Dominika: Versiyalar orasidagi farq

16 bayt qoʻshildi ,  4 yil oldin
k
qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k (b-n →‎ bilan)
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
 
== Tabiati ==
Yer yuzasi togʻlik, eng baland joyi 1447 m (Dyabloten vulkani). Iqlimi tropik va nam, ammo shim,sharkdansharqdan esuvchi passat shamoli tufayli issiq unchalik sezilmaydi. Oʻrtacha oylik temperatura 25—27°. Yillik yogʻin miqdori 1500–2500 mm, iyuldan sent.gachasentabrgacha baʼzan dovullar boʻlib turadi. Togʻlardan yamyashil oʻrmonlar oralab koʻpgina mayda soy va daryolar oqib tushadi, goʻzal sharsharalar koʻp, ularning eng chiroylisi Rozo sh.dan 8 km naridagi Trafalgar sharsharasidir. Mamlakat koʻkatlar, ayniqsa butazorlar, bambuk va turli palmalarga boy. Issiq buloklar, MornTrua-Piton milliy bogi bor.
 
Aholisi, asosan afrikalik domini-kaliklar. Ingliz va fransuzlar ham yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili, maqalliy kreol tili keng yoyilgan. Dindorlar orasida katoliklar koʻpchilikni tashkil etadi.
Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 25%, sanoatning ulushi 7,9%. Yerning koʻp qismini, ayniqsa sohillarni bananzorlar, kokos palmalari, sitrus mevalar, kakao, mango, tamaki, tokzorlar egallaydi.
 
Chorvachilik sust rivojlangan. Ishchi kuchining salkam 40% qishloq va oʻrmon xoʻjaligida, baliqchilikda band. Dominika sanoati q.x.qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlovchi mayda korxonalardan iborat. Turli meva sharbatlari va konservalari, kopra (kokos yongʻogʻining magʻzi), sovun, efir moyi va sigara ishlab chiqariladi. Ozroq miqdorda toʻqimachilik mahsulotlari, mahalliy yogʻochdan taxta va fanera ham tayyorlanadi. Jil-vir tosh va ohak tosh qazib olinadi. Xorijiy sayyohlik yaxshi daromad kel-tiradi. Ishchi kuchining 20% shu tar-moqda band. Avtomobil yoʻllari uz. — 756 km. Xalqaro aeroport va dengiz porti bor. Chetga banan, meva sharbatlari va konservalari, sitrus mevalar, kopra, kakao va sovun chiqariladi. Chetdan oziq-ovqat, yoqilgʻi, turli asbobuskunalar, transport vositalari keltiriladi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Karib hamdoʻstligidagi mamlakatlar. Pul birligi — Sharqiy Karib dollari.
 
== Madaniyati ==