Bolgariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 12:
 
== Tarixi ==
Bolgariyaning eng qad. aholisi frakiy qabilalaridir. Milodiy 1-asrda Bolgariyani Rim imperiyasi bosib oldi; u qulaganidan soʻng Bolgariya Vizantiya tarkibiga kirdi. 7-asr boshlarida Bolqonga slavyanlar bostirib kirib, keyinchalik bu yerda dastlabki davlat — Yetti slavyan qabilasi deb nomlangan ilk feodal davlatini tashkil etishdi. 7-asrning ikkinchi yarmida Bolgariya hududiga xon Asparux (Isperix) boshchiligidagi protobolgarlar — qad. bulgʻorlar (koʻchmanchi turkiy elat) bostirib kirdi. Ular slavyanlar bilan birga poytaxti Pliska shahri boʻlgan Birinchi bulgʻor podsholigi (681—1018) ni tuzdilar. 9-asr oxiriga kelib protobolgarlar slavyanlar bilan qoʻshilib ketdi, slavyanlar tili davlat tili boʻlib qoldi, bolgar deb nomlangan slavyan xalqi vujudga keldi. 1185—87 yillarda akauka Petr va Asen boshchilik qilgan yirik xalq qoʻzgʻolonlari natijasida poytaxti Tirnovo shahri boʻlgan Ikkinchi bulgʻor podsholigi (1187—1396) tuzildi. 1396 yil Bolgariyani turklar bosib oldi. Mahalliy boylarning bedodligi, ogʻir milliy zulm bolgar xalqining ozodlik kurashini kuchaytirdi. Mamlakatda gayduklar (xalq qasoskorlari) harakati keng quloch yoydi. 1876 yilgi eng kuchli aprel qoʻzgʻoloni shafqatsizlik bilan bostirildi. 1877—78 yillardagi Rossiya [[Turkiya]] urushi natijasida rus askarlari yordamida Bolgariya turklardan ozod qilindi. Ammo mamlakat Turkiyaga qaram boʻlib qolaverdi. 1908 yildan mustaqil podsholik tashkil topdi. Bolgariya 1912—13 yillardagi Bolqon urushlarida qatnashdi. Birinchi jahon urushida (1915 yildan) [[Olmoniya]] tomonida harakat qildi. 1919 yilgi Nyoyi sulh shartnomasiga binoan kattagina hududidan, xususan Egey dengizi sohillaridan mahrum boʻddi. 1923 yil iyun toʻntarishidan keyin hokimiyatni qoʻlga olgan hukumat Sentabr qoʻzgʻolonini shafqatsiz bostirdi. 1941 yil martda Bolgariya Berlin paktiga jalb qilindi, Olmoniya qoʻshinlari Bolgariya xududiga kiritildi. Mamlakat iqtisodiyoti butunlay gitlerchilar manfaatlariga boʻysundirildi. Bolgar xalqi oʻz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashni kuchaytirdi. 1942 yilda tuzilgan Vatan fronti fashizmga qarshi boʻlgan barcha kuchlarni birlashtirdi. 1943 yilda Bolgariya xalq ozodlik armiyasi tuzildi. 1944 yilda ZUkraina fronti qoʻshinlari Bolgariya chegaralariga kirgan paytda Bolgariya hukumati "toʻla betarafligi" ni eʼlon qiddi. 1944 yil 9 sentabr ga oʻtar kechasi Sofiyada monarxiyaning fashist hukumatiga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtarildi. Reaksion hukumat agʻdarib tashlandi va Vatan frontining Xalq hukumati tuzildi. Bolgariyaning davlat tuzumi toʻgʻrisidagi referendum qatnashchilari (92,7%) xalq respublikasi tarafdori ekanini bildirdi. 1946 yil 15 sentda Bolgariya Xalq Respublikasi eʼlon qilindi. 1990 yil Xalq majlisiga koʻp partiyali asosda oʻtkazilgan saylovda Bolgariya sotsialistik partiyasi gʻalaba qozondi, dekabrda koalitsiyey hukumat tuzildi. 1997 yil aprel dagiapreldagi parlament saylovida Demokratik kuchlar ittifoqi harakatlari va tashkilotlari koalitsiyasi gʻalaba qildi (bu ittifoq 1989 yilda tuzilgan edi). Bolgariya — 1955 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 5 sentabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 3 mart — Bolgariyaning Turkiya zulmidan ozod boʻlgan kuni (1878).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari ==
Qator 20:
Bolgariya — industrialagrar mamlakat. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 36%, qishloq xoʻjaligining ulushi 12%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 52% ni tashkil etadi.
 
Sanoatida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 41% band. Mashinasozlik, elektron va elektr texnika, metallsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat tarmoqlari rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 35,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Bolgariya ningBolgariyaning yoqilgʻienergetika zaxiralari cheklangan, qazib olinayotgan koʻmirning sifati past. Pleven va Shabla atroflarida ozroq neft, Vratsa yaqinida gaz konlari bor. Elektr energiyaning aksariyatini issiqlik elektr stansiyalari beradi. Kozloduy shahri yaqinida atom elektr stansiyasi qurilgan. Bolgariyaning metallurgiya sanoati mamlakatning rangli metallar (qoʻrgʻoshin, pyx va mis) ga boʻlgan ehtiyojini toʻlatoʻkis, prokat va qora metallga boʻlgan ehtiyojining koʻp qismini qondiradi. Mashinasozlikda, asosan, koʻtarma transport vositalari (elektr karlar va motokarlar, liftlar), metall qirqish stanoklari, ogʻir va energetika uskunalari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar, transport vositalari va boshqa ishlab chiqariladi. Asosiy mashinasozlik markazlari: Sofiya, Ruse, Varna, Burgas, Gabrovo, Lovech, Plovdiv, Shumen. Sement sanoati Devnya, Pleven va Vratsadagi zavodlardan iborat. RilaRodop togʻlaridagi igna bargli daraxtlar, Bolqon togʻlaridagi buk oʻrmon yogʻochlari asosida yogʻochsozlik, jumladan, mebelsozlik tarmogʻi barpo etilgan. Toʻqimachilik sanoatida ip gazlama toʻqish, yengil sanoatda tikuvchilik, poyabzal ishlab chiqarish yetakchi oʻrinda. Oziq-ovqat sanoatida chetga chiqarishga moʻljallangan mahsulotlar — tamaki, konserva, vino va konyak ishlab chiqarish rivojlangan.
 
Qishloq xoʻjaligidamamlakatdagixoʻjaligida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 18% band. Bolgariyada gʻalla, sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka, yemxashak, texnika ekinlaridan tamaki, paxta (jan.da), kungaboqar, qand lavlagi yetishtiriladi. Qadimdan ekib kelinayotgan efir moyli ekinlar (atirgul, yalpiz, lavanda) asosan Karlovo va Qozonliq soylari boʻyida ekiladi. Bolgariyada bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Pomidor va chuchuk qalampir koʻp yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, ot, eshak, xachir, choʻchqa, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Asosiy baliq ovlash porti — Burgas.
 
== Transporti ==
Ichki yoʻllarda yuk va yoʻlovchi tashishda temir yoʻl (yuklarning 17% tashiladi) va avtomobil transporti (yuklarning 70% tashiladi) ning ahamiyati katta. Bolgariya larning uz. 6,6 ming km (62% elektrlashtirilgan) va avtomobil yoʻllarning uz. salkam 37 ming km (33,8 ming km qattiq qoplamali). Bolgariya hududidan Gʻarbiy Yevropani Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bogʻlovchi xalqaro temir yoʻl va avtomobil magistrallari oʻtgan. Dengiz transporti asosan tashqi savdoga xizmat qiladi. Asosiy dengiz portlari: Varna va Burgas. Dunayda kemalar qatnaydi (portlar — Ruse, Svishtov, Lom). "Balkan" va "JesAyr" firmalari samolyotlari xalqaro va ichki yoʻnalishda yoʻlovchilar tashiydi.
 
== Tashqi iqtisodiy aloqalari ==
Qator 37:
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Bolgariyadagi asosiy gazetalar: "Demokratsiya" ("Demokratiya", Demokratik kuchlar ittifoqining kundalik gazeta, 1990 yil danyildan), "Duma" ("Soʻz", Bolgariya sotsialistik partiyasining kundalik gazeta, "Rabotnichesko delo" gazeta oʻrniga 1990 yildan), "Zemedelsko zname" ("Dehqonlar bayrogʻi", kundalik gazeta, Bolgariya dehqonchilik xalq ittifoqining nashri, 1902 yil danyildan), "Svoboden narod" ("Ozod xalq", haftalik gazeta, Bolgariya sotsialdemokratik partiyasining organi, 1990 yildan), "Trud" ("Mehnat", Bolgariya mustaqil sindikatlari konfederatsiyasining organi, 1923 yildan). Bolgariya telegraf agentligi — BTA, SofiyaPress matbuot agentligi (1967 yilda tashkil etilgan) mavjud. 1929 yildan radioeshittirishlar, 1959 yil noyabrdan telekoʻrsatuvlar berib boriladi.
 
== Adabiyoti ==
Bolgariya adabiyoti — slavyan adabiyotlarining eng qad.si boʻlib, u 9-asr ningasrning 2-yarmida Kirill va Mefodiy tomonidan slavyan yozuvining joriy etilishi natijasida yuzaga keldi. 9—10-asrlardagi yozuvchilar — Kliment Oxridskiy, Konstantin Preslavskiy, Chernorizes Xrabr va boshqa ijodi diniynasihat ruhida boʻlgan. Qad. bolgar madaniyati Kiyev Rusi davrida sharqiy slavyanlarning maʼnaviy turmushiga taʼsir oʻtkazdi, ularning adabiyoti vujudga kelishiga koʻmaklashdi. Bolgariyaning Vizantiya hukmronligi (1018—1187) ostida boʻlishi milliy adabiyot rivojlanishiga toʻsqinlik qildi. Ikkinchi bulgʻor podsholigi (1187—1396) davrida u yana ravnaq topdi. 14—15-asrlardagi taniqli yozuvchilar — Feodosii Tirnovskiy, Yevfimiy Tirnovskiy, Grigoriy Samblak. 18-asr 2-yarmida boshlangan Bolgariya milliy uygʻonishi adabiyotning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu davr ruhi Paisiy Xilendarskiy, Sofroniy Vrachanskiy asarlarida aks etdi. 19-asrda D. Popskiy, K. Ognyanovich, P. Protich va boshqa ijod etdilar. Tarjima asarlari taʼsirida sentimental poeziya paydo boʻldi. Milliy ozodlik harakatining kuchayishi (19-asrning 50—70- yillari) poeziya, proza va dramaturgiyaning rivojiga turtki boʻldi. Realistik asarlarning paydo boʻlishi L. Karavelov, P. R. Slaveykov, X. Botev nomi bilan bogʻliq. I. Vazovning "Zulm ostida" romani, "Unutilganlar epopeyasi" lirik turkumi, P. P. Slaveykovning "Konli qoʻshiq" dostoni shu davrning eng baquvvat asarlaridir. 19-asrning 90- yillarida tanqidiy realizm yetakchi oqimga aylandi. Ijtimoiy ziddiyatlar, dehqonlarning norozilik kayfiyatlari haqqoniy tasvirlandi (T. Vlaykov, X. Maksimov, Yelin Pelin, A. Strashimirov). I. Vazovning "Darbadarlik qoʻshiqlari" sheʼrlar toʻplami, P. Yavorovning "Ekinzorda", "Doʻl" dostonlarida haqqoniyat uchun kurash gʻoyasi aks etdi. Karshilik koʻrsatish harakati davrida (1941—44) N. Vapsarov, S. Spasov, X. Kirpachev kabi yozuvchilar ham qalam, ham qurol bilan kurashib, yuksak gʻoya yoʻlida halok boʻddilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin S. Dichevning "Ozodlik uchun", D. Talevning "Temir chiroq", "Prespan qoʻngʻiroqlari", S. Daskalovning "Yoʻl", D. Angelovning "Hayot va oʻlim evaziga" romanlarida tarixiy oʻtmish yangi davr ruhi asosida talqin etildi. A. Gulyashka, P. Vejinov, K. Kalchev, D. Dimov, G. Karaslavov, E. Stanev kabi adiblarning roman va qissalarida kishilarning yangicha insoniy munosabatlari uz aksini topdi. Shoirlardan Ye. Bagryana, D. Gabe, M. Isayev, V. Andreyev, Bolgariya Dimitrova ijodiyoti bolgar poeziyasida salmoqli oʻrin egallaydi. Insoniylik, axloq masalalari O. Vasilev, K. Zidarov, G. Genov dramatik asarlarining asosini tashkil etadi.
 
== Meʼmorligi ==
Miloddan avvalgi 4-asrda Kozonlik yaqinida frakiylar yaratgan Sevtopolis shahri qoldiqlari saqlangan; rimliklar hukmronligi davridan milodiy 1— 2-asrlardagi Ratsiariya, Eskus va boshqa shaharlarning harobalari qolgan. Jan.da — Chobandera, Belovo, Hisar va boshqa shaharlarda 4—9-asrlar meʼmoriy yodgorliklari, ibodatxona (bazilika tipidagi) lar bor. Bulardan eng mashhuri hozirgi Sofiyadagi muqaddas Sofiya ibodatxonasidir. Bolgariya qadimiy meʼmorligi ikki davrga — 1podsholik (681 — 1018), 2-podsholik (1187—1396) davriga boʻlinadi. 1podsholik davri (poytaxti Pliska) da oʻz zamonasining kuchqudratini aks ettiruvchi hashamatli binolar va ibodatxonalar qurilgan, ularda marmar toshlardan va bezaklardan foydalanilgan. 2podsholik davri (poytaxti Tirnovo) da Bolgariya meʼmorligi yuqori bosqichga koʻtarildi. Tirnovodagi "Qirq jafokash" (1230), Mesembriy (Nesebir) dagi "Aliturgita", "Ioanna", "Pantokratora" (13—14-asrlar) va Stanimak (Asenovgrad, 13-asr), Boyan shaharlaridagi ibodatxonalar, Tirnovo qalʼa devori va "Baba Vida" (14-asr) qalʼasi diqqatga sazovordir. Bolgariyada turklar hukmronligi davrida xalq meʼmorligi kuchaydi. Bolgariya turklar asoratidan qutulgach (1878), yangi xildagi turar joy, sanoat va maishiy binolar bunyod boʻla boshladi: Sofiyadagi "Sinodal palatasi" va "Mineralli hammom" (1880, meʼmor I. Monchilov). Brones shahrida "Bistritsa" — shoh saroyi (meʼmor I. Koychev), Sofiyada "[[Aleksandr Nevskiy]]" ibodatxonasi (meʼmor A. N. Pomeransev) va boshqa qurilgan. 1934 yilda Sofiya, Varna, Plovdiv va boshqa shaharlarning loyihalari ishlab chiqildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin shaharlar va aholi yashaydigan manzilgohlar qayta qurildi, sanatoriy, dam olish uylari, turar joy binolari, zavod, fabrika va boshqa binolar qurilishi avj oldi.
 
== Tasviriy sanʼati ==
Qator 51:
Bolgariya teatr sanʼati tarixi xalq oʻyini va tomoshalaridan boshlanadi. 19-asrda milliy ozodlik harakatining avj olishi bilan Bolgariya milliy teatri ham tashkil topa boshladi. 1856 yilda birinchi teatr tomoshalari koʻrsatildi. 1866 yilda Brail shahrida (Ruminiya) dramaturg va rejissyor D. Voynikov rahbarligida bolgar truppasi tashkil qilindi.
 
1883 yil Plovdivda birinchi professional teatr truppasi ish boshladi. 1886 yilda bu yerda "Plovdiv havaskorlik truppasi" tashkil topdi. 1888 yil bu truppa Sofiyaga koʻchib oʻtib, "Bolgar xalq asosiy truppasi" deb ataldi. 1891 yil dramatik va opera truppalari tuzildi. 1892 yilda tuzilgan "Kulgi va koʻz yoshlari" truppasi 1904 yilda xalq teatriga aylantirildi. Keyinchalik "Zarya", R. Popovaning dramatik teatri, Yangi xalq teatri, "Zamonaviy teatr", "Erkin teatr", shuningdek Varna, Ruse, Qozonlikdagi teatrlar vujudga keldi. Bolgar teatri taraqqiyotida V. Kirkov, S. Ognyanov, S. Bichvarov, A. Bulevskaya kabi sanʼatkorlarning faoliyati katta rol oʻynadi. Bolgariya teatrlari repertuaridan milliy dramaturglar I. Vazov, O. Vasilev, K. Zidarov kabilarning , shuningdek jahon klassik va hozirgi zamon chet el dramaturglarining asarlari oʻrin olgan. F. Filipov, K. Mirskiy, R. Delcheva, O. Kircheva, S. Gesov, I. Kondov, M. Popova, V. Trandafilov, 3. Yordanova, G. Stamatov kabi rejissyor va aktyorlar Bolgariya teatr sanʼatining yirik arboblaridir.
 
== Musiqasi ==
Qator 57:
 
== Kinosi ==
Bolgariyada 1910 yildan boshlab milliy operatorlar suratga olgan voqeiy va hujjatli lentalar chiqarilgan. Birinchi bolgar badiiy filmi "Savlatli bulgʻor" (rejissyor V. Gendov) 1915 yil chiqdi. Bolgariyada birinchi ovozli film "Qulning isyoni" (rejissyor V. Gendov) 1933 yilda namoyish etildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin B.da milliy kinosanʼat rivojida yangi pogona boshlandi. D. Dakovskiy, B. Sharaliyev, A. Yanchev, A. Marinovich, 3Z. Jandov kabi rejissyor lar, P. Vejinov, A. Vagenshteyn, X. Ganev kabi ssenariychilar yetishdi. 50-yillarda "Trevoga" (rejissyor Z. Jandov), "Vatan osmonida tong" (rejissyor A. Marinovich va S. Sirgajiyev), "Notinch yoʻl" (rejissyor D. Dakovskiy) filmlari ekranga chikdi. "Shipka qaxramonlari" (1955), "Tarix sabogi" (1957) filmlari yaratildi. Keyingi yillarda chiqqan "Kambagʻal koʻcha" (rejissyor X. Piskov), "Biz unda yosh edik" (rejissyor B. Jelyazkova), "Asir qushlar" (rejissyor D. Mundrov), "Shaftoli ugrisi" (rejissyor V. Radev), "Inspektor va tun" (rejissyor R. Vilchaiov), "Muhabbat" (rejissyor L. Staykov) kabi filmlarda yangi, hayotiy mavzularni koʻtarish, mazmundorlik, taʼsirchanlikning yangi vositalarini izlash seziddi. Bolgariyada har yili 200 ga yaqin hujjatli, ilmiyommabop, multfilm va 10—20 badiiy film ishlab chiqariladi. Kino aktyorlardan N. Kokanova, G. GeorgiyevGes, S. Danailov, D. Tonchevalar mashhur.
 
== Oʻzbekiston — Bolgariya munosabatlari ==