar bosqini azobini tortdi (1940 — 44). 1944 i. sentabrda B. bosqinchilardan xalos boʻldi. B.— 1945 yildan BMT, 1949 yildan NATO aʼzosi (1967 yildan B.da NATO qarorgohi joylashgan). OʻzROʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 21 iyul — Qirol Leopold I ningIning Konstitutsiyam sodiqligi haqida qasamyod qilgan kupi (1831) va 15 noyabr — Qirol sulolasi kupi (1866).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Qator 29:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
1988 yildan maorif sohasi B. federatsiyasi subʼyektlari boʻlmish Jamoalar ixtiyoriga oʻtkazildi. 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va bepul. Davlat va munitsipal maktablaridan tashqari koʻpgina katolik va xususiy dunyoviy maktablar ham ishlab turibdi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. B.da 8 untuniversitet bor. Eng yirik untlar: Antverpen, Bryussel, Lyej, Gent untlari. Shuningdsk, bir necha untuniversitet markazlari, intlar, oliy texnika maktabi ishlaydi. Ilmiy muassasalari: Metallurgiya tadqiqotlari milliy markazi, Yadro tadqiqotlari markazi, Qirollik observatoriyasi, 7 akademiya, jumladan Belgiya qirolligi fan, adabiyot va sanat akadsmiyasi. Bryusselda Milliy kutubxona. Bryussel, Gent, Lyej va Lyoven untlarining kutubxonalari, Antverpen va Bryusselda qirollik nafis sanʼat muzeylari mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==
B.da fransuz, niderland, nemis tillarida 2.3 mln. nusxada 50 ga yaqin kundalik gaz. va 6 ixtisoslashgan moliyaiqtisodiy nashrlar chikariladi. Yirik gaz.lari: "Belang van Limburg" ("Limburg manfaatlari", 1897 yildan), "Gazet van Antverpen" ("Antverpen gazetasi", 1891 yildan), "Gazett de Bryussel" ("Bryussel gazetasi", 1984 yildan), "Liberte" ("Ozodlik", 1991 yildan); jur.larjurnallar: "Bon suare" ("Xayrli oqshom", 1922 yil). B. telegraf agentligi 1920 yil tashkil etilgan. Radioeshittirish va tslekoʻrsatuv fransuz va niderland tillarida ishlaydi. 2 markaziy radio va telestudiyadan tashqari 10 viloyat studiyasi bor. Qoʻshni mamlakatlarning dasturlari kabel radio va televideniyesi orqali tarqatiladi.
 
== Adabiyoti ==
Qator 48:
 
== Musiqasi ==
Fransuz, flamand, niderland xalklarining millim musiqa anʼanalari zaminida shakllangan. Niderland maktabining 15 — 16-asrlardagi belgiyalik yirik namoyandalari Ya. 06rext, A. Villart, Josken Depre, Orlando Lasso koʻp ovozli diniy va dunyoviy asarlarning eig yaxshi namunalarini yaratib, Yevropa kompozitorlari ijodiga taʼsir koʻrsatishgan. 17-asrga kslib B. musiqasi oʻz peshqadamligini yoʻqotdi. 1700 yilda Bryusselda asos solingan "De la Monne" teatrida 18-asr boshlpridan J. B. Lyulli, A. Dstush singari fransuz kompozitorlarining opera va baletlari, 18-asr oxiridan B. kompozitorlarining operalari qoʻyildi. 1830 yilda mustaqil B. davlati barpo boʻlgach, B. musiqasining milliy xususiyati koʻrindi. Flamand shoxobchasinmng Antverpen maktabi tashkil topdi. Uni opera, kantata va simfoniya muallifi P. Benua boshqardi. 19-asrda Sh. Berio, A. Vyotan, E. Izai kabi skripkachikompozitorlar maydonga chikdilar. B.da kompozitorlardan J. Absil, R. Defosse, F. Kins, dirijyorlardan F. Andre, D. Defo, skripkachilardan A. Gryumo, K. van Nestelar mashhur. Bryussel, Antverpen, Gentda opera teatrlari, Bryussel, Lyej, Gent, Antverpen, Mopeda konservatoriyalar, Bryusselda konsert jamiyatlari, simfonik orkestrlar, Monsda musiqashunoslik in-tiinstituti bor.
 
== Teatri ==
B. hududida teatr madaniyati oʻrta asrlarda vujudga kelgan. 13 — 15-asrlarda liturgiya, moralite va misteriya (diniy mazmundagi va nasihatgoʻylik) dramalari sahnaga qoʻyilardi. 1650 i. Bryusselda yogoch teatr qurildi, u>gda xorijiy truppalar tomosha koʻrsatishardi. "De la Monne" teatri operalardan tashqari dramalarni ham sahnalashtirdi. 1782 yilda qurilgan va keyinchalik "Dyu Park" deb atalgan teatr sirk tomoshalarini va 1870 yildan dramatik spektakllarni namoyish qildi. 19-asrning 30-yillaridan B. dramaturgiyasi rivojlana boshladi. Gent, Antverpen va boshqa shaharlarda teatrlar ochildi. 1880 — 1900 yillarda B. teatrlariga Sh. Van Lerberg , M. Meterlink, J. Rodenbax, M. Dyuterm kabi dramaturglar katta taʼsir koʻrsatdilar. 20-asrning birinchi yarmida B. teatrlarida G. van Zip, Sh. Spaak, F. Krommellink, X. Teyrlink, G. Martene kabi dramaturglarling asarlari qoʻyildi. B.da "Dyu Park", "De Galeri", "Le Rido", "De la Burs", "Qirollik milliy teatri", "Niderlandiya kamer teatri" kabi teatrlar ishlaydi. Qirollik konservatoriyasi huzurida dramatik sanʼat maktabi bor.
 
== Kinosi ==
1908 yilda Harrevelda birinchi kinostudiya tashkil qilimdi. 1919 yil "Belgiya kinokompaniyasi". 1922 i. "Belgiya film" kinostudiyasi vujudga keldi. 20-yillarda chet el rej.larirejissyorlari boshchiligida 20 ga yaqin film ishlab chiqarildi. B. kinosining "Baliqchi qushlar gavanda jon beradilar" (postanovkachi rej.larrejissyorlar R. Ksypers, I. Mixils, R. Verxavert, 1955), "Poyezd soat sayin joʻnaydi" (rej.rejissyor A. Kavan, 1962). "Vidolashuv" (rej.rejissyor R. Verxavert, 1966), "Izhori dil" (1968, rej.rejissyor E. Dejelen), "Bredagi uchrashuv" (1971, rej.rejissyor A. Dslvo) kabi filmlari diqqatga sazovor. B.ning hujjatli va ilmiyommabop filmlari badiiy puxtaligi bilan ajralib turadi.
 
== Oʻzbekiston — Belgiya munosabatlari ==