Boliviya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 7:
 
== Tabiati ==
Boliviya ningBoliviyaning gʻarbini And togʻlari va baland togʻli Puna platosi egallaydi. Punaning shim.shimoli-gʻarbida lava platolari, janubi-sharida balandligi 3800 m gacha boʻlgan togʻ havzalari bor; qoldiq koʻllar (Poopo) va shoʻrxoklar uchraydi. Titikaka koʻlining bir qismi ham B. hududida. Shimoli-sharqidagi tekisliklar Amazonka pasttekisligiga tomon astasekin pasaya boradi va bu yerda Beni va Mamore daryolari tizimiga kiradigan soyjilgʻalar oqib yotadi. B.da qalay, volfram, molibden, surma, mis, rux, qoʻrgʻoshin va kumush konlari bor.
 
Boliviya gʻarbida yiliga 150 mm gacha, sharqida 500–600 mm, And togʻlari yon bagʻrida 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Punada iyulning oʻrtacha temperaturasi 3—7°, yanvarniki 9—11°. Sharqiy tekisliklarda (shim. da) 4—5 oydan (jan.da) 9 oygacha qurgʻokchilik boʻladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 17—22°, yanvarniki 24—28°. Iiliga shimoliy da 1300–1600 mm, janubida 800 mm gacha yogʻin tushadi. B.da tezoqar, kichik togʻ daryolari ham bor. Mamlakat shim.dagishimolidagi daryolar tropik yomgʻirlar davrida toshadi va 120 ming km² gacha maydonini suv bosadi. Boliviya gʻarbida chala choʻl oʻsimliklari, sharqida baland togʻ tropik dasht oʻsimliklari oʻsadi. And togʻlarining sharqiy yon bagʻrida tropik oʻrmonlar, sharqiy tekisliklarda asosan savanna oʻsimliklari oʻsadi; shimolida gileya, jan.janubiy da siyrak tropik oʻrmonlar ham uchraydi. Hayvonlardan maymun, zirhaor, tapir, kemiruvchilar, qushlar, sudraluvchilar, hasharotlar va boshqa bor. Milliy bogʻlari: IsiboroSekurs, Uanchaka, PilonLaxas va boshqa
 
== Aholisi ==
Qator 15:
 
==Tarixi==
Boliviya hududida qadimdan ibtidoiy jamoa tuzumi bosqichidagi indeys qabilalari yashab kelgan. 14-asr boshlarida Boliviya hududi Ink davlati tarkibiga kirgan. 1532—38 yillarga kelib, ispanlar zabt etdi va mahalliy xalqdan bir necha oʻn ming kishi qirib tashlandi. Boliviya 300 yil mobaynida Ispaniya imperiyasi tarkibida boʻlib (1542 yildan Boliviya hududi Peru, 1776 yildan LaPlata vitseqirolligi tarkibiga kirgan), Yuqori Peru deb atalgan. 1809—25 yillar mobaynida ispanlar istibdodiga qarshi milliy ozodlik urushlari boʻlib turdi. 1824 yil 9 dekabrda Simon Bolivarning safdoshi general Sukre ispan qoʻshinlarini tormor keltirdi. 1825 yil 8 avgustda Yuqori Peru mustaqil deb eʼlon qilindi va Bolivar sharafiga Boliviya deb ataddi. Bolivar mamlakat prezidenta qilib saylandi, lekin u mamlakatni idora qilishni Sukrega topshirdi. 1836—39 yillarda Boliviya Peru bilan yagona konfederatsiya tashkil etdi. 1879—83 ylardayillarda Boliviya bilan Peruning Chiliga karshi, 1932—35 yillarda Paragvayga qarshi urushida Boliviya oʻzining qalay va selitraga boy dastlabki hududining 2/3 qismini yoʻqotdi. Birinchi jahon urushida Boliviya betaraflik siyosatini tutgan boʻlsada, mamlakat iqtisodiy resurslari Antanta davlatlari manfaatiga xizmat qildi. 1943 yil aprelda B. Germaniya, Italiya va Yaponiyaga urush eʼlon qildi, ammo urush harakatlarida qatnashgani yoʻq. 1952 yilda B.da harbiy diktatura rejimiga qarshi qoʻzgʻolonda "Milliy inqilobiy harakat" partiyasi armiyani tormor keltirdi. Qalay sanoati davlat ixtiyoriga olindi va agrar islohotlar oʻtkazila boshladi. 1964 yil 4 noyabrda Boliviya reaksionerlari mamlakatda harbiyfashistik diktatura oʻrnatdi. Agrar islohotlar toʻxtatildi, korxonalar amerikaliklarga qaytarib berila boshladi. 1967 yilda mamlakatning koʻpgina joylarida partizanlar harakati boshlandi. Yirik kasaba uyushmasi — Boliviya ishchilar markazi demokratik tuzumni qayta tiklash, mehnatkashlarning turmushini yaxshilash va qishloq xoʻjaligi da islohotlar oʻtkazish uchun kurashdi. 1970 yil 4 oktabrda vatanparvar kuchlar rahbari general Xuan Xose Torres prezidentlik lavozimini egallab, mustaqil tashqi siyosat yurita boshladi. Biroq 1974 yilda hokimiyatni qoʻlga olgan harbiy hukumat demokratik kuchlarni taʼqib qilish yoʻlini tutdi. 80- yillarda mamlakatning ichki siyosiy ahvoli beqaror boʻlib turdi. 1985 yilgi saylovdan keyin B. prezidentlik boshqaruviga oʻtdi. 1997 yil 2 avgustda B. Milliy kongressi tomonidan saylangan prezident Ugo Banser Suares hukumati mamlakatni mustaqil idora qila boshladi. 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6 avgust — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1825).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Fuqarolar "Birdamlik" ittifoqi, partiya, 1989 yilda tashkil etilgan; Soʻl millatparvar inqilobiy partiya, 1964 yilda tuzilgan; Soʻl millatparvar inqilobiy harakat, 1979 yilda rasmiylashgan; Boliviya Kommunistik partiyasi, 1950 yilda tuzilgan; Soʻl inqilobiy harakat, 1971 yilda asos solingan; Millatparvar demokratik harakat, 1979 yilda tuzilgan; Millatparvar inqilobiy harakat, 1942 yilda asos solingan; Sotsialistik partiya1, 1971 yilda asos solingan; Tupak Katari nomidagi ozodlik uchun inqilobiy harakat, 1978 yil tashkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1954 yil asos solingan. Boliviya ishchilar markazi kasaba uyushmasi, 1952 yilda tuzilgan.
Qator 33:
 
==Tibbiy xizmati==
Boliviyada davlatning baʼzi kasalxona, ambulatoriya va tibbiy yordam postlaridan tashqari barcha tibbiy muassasalarda tibbiy yordam pulli. Vrachlarni uchta untning tibbiyot f-tlarifakultetlari tayyorlaydi.
 
==Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari==
Qator 53:
 
== Kinosi ==
1943 yilda tashkil etilgan B. kino instituti asosan hujjatli filmlar tayyorlaydi; yiliga bir nechagina badiiy film chiqaradi. Mashhur filmlari: "Ukamau", "Kondor qoni" (rej.rejissyor X. Sanximes).
 
1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Boliviya oʻrtasida savdoiqtisodiy munosabatlardagi tovar aylanmasi 4,84 mln. AQSH dollarini tashkil qildi, mamlakatimizga rux rudalari va konsentratlari keltirildi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>