Efiopiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k rej. → rejissyor
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 6:
 
== Tabiati ==
Efiopiya hududining aksari qismi subekvatorial mintaqada boʻlib, katta qismini Efiopiya togʻligi (balandligi 2000–3000 m) egallaydi (eng baland joyi 4623 m, RasDashen togʻi). Mamlakat jan.janubi-sharqidagi chuqur graben EfiopiyaSomali platosi (balandligi 1500 m gacha)ni togʻlikdan ajratib turadi. Shim.Shimoli-sharqda Afar botigʻi (botiqdagi Assal koʻlining sathi dengiz sathidan 116 m past) bor. Efiopiyada oltin, platina, mis, nikel, marganets rudalari, tabiiy gaz, kaliy guzi va boshqalar bor. Iqlimi shim.shimoliy va sharqida tropik choʻl va chala choʻl iqlim, qolgan qismida subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 13° – 19° (Addis-Abeba). Oʻrtacha yillik yogʻin 150–160 dan 1500–1800 mm gacha (ayrim joylarda 50 mm dan kam). Asosiy daryolari: Koʻk Nil, VebiShebeli. Bir qancha koʻl bor; eng yirigi – Tana koʻli. Tuproklari Efiopiya togʻligi yon bagʻirlarida qizil qoʻngʻir va togʻ toʻq qizil tuproq, moʻʼtadil mintaqada togʻ qoramtir tuproq, sovuq mintaqada ishqorsizlangan tuproq, qurgʻoqchil sharqiy va jan.janubiy chekkalarida qoʻngʻir va qizil qoʻngʻir, koʻpincha toshloq tuproqlar mavjud. Efiopiyaning shim., sharqiy va jan.janubiy qismi butazorli choʻl va chala choʻl, choʻlga aylangan savannalardan iborat. Daryo vodiylarida doim yashil oʻrmonlar bor. Efiopiya togʻligining gʻarbiy va jan.janubiy gʻarbiy yon bagʻirlari tropik oʻrmon. Hayvonot dunyosi xilmaxil: yirik sut emizuvchilar (kiyik, jirafa, buyvol, begemot, fil, zebra, togʻ echkisi) koʻp. Yirtqich hayvonlardan arslon, qoplon uchraydi; har xil maymunlar, qushlar yashaydi. Milliy bogʻlari: Avash, Gambela, Simen va boshqalar.
 
== Aholisi ==
Qator 12:
 
== Tarixi ==
Efiopiya hududidan topilgan arxeologik topilmalar yoshi taxminan 2 mln. yilga yaqin. Miloddan avvalgi asrlarda Efiopiya hududida somxom va boshqalar til guruhlariga mansub xalqlar yashagan. Mil. boshlarida Shimoliy Efiopiya hududida Aksum podsholigi mavjud boʻlgan. 5–6-asrlarda xristianlikning monofislik yoʻnalishi mamlakatdagi hukmron dinga aylandi. 7-asrda arablarning Shim.Shimoliy va Sharqiy Afrikaga bostirib kirishi va Arab xalifaligining paydo boʻlishi natijasida Aksum podsholigi inqirozga uchradi. 13-asrdan bu hududda Efiopiya podsholigi mavjud boʻlgan. 18-asr oxiri – 19-asr 1-yarmida oʻzaro urushlar natijasida bir qancha knyazliklarga boʻlinib ketdi. 19-asrning 50- yillari Kuaralik Kasa mamlakatni birlashtirishda muhim rol oʻynadi [1855 yiloʻzini Teodros (Fyodor) II nomi bilan imperator deb eʼlon qilgan]. 1867 yil Buyuk Britaniya Efiopiyaga qarshi urush boshladi. Urushda Efiopiya armiyasi yengildi (1868), lekin ingizlar xalq ommasining qattiq qarshiligiga uchrab, mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. 19-asrning 70–80- yillari Efiopiya Misr va Sudan bilan urush olib bordi. Urushlar natijasida Efiopiyaning kuchsizlanganidan foydalangan Italiya 1882 yil Assab, 1885 yil Massaua portlarini bosib oldi. 1889 yilgi bitim boʻyicha Efiopiya Italiya protektoratiga aylandi. 1890 yil boshida Italiya Qizil dengiz boʻylaridagi oʻzi egallagan yerlarni Eritreya mustamlakasiga birlashtirdi. 1895 yil italyan qoʻshinlari Efiopiyaga yana hujum qildilar. 1896 yilI martdagi jangda Efiopiya qoʻshinlari italyanlarni tormor keltirdi. 1896 yil 26 oktyabrda tuzilgan sulh shartnomasiga koʻra, Italiya Efiopiyaning toʻla mustaqilligini tan oldi. Imperator MenelikII davri (1889–1912)da mamlakatni markazlashtirish nihoyasiga yetdi va bir qator qoʻshni viloyatlar Efiopiyaga qoʻshib olindi. Uning oʻlimi (1913)dan soʻng hokimiyat uchun kurash avj oldi. 1930 yil Xayle Selassiye I E. imperatori boʻldi. U bir qancha islohotlarni amalga oshirdi (1931 yil mamlakatning birinchi konstitutsiyasini qabul qildi). 1935–36 yildagi [[Italiya]]-Efiopiya urushi natijasida Italiya Efiopiyani egalladi va uni "Italiya Sharqiy Afrikasi" mustamlakasi tarkibiga kiritdi. 1941 yil yanvar da inglizefiop qoʻshinlari Sudan hududidan Efiopiyaga kirib, italyan qoʻshinlariga qarshi hujum boshladilar va 1941 yil oxirida Efiopiyani italyan qoʻshinlaridan ozod qildilar (harbiy harakatlarda qatnashgan ingliz qoʻshinlari mamlakatdan 1954 yil chiqib ketdilar). 1942 yil mamlakatda qulchilikni taqiqlash va qullarni ozod qilish toʻgʻrisida farmon eʼlon qilindi. 1952 yil BTM Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq Italiyaning sobiq mustamlakasi – Eritreya federativ asosda Efiopiyaga qoʻshildi. 1962 yil Eritreyaning federativ maqomi imperatorlik hukumatining tazyiqi bilan bekor qilindi va u Efiopiya bilan toʻliq birlashdi. 20-asr 60– 70- yillarida turli ijtimoiy qatlamlarning faolligi kuchaydi. Agrar islohotlar haqidagi masalani hal etishning choʻzilishi, 1973 yildagi qurgʻoqchilik va yuz minglab kishilarning ochlikdan halok boʻlishi, narxnavoning oshib, yuqori amaldorlar oʻrtasida poraxoʻrlikning avj olishi 1974 yil boshiga kelib monarxiya tuzumining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tangligini kuchaytirdi. 1974 yil fevralda ish tashlash va namoyishlar boshlandi. U mehnatkashlarning monarxiyaga qarshi inqilobiga aylanib ketdi va 1974 yil 12 sentyabrda Xayle Selassiye I agʻdarib tashlandi. 1975 yil martda mamlakat respublika deb eʼlon qilindi va Sotsialistik Efiopiya deb ataddi, 1987 yil sentyabrdan Efiopiya Xalq Demokratik Respublikasi, 1991 yil iyundan Efiopiya, 1995 yil avgustdan Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi deb nomlandi. 1993 yil mayda mustaqillik uchun olib borgan 30 yillik kurashdan soʻng Eritreya Efiopiyadan ajralib chiqdi va oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Efiopiya – 1945 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 2 yanvarda tan olgan va 1996 yil 15 iyulda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 28 may – Tinchlik va demokratiya oʻrnatilgan kun (1991 yil 28 mayda Efiopiya xalqlari inqilobiy demokratik fronti hokimiyat tepasiga kelgan).
 
== Asosiy siyosiy partiya va tashkilotlari ==
Qator 34:
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Efiopiyada bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Addis zemen" ("Yangi vaqt", amxara tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1941 yildan), "Yezareitu Itiopiya" ("Bugungi Efiopiya", amxara tilidagi haftalik gazeta, 1952 yildan), "Yekatit ("Fevral", amxara va ingliz tillaridagi bezakli jur.jurnal), "Meskerem" ("Sentyabr", amxara tilida har choraqda chiqadigan nazariy jur.jurnal, 1980 yildan), "Efiopian gerald" ("Efiopiya xabarnomasi", ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1943 yildan). Hukumatga qarashli Efiopiya axborot agentligi 1964 yil tashkil etilgan. Efiopiya radiosi, hukumat radioeshittirish xizmati, 1941 yil tuzilgan; Efiopiya televideniyesi, hukumat xizmati, 1964 yil asos solingan.
 
== Adabiyoti ==
Qator 40:
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Efiopiya hududidan eng qadimiy (miloddan avvalgi 2-ming yillik) davrlarga oid qoyatosh suratlari, hoʻkiz, odamning boʻrttirib ishlangan tasvirlari topilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida togʻli platolarda qadimiy sharq sanʼati tipidagi sanʼat gullabyashnadi; qoʻrgʻon, ibodatxona, shoxlar haykallari, hayvonlar tasviri yaratildi. 1-ming yillikning 1-yarmi va oʻrtalarida Aksum podsholigi ravnoq topgan davrda mahobatli saroylar, koʻp qavatli minora shaklidagi tosh stela va taxtlar, toʻgʻonlar, suv omborlari, turar joy binolari qurildi. Aksumda xristianlik yoyilgan (4-asr oʻrtalari)dan keyin monastir majmualari va bazilikali cherkovlar yaratildi (DebreDamo majmuasi, 6-asr). Keyinchalik (13–14-asrlarda) Lalibedda qoyatoshlarni oʻyib cherkovlar yaratildi, freska, rang-tasvir asarlari, naqshlar bilan bezatildi. 14-asrda shohning BetAmxara qarorgohidagi ibodatxona va monastirlar hashamatliligi bilan shuhrat qozondi. 14-asrdan kopt, suriyamesopotamiya, arman sanʼatlari taʼsirini oʻzida mujassam etgan efiop miniatyurasi rivojlandi. 17-asrda mamlakatning yangi poytaxti–Gonder shahri qurildi. Shaharda mahalliy va Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi uslubida toshdan 2 qavatli qasrsaroylar qurildi. Efiopiyada anʼanaviy xalq turar joyi, asosan, aylana shaklida, tomi konussimon holda shoxshabbadan toʻqilib, loy bilan suvaladi yoki toshdan loy bilan ishlanib toʻgʻri burchakli, usti yassi qilib quriladi. Mamlakat jan.dajanubida gumbazsimon kulbalar koʻp. 19-asr 2-yarmi – 20-asr boshlarida shaharlar (Addis-Abeba), yoʻl, koʻprik, kasalxona, maktab, GESlar barpo etildi. 1954–56 yillarda Addis-Abeba shahrini qayta rekonstruksiya qilish rejasi tasdiqlandi. 1955 yil milliy teatr binosining yaratilishi Efiopiya madaniy hayotida katta voqea boʻldi. 1960–80 yillarda ham bir qancha inshootlar barpo etildi. Yiriklari: Afrika uyi (1961), Milliy bank (1973–76), kasalxona majmuasi, pochtamp, "VebiShebeli" mehmonxonasi (hammasi Addis-Abeba shahrida) va boshqalar Efiopiyada professional sanʼat rivojlanmoqda. Rassomlardan Afevork Tekle, Gebe Kristos Desta, Abdul Rahmon Sharif, haykaltarosh Taddese Mamecha va boshqalar mashhur. Efiopiya aholisi qadimdan kulollik, poya va poxoldan turli roʻzgʻor anjomlari toʻqish, kandakorlik, kashtadoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, charmga gul solish va h.k. bilan shugʻullanib keladi.
 
== Musiqasi ==
Efiopiya musiqasi Misr madaniyati taʼsirida rivojlandi. Aholining etnik jihatdan xilmaxilligi ham Efiopiya musiqa folklorining turlituman boʻlishiga taʼsir koʻrsatgan. Torlitirnama betena, qirar, kamonli mesinko, turli puflama (vashint, imbilta, malakat) va urma (atamo, negarit va boshqalar) musiqa cholgʻulari mavjud. 5–6-asrlarda diniy (xristian) koʻp ovozli qoʻshiq va raqslar keng tarqalgan. Ulardan asosiylarini 6-asrda avliyo Yared tizimga solib, qogʻozga tushirgan. Keyinchalik monastirlar qoshida xonandalik maktablari tashkil topgan. Efiopiyada musiqa madaniyati anʼanalarini sayyor shoirqoʻshiqchilar – azmarilar davom ettirib kelganlar. 20-asrning boshlaridan ilk puflama sozlar orkestrlari paydo boʻlgan, kompozitorlar oʻz ijodlarida milliy musiqa anʼanalarini gʻarb musiqa madaniyati yutuqlari bilan uygʻunlashtirishga intildilar (Konyatta Iofataxa Negusse, Aleka Melaku BeggoSeu va boshqalar). Ayni vaqtda 1950–60 yillarda anʼanaviy efiop musiqasiga qiziqish ortdi. 1952 yildan folklorni oʻrganish boʻyicha jidsiy ish boshlandi. Milliy musiqaga bagʻishlangan dastlabki musiqashunoslik ishlari yuzaga keldi. Musiqa taʼlimiga ham eʼtibor kuchaydi: Addis-Abebadagi untdauniversitetda sanʼat fakulteti, 1963 yil universitet huzurida Badiiy ijod markazi tashkil etildi. Shu yili Addis-Abebada Milliy musiqa maktabi ochildi.
 
== Teatri ==