Dominika Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 8:
 
== Tabiati ==
Dominika Respublikasining sohillari koʻpgi-na qoʻltiklar bilan parchalangan. Hududining yarmidan kupi togʻ bilan qoplangan. Markaziy qismida Kordilyera-Sentral (Duarte togʻi, bal. 3175 m gacha), shimolida Kordilyera-Septentri-onal (bal. 1249 m gacha), sharkdasharqda Kordilyera-Oryental (bal. 701 m gacha) tizmalari bor. Jan.Janubiy sohili yaqinidagi Saona, Katalina, Beata orollari ham Dominika Respublikasiga qaraydi. Togʻlar oraligʻidagi Sibaova Vega-Real vodiysining tuprogʻi gʻoyat serunum boʻlib, u yerda qishloq xoʻjaligi mahsulotining koʻp qismi yetishtiriladi, qishloq aholisining aksariyati yashaydi. Dominika Respublikasidagi vulkanlar soʻngan boʻlsa ham, ammo tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi — tropik, passat iqlim. Pasttekisliklarda oʻrtacha oylik temperatura 25—27°, togʻlarda bundan 10— 12° salqinroq. Yiliga 1000–2000 mm yogʻin yogʻadi, tropik dovullar boʻlib turadi. Togʻlardan boshlanadigan daryolar mamlakatni boshdan oyoq kesib oʻtadi. Yirik daryolarda kema qatnaydi. Togʻlar tropik oʻrmon, savanna va butazorlar bilan qoplangan. Qimmatbaxr yogʻoch olinadigan daraxt turi koʻp. Mineral buloklar bor. Milliy bogʻlari: Arman-do-Bermudes, Del-Este, Los-Aytises.
 
Aholisining asosiy qismi domini-kanlar, ularning 73% ispan-nef duragaylari, 11% negrlar, 15% oq tanlilardir. Rasmiy til — ispan tili. Aholisining koʻpchiligi katoliklar. 60% dan ortiq aholi shaharlarda yashaydi.
Qator 19:
 
== Xoʻjaligi ==
Dominika Respublikasi — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 15%, sanoatning ulushi 19,2%. Qishloq xoʻjaligida mamlakat hududining 35% ga yaqini foydalaniladi; mamlakat ishchi kuchining 50% shu sohada band. Ekinzorlar mamlakat shim. dagishimoliydagi Sibao va Vega-Real vodiylarida, jan.janubiy sohillarda va markaziy tekisliklarda joylashgan. Mehnat unumdorligi va texnika bilan kurollanish past darajada. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari: shakarqamish, kakao, banan, tamaki. Ichki ehtiyoj uchun sholi, makkajoʻxori, maniok, batat, yams, loviya, sabzavot va b. ekiladi. Yaylov chorvachiligi birmuncha rivojlangan: krramol, choʻchqa, yilqi, parranda boqiladi.
 
Sanoati zaif, asosan qishloq xoʻjaligi va chorvachilik xom ashyosini qayta ishlaydigan, oziq-ovqat va toʻqimachilik mah-sulotlari ishlab chiqaradigan mayda korxonalardan iborat. Qand-shakar sanoati durustroq rivojlangan. Ikkinchi jahon urushidan keyin konchilik tez yuksala boshladi. Boksit, ferronikel qazib olish koʻpaydi, mis va temir rudasi, marmar, oltin, kobalt, titan qazib olinadi. Sement, yogʻochsozlik, kimyo, neftni kayta ishlash korxonalari mav-jud. 1975 yilda Sanches-Ramires viloyatida Lotin Amerikasidagi eng katta oltin va kumush karyeri ishga tushirilgan. 20 ta erkin iqtisodiy zonada kiyimkechak ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 4,6 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Keyingi yillarda chet el sayyoxligi rivojlandi.
Qator 34:
Kechki davlat maktablari savdo, sanoat va qishloq xoʻjaligi xodimlarini tayyorlaydi. Dominika Respublikasida 3 ta universitet, jumladan, Amerikadagi eng qad. universitetlardan biri — Santo-Domingo universiteti (1538 yilda asos solingan) bor.
 
Ilmiy muassasalarida asosan tarix, tilshunoslik, tibbiyot sohalarida tadqiqot olib boriladi. Bir necha xususiy ilmiy muassasalar: Dominikana akademiyasi, tarix akademiyasi, bir qator ilmiy muassasa, jamiyat va uyushmalar bor. Un-tUniversitet kutubxonasi, Milliy va munitsipalitet kutubxonalari, milliy muzey (1927), milliy badiiy galereya (1943) mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirish va telekoʻrsatuvi ==